4. Diqqatning xossalari
Ijtimoiy belgilangan diqqat hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida
shakllanadi, hulq-atvorning iroda tomonidan boshqarilishi, ob’ektlarga tanlab
ongli ravishda javob qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Bevosita diqqat odamning ehtiyojlari va dolzarb qiziqishlariga mos
keladigan va o‘zi yo‘naltirilgan ob’ektdan tashqari, hech bir narsa tomonidan
boshqarilmaydi.
Bilvosita diqqat maxsus vositalar, masalan, imo-ishoralar, so‘zlar,
ko‘rsatkich belgilar, jismlar yordamida boshqariladi.
Hissiy diqqat afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘u organlarining
tanlab ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq.
Intellektual diqqat fikrning yo‘nalganligi va jamlanganligi bilan bog‘liq.
Hissiy diqqatda ong markazida biror-bir hissiy taassurot joylashgan
bo‘ladi, intellektual diqqatda esa qiziqish ob’ekti bo‘lib g‘oya xizmat qi-
ladi.[2]
Diqqat, uni mustaqil psixik hodisa
sifatida xarakterlovchi qator xossalarga
ega.
Diqqatning
asosiy
xossalariga
barqarorlik, jamlash, taqsimlash, bo‘linish, chalg‘ish va diqqat hajmi kiradi.
Diqqatning barqarorligi ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikrni
jamlay olishlik qobiliyatidan iborat. Tajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz
davriy tebranishlarga moyilligini ko‘rsatdi. Bunday tebranishlarning davrlari
N.N. Lange bo‘yicha, odatda, 2-3 soniyaga, ortig‘i bilan esa 12 soniyaga
teng bo‘ladi. Masalan, agar soatning chiqillashiga quloq tutib, unda fikrni
jamlaydigan bo‘lsak, u holda u bir eshitiladi, bir eshitilmay qoladi. Diqqat
tebranishi qonunga asoslangan bo‘lib, fluktuatsiya deb ataladi. Masalan,
diqqat fluktuatsiyasini oddiy tajribada namoyish qilish mumkin: kesik
piramida beriladi: agar unga ma’lum vaqt davomida tikilib turilsa, u ketma-
ket, yo qavariq, yo botiq bo‘lib ko‘rinadi (8.1 rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |