7.MAVZU: IDROK
REJA
1. Idrok haqida tushuncha. Nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va
qonuniyatlari.
2. Idrokning asosiy xossalari va turlari.
3. Idrokda predmet va fon, yaxlit va xususiy o‘zaro munosabatlar
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Idrok- sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan narsa-hodisalar
obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi.
Kuzatuvchanlik -kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok
qilish qobiliyati.
Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va
ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman
ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir.
Ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan - yuqoriga qayta ishlash.
Sensor retseptorlaridan boshlanadigan analiz, miyaga o‘suvchi
yo‘nalishda xarakat qiladi va sensor ma’luotlarni izoxlaydi.
Ma’lumotlarni sxema bo‘yicha yuqoridan – pastga qayta ishlash.
Qachonki bizni tasavvurlarimiz kutilayotgan narsalar va tajribamiz
vujudga kelganda, aqliy jarayonlarimiz ma’lumotlarini judayam yuqori
darajada qayta ishlanadi.
Psixofizika - Intensivlik va psixoldogik qobiliyat va uni idrok qilish
bilan qo‘zg‘atuvchining fizik xususiyatini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish.
Absolyut chegara - Biron bir qo‘zg‘atuvchini namoyon qilish muhim
bo‘lgan, quyi qo‘zg‘atuvchi.
Signalni bilish nazariyasi - Biz qachon kuchsiz qo‘zg‘atuvchini
namoyon qilishimizni aytadi (signal).
SHundan kelib chiqib aytamizki yagona absolyut ostona yo‘q va aniqlik
insonni tajribasidan, motivatsiyasidan va charchash darajasidan kelib chiqadi.
Ong osti - Ongli idrok qilib bo‘lmaydi, absolyut chegaradan past.
Do'stlaringiz bilan baham: |