Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ierarxiyalashtirilganlik
- Tilaklar
4. Мотивларнинг турлари va maqsadlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning motivatsion sohasi ham shunchalik rivojlangan hisoblanadi. Motivatsion sohaning egiluvchanligi motivatsiya jarayonini quyidagicha xarakterlaydi: yuqori darajadagi motivatsion maylning qondirilishi uchun quyi darajadagi turli xil motivatsion mayllar qanchalik ko‘proq qo‘llanilgan holatda motivatsion soha ham shunchalik darajada egiluvchan bo‘ladi. Masalan, bir individ uchun bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj faqat televidenie, radio va kino hisobiga qondirilsa, boshqasi uchun xuddi shunday ehtiyojni qondirish vositasi turli kitoblar, davriy matbuot, odamlar bilan muloqot hisoblanadi. Keyingi holatda motivatsion soha egiluvchanroq bo‘lib sanaladi. Ierarxiyalashtirilganlik – bu alohida olingan motivatsion sohasidagi har bir tuzilish darajasining xususiyati. Bir xil dispozitsiyalar (motivlar, maqsadlar) boshqalaridan kuchliroq bo‘lib tez-tez hosil bo‘lib turadi; boshqalari kuchsizroq bo‘ladi, va kamroq dolzarblashtiriladi. Ma’lum darajadagi motivatsion hosilalarningdolzarblashtirish kuchi va chastotasidagi farqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, motivatsion sohaning ierarxiyalanganligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Motivlar, ehtiyojlar va maqsadlardan tashqari, inson hulq-atvori qo‘zg‘atuvchilari sifatida, shuningdek, qiziqishlar, muammolar, tilak va maqsadlar ham ko‘rib chiqiladi. Qiziqish deb, bilish xususiyatiga ega bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir xil, ayni damda dolzarb bo‘lgan ehtiyoj bilan bog‘lanmagan, alohida motivatsion holatga aytiladi. Muammo ma’lum maqsadga erishishga yo‘naltirilgan harakatni bajarishda organizm engib o‘tishi zarur bo‘lgan to‘siqlarga duch kelganida paydo bo‘ladi. Tilaklar va maqsadlar – bu darhol yuz beradigan va ko‘pincha bir-birini almashtirib turadigan, harakat bajarish sharoitlarining o‘zgarishlariga javob beradigan motivatsion sub’ektiv holat. Inson hulq-atvori motivatsiyasi ongli va ongsiz bo‘lishi mumkin. Bu inson hulq-atvorini boshqaruvchi ba’zi ehtiyoj va maqsadlar inson tomonidan anglanishini, boshqalarining esa anglanmasligini bildiradi. SHunday qilib, motivlar anglangan yoki anglanmagan bo‘lishi mumkin. SHaxs yo‘nalganligi shakllanishidagi asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi. Turli kasb egalari faoliyati motivlarini o‘rganishda motivlar xarakterini bilish va ularni o‘zgartirish muammosi ahamiyatga ega. SHunday 223 motivlardan biri turli xil faoliyat sohalarida muvaffaqiyatga erishish motivi bo‘lib, bunday nazariyaning asoschilari amerikalik olimlar D. Makklelland, D. Atkinson va nemis olimi X. Xekxauzenlar hisoblanadi. Ularning fikricha, odamda turli ishlarni bajarishini ta’minlovchi asosan ikki turdagi motiv bor: Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling