Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
interiorizatsiya, avtomatizatsiya
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
interiorizatsiya, avtomatizatsiya va eksteriorizatsiya ham kuzatiladi.
SHunday qilib, tashqi faoliyatdan tashqari ichki, aqliy faoliyatni ham ajratish mumkin. Bunday faoliyatning vazifalari nimalardan iborat? Avvalambor, bu vazifalar ichki harakatlarning tashqi harakatlarni tayyorlashidan iborat. Ular zarur harakatni tezda tanlab olishga imkon yaratib, inson kuchini tejashga, shuningdek, qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka yordam beradilar. Masalan, odam kitob javonlarini devorga qoqib qo‘yish uchun joyni mo‘ljallaydi. Bir yo‘lni tanlab olib, baholaydi, so‘ngra undan voz kechib, ikkinchisiga, uchinchisiga o‘tadi, nihoyat, o‘ziga mos va qulay holatda to‘xtaladi. Garchi bu vaqt ichida bir marta ham «barmog‘ini qimirlatib» qo‘ymaydi, ya’ni, biror bir amaliy harakatni amalga oshirmaydi. Harakatlarni miyada «aylantirib chiqish» ularni oldindan o‘ylab olishga kiradi. Qanday harakat qilishni o‘ylayotgan inson qanday yo‘l tutadi? Qandaydir harakatning ro‘yobga chiqqanligini tasavvur qilib, uning oqibatlarini ko‘rib chiqadi. Ularga qarab, o‘zining holatiga mos keladigan harakatni tanlaydi. YOki boshqa misol, ko‘p hollarda inson qandaydir quvonchli hodisani kutganida, vaqtdan o‘zib, o‘sha hodisani bo‘lib o‘tganday tasavvur qiladi. Natijada o‘zini yuzida baxtli tabassum bilan o‘tirganini ko‘radi. Bu misollar insonning ichki faoliyatiga misol bo‘la oladi. U o‘zining ikki asosiy xususiyati bilan farqlanadi. Birinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyat kabi tuzilishga ega, ular bir-biridan faqat codir bo‘lish shakli bilan tafovutlanadi. Bu ikki faoliyat motivlar yordamida uyg‘otilishini, hissiy kechinmalar bilan birga kuzatilishini, o‘zining muolajaviy texnik tarkibi mavjudligini bildiradi. Ichki faoliyatning tashqi faoliyatdan farqi harakatlar real jismlar bilan emas, ularning xayoliy tasviri bilan amalga oshirilishidan, real mahsulot o‘rniga g‘oyaviy natija hosil bo‘lishidan iborat. Ikkinchidan, ichki faoliyat tashqi faoliyatdan mos harakatlarning ichki holatga o‘tkazilish yo‘li bilan paydo bo‘lgan. Biror-bir harakatni samarali ravishda fikran amalga oshirish uchun uni avvalo amaliyotda o‘zlashtirib olib, real natija olish lozim. Masalan, shaxmat o‘yinida donalarning yurishi o‘zlashtirilib, ularning oqibatlari idrok etilgandan keyingina shaxmat yurishini o‘ylab olish imkoniyati tug‘iladi. SHuni ta’kidlab o‘tish lozimki, faoliyat nazariyasining mualliflari ichki faoliyat tushunchasi orqali ong va psixik jarayonlar tahlili muammosi bilan to‘qnashdilar. Faoliyat nazariyasi mualliflarining fikriga ko‘ra, psixik jarayonlar faoliyat nuqtai nazaridan tahlil qilinishi mumkin, chunki istalgan psixik jarayon o‘z vazifalari va muolajaviy-texnik tuzilishiga ega bo‘lib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling