Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
 
 
1 Rasm. 
Barcha jismlar fazoda joylashadi va istalgan hodisa ma’lum vaqtda 
mavjud bo‘ladi. Jismning fazoviy xossalariga kattalik, shakl, fazodagi holat 
kiradi. 
Jismning kattaligini idrok qilishda uning to‘r pardadagi tasviri muhim 
o‘rinni egallaydi. Idrok etilayotgan jismning ko‘zning to‘r pardasidagi
kattaligi ko‘rish burchagining kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rish burchagi 
kattaligi qanchalik katta bo‘lsa, ko‘z to‘r pardasidagi tasvir ham shunchalik 
katta bo‘ladi. Jism kattaligini idrok qilish jismdan asta-sekin uzoqlashsakda
ko‘z to‘r pardasidagi jism tasviri kichiklashib borishi holatida ham saqlanadi. 
Bu hodisa jism kattaligi idrokining konstatligi deb ataladi. 
Вақтни идрок қилиш 
Идрок асосий турларининг таснифи 
Асосий модаллик бўйича 
Кўриш орқали идрок қилиш 
Эшитиш орқали идрок 
қилиш
Тери-туйиш идроки воспри-
ятие 
Ҳид билиш орқали идрок 
қилиш 
Таъм билиш орқали идрок 
қилиш восприятие 
Материя мавжудлигининг 
шаклига кўра 
материи 
Фазони идрок қилиш 
Ҳаракатни идрок қилиш


136 
Jism kattaligi idroki jismning faqat to‘r pardadagi tasvirining kattaligi 
bilan emas, balki, jism bilan kuzatuvchi o‘rtasidagi masofaning idroki bilan 
belgilanadi. Bu qonuniyatni quyidagicha ifodalash mumkin: 
Idrok etilayotgan jism = Ko‘rish burchagi x Masofa. 
Jismlarning yo‘qolishini qayd etish, asosan, ulargacha bo‘lgan 
masofaning o‘zgarishida, bizning jismlarni idrok qilishimiz tajribamiz 
hisobiga amalga oshiriladi. Tanish jismlarni ko‘rganimizda, kattalik 
konstantligi ancha oshadi va ajratib olingan geometrik shakllar idrokida 
sezilarli darajada kamayadi. Agar jismdan juda uzoqda bo‘lsak, u bizga 
haqiqiy ko‘rinishidan kichkina bo‘lib ko‘rinadi. Masalan, samolyotda uchib 
ketayotgan bo‘lsak, pastdagi jismlar bizga juda kichik bo‘lib ko‘rinadi. 
Jism fazoviy idrokining boshqa xususiyati jismlarning kontrastligidir. 
Biz idrok etayotgan jismning atrofidagi jismlar uning idrokiga sezilarli ta’sir 
ko‘rsatadi. Masalan, o‘rta bo‘yli odam bo‘ylari baland odamlar orasida 
o‘zining haqiqiy bo‘y o‘lchamidan ancha kichik bo‘lib ko‘rinadi. Boshqa 
misol – geometrik shakllar idroki. Katta aylanalar o‘rtasidagi aylana, kichik 
o‘lchamli aylanalar orasidagi xuddi shunday diametrli aylanaga nisbatan 
kichik bo‘lib ko‘rinadi. Bundan tashqari, jism kattaligi idrokiga jismning 
rangi ta’sir etadi. Och rangli jismlar to‘q rangli jsmlarga qaraganda bir 
muncha kattaroq bo‘lib ko‘rinadi. Katta hajmli shakllar, masalan, shar yoki 
silindr ularga mos bo‘lgan yassi tasvirlardan kichikroqdek tuyuladi. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling