Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

analizator chegarasida va analizatorlar o‘rtasida hosil bo‘ladigan turlarga 
ajratilishi mumkin. Birinchi turdagilari organizmga bir modallikka ega 
bo‘lgan ko‘p tomonlama seskantiruvchining ta’sir etishida alohida o‘rin 
egallaydilar. Masalan, bunday seskantiruvchi sifatida eshitish analizatoriga 
ta’sir ko‘rsatuvchi alohida tovushlarning o‘ziga xos uyg‘unligidan iborat 
bo‘lgan kuy xizmat qilish mumkin. Bu to‘plam yagona murakkab 
seskantiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bunda nerv aloqalari 
seskantiruvchining o‘ziga nisbatan javob o‘rnida emas, balki, ularning 
vaqtinchalik, fazoviy va shu kabi munosabatlariga nisbatan ham hosil bo‘ladi. 
Natijada katta yarim sharlar po‘stlog‘ida integratsiyalash yoki murakkab 
sintez jarayoni sodir bo‘ladi. 
Ko‘p tomonlama seskantiruvchi ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv 
aloqalarining ikkinchi turi – bu turli analizatorlar chegarasidagi aloqalar, 
ularning yuzaga kelishini I.M. Sechenov assotsiatsiyalar (ko‘rish, kinestetik, 
sezish va h.k.) mavjudligi bilan tushuntirgan edi. Odamda bu assotsiatsiyalar 
so‘zning eshitiladigan obrazi bilan birgalikda kuzatiladi, bunda idrok yaxlitlik 
xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, agar ko‘zlaringizni bog‘lab qo‘yib, 


130 
 
2. Идрокнинг асосий 
хоссалари ва турлари 
qo‘lingizga aylanasimon jism tutqazilsa, oldindan uni iste’mol qilish 
mumkinligi uqtirilsa, bunda siz uning o‘ziga xos hidini sezishingiz, tatib 
ko‘rishingiz, va hech qiynalmasdan, nima haqida gap ketayotganini tushunib 
olishingiz mumkin. Bundan, analizatorlar o‘rtasidagi aloqalar hisobiga
jismlar yoki hodisalarning idrok qilinishi uchun maxsus moslashtirilgan 
analizatorlari bo‘lmagan xossalarini idrokda aks ettirishimiz mumkinligi kelib 
chiqadi (masalan, jismning kattaligi, sof og‘irligi va boshqalar). 
SHunday qilib, idrok obrazini tuzishning murakkab jarayoni asosida 
seskantiruvchilarni yaqqol ko‘rish sharoitlari bilan jism xossalarining o‘zaro 
ta’sirini murakkab yaxlitlik sifatida hisobga olgan holda ta’minlaydigan ichki 
analizatorli va tashqi analizatorli aloqalar yotadi. 
Idrokning 
asosiy 
xossalariga 
predmetlilik, yaxlitlik, strukturaviylik, 
konstantlik, anglanganlik, appersepsiya
faollik kiradi. 
Idrokning predmetliligi – bu real olam jism va hodisalarini bir-biri bilan 
bog‘lanmagan sezgilar to‘plami ko‘rinishida emas, alohida jismlar shaklida 
aks ettirish qobiliyati. Predmetlilik idrokning tug‘ma xossasi emas. Bu 
xossaning paydo bo‘lishi va takomillashtirilishi bola hayotining birinchi 
yilidan boshlab, ontogenez jarayonida sodir bo‘ladi. I.M.Sechenov fikriga 
ko‘ra, predmetlilik bolaning jism bilan aloqasini ta’minlaydigan harakatlar 
asosida shakllanadi. 
Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap 
ketganida, idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, 
motorli tarkibiy qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan 
shaklni kuzatib chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq 
harakatlari va h.k.lar kiradi. 
Ko‘zlar va qo‘llar harakatida umumiylik mavjudligini ta’kidlash lozim. 
Ko‘zlar, qo‘llar kabi surat va jism shakllarini «paypaslagandek» ketma-ket 
kuzatib chiqadi. Ko‘zlar harakati turli-tuman bo‘lib, ko‘pchilik vazifalarni 
bajaradi. Ko‘rish idrokida ko‘zlarning mikro- va makroharakatlari alohida 
o‘rin tutadi. Agar odam harakatsiz jismning qandaydir nuqtasiga tikilib tursa,
u holda unda sub’ektiv ravishda bu nuqtani harakatsiz nigohi bilan qayd 
etayotganidek tasavvur paydo bo‘ladi. Haqiqatda esa ko‘rish idroki inson 
uchun ixtiyorsiz va sezilarsiz mikroharakatlar bilan birgalikda kechadi. 
SHunday qilib, jismni idrok qilish imkoniyati idrok jarayonida motorli 
tarkibiy qismning ishtiroki bilan belgilangan. 
Idrokning boshqa xossasi uning yaxlitligidir. Jismning alohida 
xossalarini aks ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit 


131 
obrazini yaratadi. Sezgining tarkibiy qismlari o‘zaro shu darajada mahkam 
bog‘langanki, jismning yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida 
xossalari yoki alohida qismlari bevosita ta’sir ko‘rsatganida ham hosil 
bo‘ladi. Idrokning yaxlitligi, hatto, idrok etilayotgan ob’ektning alohida 
xossalari chala aks ettirilganida ham qabul qilingan axborot xayolan aniq 
jismning yaxlit obrazi holatiga etkazilishi bilan ifodalanadi. 
Idrokning yaxlitligi uning strukturaviyligi bilan bog‘liq. Ushbu xossa 
ko‘pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proeksiyasi va 
ularning oddiy yig‘indisi emasligidan iborat bo‘ladi. Bizlar bu sezgilardan 
ajratib olingan, bir muncha vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni 
idrok etamiz. Masalan, agar odam biror-bir kuyni tinglayotgan bo‘lsa, yangi 
nota jaranglashi haqida axborot etkazilguniga qadar uning ongida avval 
tinglangan kuyning notalari jaranglayveradi. Odatda, tinglovchi kuyni 
tushunib etadi, ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok etadi. SHunday 
qilib, idrok ongimizga biz real olamda duch kelgan jism yoki hodisaning 
tuzilishini etkazib beradi. 
Idrokning navbatdagi xossasi uning konstantligidir. Konstantlik deb, 
idrok qilish sharoitlarining o‘zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy 
doimiyligiga aytiladi. Perseptiv tizimning idrok sharoitlarining o‘zgarishini 
to‘ldirish qobiliyatida namoyon bo‘ladigan konstantlik tufayli, bizni o‘rab 
turgan jismlarni nisbatan doimiy jismlar sifatida idrok etamiz. YUqori 
darajadagi konstantlik jismlar rangi, kattaligi va shaklini ko‘rish idrokida 
kuzatiladi. 
Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o‘zgarishida ko‘zga 
ko‘ringan rangning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Masalan, ko‘mir bo‘lagi 
yozning quyoshli kunida, kech tushgan vaqtdagi bo‘rdan ko‘ra taxminan 8-9 
marta yorqinroq ko‘rinadi. Lekin ko‘mirni qora rangda idrok etamiz, bo‘rning 
tusi esa, kechqurun bo‘lsa ham, biz uchun oq bo‘ladi. Rangning konstantlik 
hodisasi qator sabablar, shu jumladan, ko‘rish maydoni yorqinligi umumiy 
darajasining yorqin ranglarning keskin o‘zgarishiga moslashishi, shuningdek,
yoritilganlik sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi tasavvurlarning 
ta’siri bilan belgilanadi. 
Jismlar kattaligi idroki konstantligi jismlarning turlicha uzoqlashganlik
masofalaridagi jismlarning ko‘zga ko‘ringan kattaligining nisbiy doimiyligida
ifodalanadi. Xuddi shunday, bir xil odamning bo‘y o‘lchami 3,5 va 10 metr 
masofadan, ko‘z to‘r pardasidagi tasvirining kattaligi uzoqlashish masofasiga 
ko‘ra turlicha bo‘lsada, o‘zgarmas holatda idrok etiladi. Bu holat jismlarning 
uncha katta bo‘lmagan uzoqlashish masofasida ularni idrok qilish kattaligi 
faqatgina ko‘z to‘r pardasidagi obrazning kattaligi bilan emas, balki, qator 


132 
omillar ta’siri bilan ham tushuntiriladi. Bunday ahamiyatga molik bo‘lgan 
omillardan jismni turli masofalarda qayd etishga moslashayotgan ko‘z 
mushaklarining zo‘riqishidir. 
Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi 
chizig‘iga nisbatan o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan 
iborat. Ko‘zlarga nisbatan jism holatining har bir o‘zgarishida uning to‘r 
pardadagi tasvirining shakli o‘zgaradi (masalan, jismga to‘g‘ri, yon, orqa 
tomondan qarash mumkin va h.k.). Lekin ko‘zlarning, bizga avvalgi 
tajribadan ma’lum bo‘lgan jismlar shakli va chiziqlariga xos bo‘lgan 
uyg‘unliklarni ajratish bo‘yicha harakatlari tufayli idrok etilayotgan jism 
shakli biz uchun doimiy bo‘lib qoladi. 
Idrok konstantligi manbai bo‘lib perseptiv tizimning faol harakatlari 
xizmat qiladi. Aynan o‘sha jismlarning turli sharoitlarda ko‘p martalab idrok 
etilishi perseptiv obrazlarning o‘zgaruvchan sharoitlarga nisbatan doimiyligi 
(invariantlik, o‘zgarmas tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining 
harakatlarini ta’minlaydi. 
Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan amaliy va hayotiy 
tajribasi bilan belgilanadi, chunki idrok jarayoni faoliyatdan ajralmasdir. 
Idrok seskantiruvchining xususiyatining o‘zigagina emas, balki, sub’ektga 
ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi. 
Idrokning psixik hayotimizning umumiy mazmuniga bog‘liqligi appersepsiya 
deb ataladi. 
Appersepsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, avvalgi 
amaliyoti katta o‘rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va 
yorqinligiga muhim ta’sirga ega. CHet tilini idrok qilishda tanish bo‘lmagan 
so‘zlarni bilmasdan turib, o‘z ona tilimizni, hatto, so‘zlar tushunarsiz talaffuz 
etilganda ham, bexato anglaymiz. 
Idrok mazmuni inson oldiga qo‘yilgan vazifa, hamda uning faoliyati 
motivlari, uning qiziqishlari va yo‘nalganligi bilan belgilanadi. 
Appersepsiyada asosiy o‘rin idrok mazmunini o‘zgarishi mumkin 
bo‘lgan mayl va hissiyotlarga ajratiladi. Uxlayotgan bolaning onasi 
ko‘chadagi shovqinlarni eshitmasada, bola tomondan kelgan har bir tovushga 
darhol munosabat bildiradi. 
Noto‘g‘ri (soxta) yoki izdan chiqqan idrok hodisasi idrok illyuziyasi deb 
ataladi. Illyuziyalar idrokning turli ko‘rinishlarida (ko‘rish, eshitish va b.) 
kuzatiladi. Illyuziyular tabiati faqat mayl. yo‘nalganlik, hissiy munosabatlar 
va h.k.lar kabi sub’ektiv sabablar bilan emas, balki, yoritilganlik, fazoviy 
holat va boshqalar kabi jismoniy omillar va hodisalar bilan belgilanadi. 


133 
Idrokning anglanganligi. Perseptiv obrazlar har doim ma’lum mazmun 
ahamiyatiga ega bo‘ladi. Inson idroki, avval ta’kidlaganimizdek, tafakkur 
bilan uzviy bog‘langan. Tafakkur va idrokning aloqasi, avvalambor, jismni 
ongli idrok qilish – unga tafakkurda nom berishda, ya’ni, uni ma’lum guruh, 
sinfga tayinlab, ma’lum so‘z bilan bog‘lashda ifodalanadi. 
Idrok etiladigan axborotni anglash jarayoni struktura-mantiqiy chizma 
yordamida taqdim etilishi mumkin. Idrok jarayonining birinchi bosqichida 
axborot oqimidan rag‘batlar to‘plamini ajratib olish va ularning aynan bir xil 
ob’ektga tegishli ekanliklari haqida qaror qabul qilish amalga oshiriladi. 
Ikkinchi bosqichda ob’ektni identifikatsiyalash mumkin bo‘lgan sezgilarning 
belgilar to‘plamining tarkibiga yaqin yoki o‘xshash bo‘lgan sezgilarni 
xotirada izlash jarayoni sodir bo‘ladi. Uchinchi bosqichda idrok etilgan 
ob’ektni, qabul qilingan qarorni e’tirof yoki inkor etuvchi qo‘shimcha 
belgilarni izlash bilan birga, ma’lum darajaga kiritish jarayoni sodir bo‘ladi. 
Va, nihoyat, to‘rtinchi bosqichda ob’ekt bilan bir sinfga tegishli ob’ektlarga 
xos bo‘lgan, lekin hali idrok etilmagan xossalari bilan birgalikda, ob’ekt 
haqida yakuniy xulosa shakllanadi. SHunday qilib, idrok – bu ahamiyatga 
molik darajadagi intellektual jarayon. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling