Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

nazariyasi deb nomlanishi tasodifiy emas. 
Ribo nazariyasidan tashqari, diqqat tabiatini tadqiq etishga turli xil 
boshqa yondoshuvlar ham mavjud. D.N. Uznadze fikricha, diqqat to‘g‘ridan-
to‘g‘ri mayl bilan bog‘langan. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, mayl diqqat 
holatini ichkaridan ifodalaydi. Mayl ta’siri ostida voqeiy atrof-muhitni idrok 
qilishda hosil qilinadigan ma’lum obraz yoki taassurotning ajralishi sodir 
bo‘ladi. Bu obraz yoki taassurot diqqat ob’ektiga aylanadi, jarayonning o‘zi 
esa ob’ektivlashtirish deb nomlanadi.[2] 
P.YA. Galperin ham diqqatning qiziqarli konsepsiyasini taklif etdi. 
Uning konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlardan iborat: 
1. Diqqat yo‘nalishli-tadqiqot faoliyatining vaziyatlaridan biri bo‘lib, 
obraz, fikr, inson psixikasida ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan boshqa hodisa 
mazmuniga qaratilgan psixik harakatdan iborat. 
2. Diqqatning asosiy vazifasi – psixik obraz, harakat mazmuni va 
boshqalar ustidan nazorat qilish. Insonning har bir harakatida yo‘nalganlik, 
bajaruvchilik va nazorat qilish qismlari mavjud. Mana shu oxirgi qismi diqqat 
tomonidan gavdalantiriladi. 
3. Ma’lum mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan harakatlardan farqli 
o‘laroq, nazorat yoki diqqat faoliyati alohida natijaga ega bo‘lmaydi. 
4. Diqqat mustaqil akt sifatida harakat aqliy bo‘lib qolmasdan
qisqartirilgan holatda bo‘lgandagina ajralib chiqadi. Bunda har qanday 
nazoratni ham diqqat sifatida o‘rganib bo‘lmaydi. Nazorat harakatni umumiy 
tarzda baholaydi, diqqat esa uning yaxshilanishini ta’minlaydi. 
5. Diqqat psixik nazorat faoliyati sifatida o‘rganiladigan bo‘lsa, u holda 
diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz ma’lum aktlari yangi aqliy harakatlar 
shakllanishining natijasidir. 
6. Ixtiyoriy diqqat reja asosida amalga oshiriladigan diqqatdir, bu 
oldindan tuzilgan reja yoki namuna bo‘yicha bajariladigan nazorat shaklidir. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish joizki, ko‘p sonli nazariyalarning 
mavjudligiga qaramasdan, diqqat muammosi o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 
Diqqat tabiati haqidagi bahslar avvalgidek davom etmoqda.[1] 


103 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling