Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
4. Мотивларнинг турлари 
va maqsadlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik 
rivojlangan hisoblanadi. 
Motivatsion 
sohaning 
egiluvchanligi 
motivatsiya 
jarayonini 
quyidagicha xarakterlaydi: 
yuqori darajadagi motivatsion maylning 
qondirilishi uchun quyi darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik 
ko‘proq qo‘llanilgan holatda motivatsion soha ham shunchalik darajada 
egiluvchan bo‘ladi. Masalan, bir individ uchun bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj 
faqat televidenie, radio va kino hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun xuddi 
shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar 
bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda motivatsion soha egiluvchanroq 
bo‘lib sanaladi. 
Ierarxiyalashtirilganlik – bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har 
bir tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, 
maqsadlar) boshqalaridan kuchliroq bo‘lib tez-tez hosil bo‘lib turadi; 
boshqalari kuchsizroq bo‘ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma’lum 
darajadagi motivatsion hosilalarningdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi 
farqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham 
shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson hulq-atvori 
qo‘zg‘atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va 
maqsadlar ham ko‘rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir xil, ayni damda dolzarb bo‘lgan ehtiyoj bilan 
bog‘lanmagan, alohida motivatsion holatga aytiladi. Muammo ma’lum 
maqsadga erishishga yo‘naltirilgan harakatni bajarishda organizm engib 
o‘tishi zarur bo‘lgan to‘siqlarga duch kelganida paydo bo‘ladi. Tilaklar va 
maqsadlar – bu darhol yuz beradigan va ko‘pincha bir-birini almashtirib 
turadigan, harakat bajarish sharoitlarining o‘zgarishlariga javob beradigan 
motivatsion sub’ektiv holat. 
Inson hulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo‘lishi mumkin. Bu 
inson hulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan 
anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi. 
SHunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi mumkin. 
SHaxs yo‘nalganligi shakllanishidagi asosiy o‘rinni anglangan motivlar 
egallaydi.
Turli 
kasb 
egalari 
faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar 
xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish 
muammosi ahamiyatga ega. SHunday 


223 
motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi 
bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Makklelland, 
D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, 
odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling