Elektron paramagnit rezonans hodisasi
Download 0.62 Mb.
|
Elektron paramagnit rezonans hodisasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron – paramagnet rezonans.
1.1 Elektron paramagnit rezonans hodisasi. Oldin qayd qilinganidek magnit rezonansi bu magnit maydon ta‟sirida spin orientatsiyasining rezonans o„zgarishi va natijada energetik sathlarning ajralishi xodisasi hisoblanadi. Energiya sathlarining bu ajralishi elektronlar va yadrolar spinlarining magnit maydon bilan o„zaro ta‟siri natijasida sodir bo„ladi. Shuningdek bunday ajralish shu zarralar momentlarining elektr kavadrupol ta‟sirida ham sodir bo„lshi mumkin. Elektron – paramagnet rezonans. Elektron spini doimiy magnit maydonda ikkita sathga parchalaladi, ular orasida o„tishlar imkoni bor. Magnit maydon yo„qligida elektronlar spini doimiy magnit maydonda ikkita sathga parchalanadi, ular orasida o„tishlar imkoni bor. Magnit maydon yo„lidagi elektronlar spinlari fazoda tartibsiz yo„nalgan va yig„indi magnit moment nolga teng. Modda namunasi doimiy magnit maydonda joylashganda spinlar maydon bo„ylab yoki maydonga qarshi yo„nalgan bo„ladi. Spinning magnit maydoniga parallel yo„nalishi energiya jihatidan antiparallel yo„nalishga nisbatan qulay bo„lganligi sababli elektronlar spinlarining ko„p qismi magnit maydon bo„ylab yo„nalgan bo„ladi. Oqibatda induksiyalangan magnitlanish vujudga keladi, magnitlanish vektori magnit maydon bo„ylab yo„nalgan bo„ladi, yani Pauli paramagnetizmi paydo bo„ladi. Qo„shimcha yuqori takroriylikli maydon, muayyan takroriylikda, maydonga parallel spinli elektronlarni antiparallel yo„nalishli holatga o„tkazadi, demak, yuqori takroriylikli elektromagnit maydon energiyasi kuchli yutiladi elektron paramagnet rezonans hodisasi yuz beradi.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling