Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


 Diqqatning vazifalari va


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
3. Diqqatning vazifalari va 
turlari 
Diqqat inson hayoti va faoliyatida 
ko‘plab turli xil vazifalarni bajaradi. U zarur 
bo‘lgan psixologik va fiziologik jarayonlarni 
faollashtiradi, qolganlarini esa susaytiradi, 
organizmga etkazilayotgan axborotning uning dolzarb ehtiyojlariga muvofiq 
holda tashkil etilishi va maqsadga yo‘nalganlik bilan tanlab o‘tkazilishiga 
yordam beradi, ruhiy faollikning biror ob’ekt yoki faoliyat turida tanlab va 
davomli tarzda jamlanishini ta’minlaydi. 
Diqqatning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Bularga tabiiy va ijtimoiy 
belgilangan, bevosita va bilvosita diqqat, ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan 
keyingi diqqat, hissiy va intellektual diqqat kiradi. 
Diqqatni tashkil etishda insonning faolligiga ko‘ra diqqatni uch turga 
bo‘lish mumkin: ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi diqqatlar. 
Ixtiyorsiz diqqat – bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida 
xususiyatiga muvofiq holda ob’ektda jamlanganligi. 
Ixtiyoriy diqqat – bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, 
ongli boshqariladigan jamlanganlik. 
Ixtiyorsiz diqqat maqsad qo‘yish va iroda qatnashuvi bilan bog‘liq emas, 
ixtiyoriy diqqat uchun esa iroda boshqaruvi va maqsadning mavjud bo‘lishi 
shart. Odatda, ixtiyorsiz diqqatning yuzaga kelishida jismoniy, psixofizik va 
ruhiy sabablarning yaxlit to‘plami bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ular bir-
biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lsada, shartli ravishda quyidagi to‘rt darajaga 
bo‘lish mumkin. 
Sabablarning birinchi guruhi tashqi qo‘zg‘atuvchi xususiyati bilan
avvalambor, seskantiruvchining kuchi yoki jadalligi bilan bog‘liq. Masalan, 
siz biror ishni ishtiyoq bilan bajarayotganingizdan, qo‘shni xonadagi yoki 
ko‘chadagi engil shovqinni eshitmaysiz. Lekin to‘satdan oldingizda polga 
tushgan og‘ir jismning baland tovushi eshitiladi, bu beixtiyor diqqatingizni 
jalb qiladi. 
Ixtiyorsiz diqqat uchun seskantiruvchilar o‘rtasidagi keskin farq
shuningdek, seskantiruvchi ta’sirining davomiyligi, uning o‘lchamlari va 
shakli, yangiligi, noodatiyligi kabi sifatlari ham muhim ahamiyatga ega.[2] 
Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarning ikkinchi guruhi 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling