Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
O‘z – o‘zini tekshirishga oid savollar
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI 125
O‘z – o‘zini tekshirishga oid savollar: 1. Inson hayotida sezgilar qanday o‘rin egallaydi? 2. Sezgi nima va uning asosiy belgilari nimalardan iborat? 3. Sezgilarning fiziologik mexanizmi nimadan iborat? 4. Analizator qanday qismlardan iborat? 5. Sezgilarning qanday konsepsiyalari va nazariyalarini bilasiz? 6. Sezgilarning qanday tasniflarini bilasiz? 7. Sezgilar qanday psixofiziologik qonuniyatlarga bo‘ysunadi? 8. Sensor moslashuvchanlik haqida gapirib bering. 9. Sensibilizatsiya nima? Sinesteziya nima? MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI 125 1. Sezgi – bu: a) moddiy dunyo jismlari va hodisalarining alohida xossalarini aks ettirishdan iborat bo‘lgan miya ta’sirlanishi; b) sodda tuzilgan psixik jarayon bo‘lib, u moddiy dunyo jismlari va hodisalarining alohida xossalarini aks ettirishdan, shuningdek, seskantiruvchilarning mos bo‘lgan retseptorlarga bevosita ta’siri ostidagi organizmning ichki holatlaridan iborat; v) moddiy dunyo jismlari va hodisalarining bosh miya po‘stlog‘ida aks etish jarayoni; g) atrof-olamga bo‘lgan munosabatningsub’ektiv kechinmasi jarayoni. 2. Retseptorda hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarning asab tizimining yuqori darajalariga o‘tkazilish yo‘llari ... deb ataladi: a) afferent; b) efferent; v) samarali; g) affektiv. 3. Seskantiruvchining ikkila jadalligi o‘rtasidagi eng kichik o‘lchami ta’sirida paydo bo‘ladigan dastlabki his etish ... deb ataladi: a) absolyut quyi bo‘sag‘a; b) farqlash bo‘sag‘asi; v) sezgilarning vaqtinchalik bo‘sag‘asi; g) jadallikka nisbatan sezuvchanlik ko‘lami. 4. Organizmning ichki muhitidagi ta’sirlarni aks ettiradigan retseptorlar ... deb ataladi: a) eksteroretseptorlar; b) interoretseptorlar; v) proprioretseptorlar; g) ichki retseptorlar. 5. Eksteroretseptiv sezgilar: a) ko‘rish; b) organik; v) tebranma; g) harorat. 6. Tasavvurlarning asosiy turlari: a) ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri-tuyish, ta’m bilish; b) birlamchi, umumiy, eshitish, harorat, organik; v) ixtiyorsiz, ko‘zlangan, harakatli, fazoviy, vaqtga bog‘liq; g) ta’m bilish, distantli, aloqaviy, tushunchali, birlamchi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling