Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko‘zlangan maqsad


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

Faoliyat nazariyasida ma’lum sharoitlardan ko‘zlangan maqsad 
masala deb ataladi. Masala echish jarayonini tasvirlashda ularni amalga 
oshiruvchi harakatlarni ham, muolajalarni ham ko‘rsatish lozim. 
Muolajalarning asosiy xossasi ularning kamroq anglanganligi yoki 
umuman anglanmaganligidan iborat. Bu xossalari bilan muolajalar ongli 
maqsadni ham, harakatning bajarilishini nazorat qilishni ham belgilab 
beradigan harakatlardan tamomila farq qiladi. 
Muolajalar ikki turga bo‘linadi: ba’zilari adaptatsiya, moslashish, 
bevosita taqlid qilish yordamida yuzaga keladi; boshqalari harakatlarni 
avtomatlashtirish vositasida paydo bo‘ladi. Birinchi turdagi muolajalar 
anglanmaydi, ularni ongimizda, hatto, maxsus vositalar yordamida ham hosil 
qilish mumkin emas. Ikkinchi tur muolajalar ong chegarasida joylashadi. Ular 
osongina dolzarb anglanuvchilarga aylanishi mumkin. 
Har bir murakkab harakat harakatlar ketma-ketligi va «to‘shaluvchi» 
muolajalar qatlamidan iborat. Har bir murakkab harakatda dolzarb bo‘lgan 
ongli va anglanmagan faoliyatlar o‘rtasidagi chegaraning belgilanmaganligi 
harakatlar ketma-ketligini muolajalar ketma-ketligidan ajratib turuvchi 
chegaraning harakatchanligini bildiradi. Bu chegaraning yuqoriga yo‘nalgan 
harakati muolajadagi ba’zi harakatlarning (asosan, eng soddalarining) 
o‘zgarishini anglatadi. CHegaralarning pastga harakatlanishi esa, aksincha, 
muolajalarning harakatga aylanishini, 
ya’ni, faoliyatning maydaroq
birliklarga bo‘linishini bildiradi. Quyida shunga mos misol keltiramiz.
Munozara vaqtida sizda yangi g‘oya tug‘ildi, va siz ifodalanish usulini 
hisobga olmagan holda, asosan, mazmunidan kelib chiqib, uni bayon 
qildingiz, deb tasavvur qilamiz. Siz ko‘plab, ya’ni, aqliy, nutqli va h.k. 
muolajalar bilan ta’minlangan harakatni amalga oshirgan bo‘lasiz. Ularning 
barchasi birgalikda g‘oyani bayon qilish faoliyatini amalga oshirgan 
bo‘ladilar. 
Faoliyat tuzilishidagi eng quyi daraja – psixofiziologik vazifalarni ko‘rib 
chiqamiz. Faoliyat nazariyasida bu vazifalarga psixik jarayonlarning 
fiziologik ta’minoti kiradi. Ularga odam organizmiga xos bo‘lgan his etish, 
o‘tmish taassurotlarining qoldiqlarini hosil qilish va qayd etish layoqatlari
motor layoqati va boshqalar kiradi. Mos ravishda sensor, mnemik, motor 


214 
vazifalar haqida so‘z yuritish mumkin. Bu darajaga shuningdek, asab tizimi 
morfologiyasida mustahkam o‘rin tutgan tug‘ma va hayotning birinchi 
oylarida yuzaga keladigan mexanizlar kiradi. Barcha layoqat va mexanizmlar 
insonga tug‘ilishi bilanoq beriladi, ya’ni ular irsiyat tomonidan belgilangan 
bo‘ladi. 
Psixofiziologik vazifalar psixik vazifalarni amalga oshirish uchun 
faoliyat vositalarini zarur dastlabki shart-sharoitlar bilan ta’minlaydi. 
Masalan, biror ma’lumotni xotiramizda saqlab qolish uchun tez va sifatli 
yodda saqlab qolishning maxsus usullaridan foydalanamiz. Lekin agarda biz 
yodda saqlab qolish layoqatidan iborat mnemik vazifalarga ega 
bo‘lmaganimizda, bu faoliyatni amalga oshira olmagan bo‘lardik. Mnemik 
vazifalar tug‘ma bo‘ladi. Bola tug‘ilishi bilanoq katta miqdordagi ma’lumotni 
yodida saqlay boshlaydi. Dastlab, bu oddiy axborot bo‘lib, keyinchalik 
rivojlanish jarayonida xotirada saqlanishi zarur bo‘lgan axborot hajmidan 
tashqari, yodda saqlashning sifat ko‘rsatkichlari ham o‘zgaradi.
«Korsakov sindromi» deb ataladigan (uni ilk marotaba o‘rgangan mashhur 
rossiyalik psixiatr S.S. Korsakov nomi bilan) xotira kasalligi mavjud. Bunda 
aynan mnemik vazifa oqsaydi. Bu kasallikda voqealar, hatto, bir necha daqiqa 
avval sodir bo‘lganlari ham umuman yodda saqlanib qolmaydi. Bunday 
bemorlar, masalan, shifokor bilan kuniga bir necha marta salomlashib, bugun 
ovqatlanganmi yoki yo‘qmi, eslamasligi ham mumkin. Bir bemor onasiga 
kitobiy asarning o‘ziga yoqib qolgan parchasini hozirgina o‘qib berganini 
yodidan chiqarib yuborib, beto‘xtov o‘qib berardi va, shu asnoda bir necha 
o‘n martalab takrorlardi. Agar bunday bemor biror matnni yod olishga urinib 
ko‘rsa, u shu zahotiyoq matn bilan birga yod olishningrni o‘zini ham yodidan 
chiqarib yuborishi mumkin. 
SHunday qilib, psixofiziologik vazifalar faoliyat jarayonlarining organik 
ustqurmasini tashkil etadi, deb xulosa yasash mumkin. Ularga tayanmay turib, 
harakatlar va muolajalarning bajarilishidan tashqari vazifalar belgilanishining 
ham imkoniyati mavjud emas. 
Istalgan faoliyat tuzilishida ichki va tashqi tarkibiy qismlarni ajratish 
mumkin. Ichki tarkibiy qismlarga markaziy asab tizimi tomonidan 
boshqariladigan faoliyatlarda ishtirok etadigan anatomik va fiziologik 
tuzilmalar hamda jarayonlar, shuningdek, faoliyatni boshqarishga taalluqli 
psixologik jarayonlar va holatlar kiradi. Tashqi tarkibiy qismlarga esa 
faoliyatni amaliyotda bajarish bilan bog‘liq turli harakatlarni kiritish mumkin 
(N.A. Bernshteyn). 


215 
Faoliyatning taraqqiy etib va o‘zgarib borishi bilan tashqi tarkibiy 
qismlarning ichkilariga tizimli o‘tishi amalga oshiriladi. Bunda 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling