Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Idrok qilishni tashkil qilish


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

Idrok qilishni tashkil qilish. Sezgi ma’lumotlarini ahamiyatli idrokka 
aylantirish uchun biz uni tashkil qilishimiz kerak: narsalarni ularning atrof-
muhitidan ajratib olishimiz, ularning ahamiyatli va doimiy shaklini 
farqlashimiz, shuningdek ular harakatlanishi yoki harakatlanmasligini va ular 
bizdan qanday masofada turganligini aniqlashimiz kerak. Miyaning idrok 
qilish va uning qoidalari shakllanishidagi roli ayrim illyuziyalar bilan 
izohlanadi. XX asr boshida bir guruh nemis psixologlari bizning aql-
idrokimiz qanday tarzda his-tuyg‘ularimiz, sezgilarimizni tashkil qilishi va 
ularni idrokka aylantirishiga qiziqib qoldilar. Sezgi signallarini qabul qiluvchi 
odam ularni “geshtalt” (nemischa – “shakl” yoki “yaxlit” ma’nosini 
anglatadi)ga aylantiradi. Geshtaltpsixologiya odam bunday qobiliyatining 
ko‘p sonli misollarini tavsiflab berdi. Rasmga e’tibor bering, shaklning 
alohida qismlari – bu bor-yo‘g‘i uchta oq chiziqdan iborat. Biroq biz ularning 
barchasini birgalikda idrok qilganimizda, yaxlit shakl – “Neker kubi”ni 
ko‘ramiz. 
Geshtaltpsixologiya tarafdorlari idrok qilishda yaxlit narsa uni tashkil 
qiluvchi miqdordan farqlanishi mumkin, deb hisoblaydilar. Natriy – korroziya 
metallini xlor – zaharli gaz bilan biriktiring, Siz umuman boshqa modda – osh 
tuzi hosil qilasiz. SHakl ham xuddi shunday tarzda idrok qilinadi – ob’ekt 
tarkibiy qismlari miqdori emas, balki nimadir yangi shakl (Koek & Ra1teg, 
1990). Idrok qilish har doim sezishdan biror jihatdan ko‘proq bo‘ladi. 


134 
SHaklni idrok qilish. Tasavvur qiling, Siz videokompyuter tizimini o‘z 
“ko‘z+miya” tizimingiz kabi qo‘lyozmani o‘qish yoki odamlar yuzini tanish 
darajasida loyihalashtirishingiz kerak. (Pochta xodimlari bunday skaner 
yaratilishiga umid qiladilar). Bunday tizimga qanday xususiyatlar zarur 
bo‘lishi mumkin? 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling