Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


tashqi seskantiruvchilarning


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

tashqi seskantiruvchilarning odamning ichki holatiga muvofiqligi, va 
birinchi navbatda, uning ehtiyojlariga mos kelishi bilan bog‘liq. Masalan, 
qorni to‘q va qorni ochiqqan odamlar ovqat to‘g‘risidagi suhbatga turlicha 
munosabat bildiradilar. 
Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning umumiy yo‘nalganligi bilan 
bog‘liq. Bizni ko‘proq qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek


104 
kasbiy qiziqishlarimizni tashkil etuvchilar, qoidaga ko‘ra, tasodifan duch 
kelib qolgan bo‘lsak ham, e’tiborimizni o‘ziga tortadi. 
Va, nihoyat, ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradigan sabablarning 
to‘rtinchi guruhini ta’sir etuvchi seskantiruvchi hosil qiladigan his-tuyg‘ular 
tashkil etadi. Biz uchun qiziqarli bo‘lgan, ma’lum emotsional reaksiyani hosil 
qiladiganlar ixtiyorsiz diqqatning muhim sababi bo‘lib hisoblanadi. 
Ixtiyorsiz diqqatdan farqli ravishda ixtiyoriy diqqatning asosiy 
xususiyati, uning ongli maqsad tomonidan boshqarilishi va iroda kuchi bilan 
bog‘liqligidir. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik jarayonlar kechishini 
faol boshqarish hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat 
jihatidan farq qilishiga qaramay, ixtiyoriy diqqat, shuningdek, his-tuyg‘ular, 
qiziqishlar, odamning avval orttirilgan tajribasi bilan bog‘liq. Lekin ixtiyoriy 
diqqatda bularning ko‘rsatadigan ta’siri bevosita emas, aksincha, 
bilvositadir. 
Diqqatning yana bir turi mavjud. Ixtiyoriy diqqatga o‘xshash, maqsadga 
yo‘nalganlik xususiyatiga ega bo‘lib, va dastlab iroda kuchini talab etadi
lekin keyinchalik odam ishga «kirib boradi»: faoliyatning natijasi emas, balki, 
uning mazmuni va jarayoni ham qiziqarli bo‘lib, ahamiyat kasb eta boshlaydi. 
Bunday diqqat N.F. Dobrinin tomonidan ixtiyoriydan keyingi diqqat deb 
nomlandi. Masalan, o‘quvchi qiyin arifmetik masalani echa turib, dastlab, 
unga ma’lum kuch sarf etadi. Masala murakkab, o‘quvchi chalg‘iy boshlaydi. 
U o‘zini, irodasini ishga solgan holda, masalani echishga majburlaydi. Mana, 
masalani echishga birinchi urinish natija berdi, echishning to‘g‘ri usuli 
belgilab olindi. Masala oydinlasha boradi. Masala o‘quvchining ishtiyoqini 
band eta boshlaydi. U endi chalg‘imasdan, qiziqarli masalaga kirishib ketadi. 
Diqqat ixtiyoriydan ixtiyorsizga aylandi. 
Haqiqiy ixtiyorsiz diqqatdan farq qilib, ixtiyoriydan keyingi diqqat ongli 
maqsadlar bilan bog‘langan holatda qoladi va ongli qiziqishlar tomonidan 
quvvatlab turiladi. SHu bilan birga, ixtiyoriy diqqatdan farqli ravishda bunda 
iroda kuchi deyarli bo‘lmaydi yoki umuman mavjud emas.[1] 
Diqqatning ko‘rib chiqilgan uch xil turi inson faoliyati amaliyotida 
o‘zaro bir-biriga o‘tishlar bilan uzviy chatishib ketadi va biri ikkinchisiga 
tayanadi. 
Tabiiy diqqat o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu 
tashqi va ichki rag‘batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ma 
qobiliyati ko‘rinishida odamga tug‘ilishi bilanoq beriladi. Tabiiy diqqat 
faoliyatini ta’minlovchi asosiy mexanizm taxminiy refleks deb ataladi. 


105 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling