Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
3. Мотив ва мотивация 
тавсифи 
yo‘naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog‘liq murakkab ja-
rayonlar yotishini unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat 
turi bilan shug‘ullanishiga majbur qilgan psixologik omillar - sabablar muhim 
bo‘lib, bu faoliyat motivlaridir. 
Inson hulq-atvorida funksional jihatdan 
bog‘liq 
bo‘lgan 
qo‘zg‘atuvchi 
va 
boshqaruvchi 
tomonlar 
mavjud. 
Psixologiyada 
inson 
hulq-atvoridagi 
qo‘zg‘atuvchi holatlarni tasvirlash va tushuntirish uchun qo‘llaniladigan 
tushunchalar orasida motivatsiya va motiv tushunchalari eng umumiy va 
asosiy bo‘lib hisoblanadi. 
«Motivatsiya» atamasi «motiv» atamasiga qaraganda kengroq 
tushunchaga ega. «Motivatsiya» so‘zi hozirgi zamon psixologiyasida hulq-
atvorni determinatsiyalovchi omillardir. Bunga, xususan, ehtiyojlar, motivlar, 
maqsadlar, intilishlar va boshqa ko‘pchilik) tizimini belgilovchi va hulq-atvor 
faolligini ma’lum darajada tutib turuvchi, rag‘batlantiruvchi jarayon 
xususiyati sifatida ikkilangan ma’noda qo‘llaniladi. Biz motivatsiya 
tushunchasini birinchi ma’noda qo‘llaymiz. SHunday qilib, motivatsiyani 
inson hulq-atvori, uning kelib chiqishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib 
beruvchi psixologik xususiyatga ega bo‘lgan sabablar yig‘indisi sifatida 
belgilash mumkin. 
Tashkilotchi psixologlarning ish beruvchilarni motivatsiyalash hamda 
bandliklarini ta’minlashga urinishlarida yordamini ko’rib chiqishdan oldin 
nega har qanday ishchi yuqori standart yoki qiyin maqsadga erishishi 
mumkinligini batafsil ko’rib chiqamiz. 
O’sish imkoni bo’lgan har qanday ishda muvaffaqiyatga intiluvchi siz 
bilgan odamni eslang. Endi undan kamroq harakat qilayotganni eslang. 
Psixolog Genri Myurrey(1938) birinchi odamning erishuv motivatsiyasini 
malaka va g’oyalarni egallash uchun, boshqaruv uchun, shuningdek tezda 
yuqori standartga erishish uchun ahamiyatli yutuqlarga intilishi sifatida 
ko’rsatgan. 
Ularning qat’iyligi va real vazifalarni amalga oshirishini kutishingiz 
mumkin, yuqori darajadagi motivatsiyali odamlar ko’p narsaga erishadi. 
Intellekt testi 1foizning yuqorisida bo’lgan 1528ta kaliforniyalik bolalar hayo-
ti davomida o’rganilgan. Qirq yil o’tgach tadqiqotchilar ko’proq va kamroq 
kasbiy muvaffaqiyat qozonganlarni solishtirganida motivatsion farqlarni 
topishdi. O’sha muvaffaqiyatliroqlar izzattalab, quvvatga to’la va qat’iyatliroq 
edi.Bolaligida ularning faol mashg’ulotlari ko’p bo’lgan. Ulg’ayganida ko’p 


220 
guruhlarda qatnashishgan va tomoshabindan ko’ra sport musobaqalarining 
ishtirokchisi bo’lgan ( Golmen,1980). Iqtidorli bolalar qobilyatli 
o’rganuvchilardir. Tajribali kattalar matonatli ijrochilardir. 
O’rta maktab va universitet talabalari birgalikda tadqiq qilinganda 
o’zlashtiish,davomat va obro’ uchun intizomlilik intellektdan ko’ra yuqori 
ko’rsatgichga ega bo’lgan. Buyumlar, g’oyalar va odamlarni egallash, yuqori 
standartga erishish uchun “Intizom iste’doddan ustun” degan xulosaga 
kelishdi tadqiqotchilar. 
Anjela Dakvort va Martin Seligman nima uchun qiz bolalar ular bilan 
bir xil iqtidordagi o’g’il bolalardan ko’ra maktabda yuqori baho olishini 
tushuntiradilar(2005,2006). 
Biroq intizom iqtidorni takomillashtiradi. Ularning 20-yillari boshida 
top-skripkachilar o’qituvchi bo’lish niyatidagi boshqa skripkachi talabalardan 
ikki marta ko’p – 10000soat jamg’arishgan(Erikson va b., 2001,2006,2007). 
Iqtisod bo’yicha Nobel mukofotini olgan psixolog Gerbert Saymon(1998)ning 
tadqiqotlaridan 10yil qoidasi deb nomlangan qoida yuzaga keldi: jahon ek-
pert-klasslari sohasi bo’yicha o’n yildan kam bo’lmagan vaqt ya’ni haftasiga 
qirq soat, yiliga ellik hafta ishlashgan.Katta olimlar, sportchilar va rassomlar 
o’rganilganida aniqlandiki ularning barchasi yuqori motivatsiyaga va shaxsiy 
intizomga ega, o’z maqsadiga erishish uchun kuniga soatlab vaqt sarflashga 
tayyor ( Blum,1985). Bu yorqin yulduzlar nafaqat o’zining noodatiy talanti, 
balki kundalik intizomi bilan ajralib turgan. Yuqori natija gallon(4,5litr) ter 
bilan bir choy qoshiq ilhomning aralashmasiday tuyuladi.
38
Dakvort va Seligman qayd etganidek, o’ta omadli odamlarni o’zi qatori 
iqtidorli tengdoshlaridan jasorat – uzoq muddatli buyuk maqsadga nisbatan 
jo’shqin sadoqat ajratib turadi. Shunga qaramay intelligent qo’nq’iroqsifat 
egrilikdek namoyon bo’ladi,balki yutuq emas. Bu bizga muvaffaqiyat xom 
iste’doddan-da ko’p narsani qamrab olishini aytadi. Shuning uchun tash-
kilotchi psixologlar oddiy ishda ishlovchi oddiy odamlani jalb qilish va moti-
vatsiyalash yo’llarini qidirmoqdalar. 
Hulq-atvorning paydo bo‘lishi, davomiyligi va barqarorligi, yo‘nalganlik 
va ko‘zlangan maqsadga erishilgandan so‘ng yakunlanishi, kelajakdagi 
voqealarga moyillik, alohida olingan hulq-atvor aktining mutanosibligi va 
mazmun jihatidan yaxlitligi, samaradorligini oshirish kabi tomonlari 
motivatsion jihatdan tushuntirishni talab etadi. 
«Nimaga?», «nima uchun?», «nima maqsadda?», «nima evaziga?», 
«qanday mohiyatga ega?» va boshqa shu turdagi savollarga javob izlash 
motivatsiyaga muvofiq amalga oshiriladi. 
38
Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan
.492 p 


221 
Hulq-atvornining istalgan shakli ichki va tashqi sabablar bilan 
tushuntirilishi mumkin. Birinchi vaziyatda tushuntirishning boshlang‘ich va 
yakuniy holatlari sifatida sub’ekt hulq-atvorining psixologik xossalari, 
ikkinchisida – tashqi va faoliyat sharoitlari namoyon bo‘ladi. Birinchi 
vaziyatda motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, tilaklar, qiziqishlar va h.k.lar, 
ikkinchisida esa – yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan rag‘batlar haqida 
so‘z yuritiladi. Ba’zan inson hulq-atvorini ichdan belgilab beradigan barcha 
omillar shaxs dispozitsiyalari deb ataladi. U holda muvofiq ravishda dis-
pozitsion 
va 
vaziyatli 
motivatsiyalar 
haqida 
hulq-atvorni 
determinatsiyalashning ichki va tashqi analoglari sifatida so‘z yuritiladi. 
SHuning uchun insonning istalgan harakati ikki tomonlama: dispozitsion va 
vaziyatli determinatsiya sifatida ko‘rib o‘tiladi. 
Dispozitsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra motivlardir. Motiv motivatsiyadan 
farqli o‘laroq, – bu hulq-atvor sub’ektining o‘ziga tegishli bo‘lgan, uning 
ma’lum harakatlari amalga oshirishga ichkaridan undovchi barqaror shaxsiy 
xossasi. Motivni, shuningdek, umumlashtirilgan ko‘rinishda ko‘pchilik dis-
pozitsiyalarni ifodalaydigan tushuncha sifatida belgilash mumkin. 
Mavjud bo‘lgan dispozitsiyalardan eng muhimi ehtiyojlar tushunchasi 
hisoblanadi. Ehtiyoj deb, inson yoki hayvonning ma’lum sharoitlarda ularga 
normal yashash va rivojlanishi uchun etishmovchilik holatiga aytiladi. Ehtiyoj 
shaxs holati sifatida muntazam ravishda insondagi organizm (shaxs) uchun 
etishmovchilik bilan bog‘liq bo‘lgan qoniqmaslik hissi bilan bog‘liq 
Inson ehtiyojlarining asosiy xususiyatlariga qondirish kuchi, paydo 
bo‘lishining davriyligi va usuli kiradi. SHaxsning ahamiyatli ehtiyoji, uning 
jisga bog‘liq mazmuni, ya’ni, ushbu ehtiyojni qondira oladigan moddiy va 
ma’naviy madaniyat ob’ektlarining yig‘indisidir. 
Ehtiyojdan keyingi motivatsion ahamiyatga ega bo‘lgan tushuncha – bu 
maqsad. Maqsad deb, faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan, dolzarb ehtiyoji 
qondiruvchi bevosita anglanuvchi natijaga aytiladi. Psixologik jihatdan 
maqsad ongning motivatsiyali qo‘zg‘atuvchi mazmuni, u inson tomonidan 
faoliyatining bevosita va yaqin kutilayotgan natijasi sifatida idrok qilinadi. 
Ko‘rib chiqilgan motivatsiyali hosilalardan dispozitsiyalar (motivlar), 
ehtiyojlar va maqsadlar inson motivatsion sohasining asosiy tashkil 
etuvchilari bo‘lib hisoblanadi. 
SHaxsning motivatsion sohasini rivojlanganlik nuqtai nazaridan kenglik, 
egiluvchanlik va ierarxiyalashtirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash mum-
kin. Motivatsion sohaning kengligi deyilganda, darajalarning har birida 
keltirilgan dispozitsiyalar, ehtiyoj va maqsadlar kabi motivatsion omillarning 
sifat jihatidan turli-tumanligi tushuniladi. Odamda turli xil motivlar, ehtiyoj 


222 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling