Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

mustahkamlash bosqichi boshlanadi, keyin esa fikrlarda nizolilar bo‘lsa,  
asoslash va ishontirish bosqichi keladi. Va, nihoyat, natijalarni qayd etish 
bosqichi boshlanadi. Agar mavzular ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoki sherik 
notinchlik alomatlarini namoyon qilgan taqdirda muloqotni yakunlash zarur. 
Muloqotni doimo davom ettirish istiqboli bilan yakunlash kerak. Eng oxirgi 
daqiqalar, yakuniy so‘zlar, qarashlar, qo‘l siqishlar o‘ta muhimdir, ba’zida 
ular ko‘p vaqt davom etgan suhbat natijasini butunlay o‘zgartirib yuborishi 
mumkin. 
Muloqot tuzilishida uch xil o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tomonlar: 
kommunikativ yoki kommunikatsiyani, interfaol va perseptiv nuqtai 
nazarlarni ajratib ko‘rsatadilar. 
 
O‘Z – O‘ZINI TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR: 
 
1. «Muloqot» tushunchasi, uning maqsadi va mazmunini ochib bering. 
2. Insonlar muloqotining vazifalari va turlari nimadan iborat? 
3. Qanday muloqot vositalarini bilasiz? 
4. Muloqotning nuqtai nazarlari haqida gapirib bering. 


245 
5. Muloqotdagi Kauzal atributsiya, refleksiya, tenglashtirish va 
persepsiya nimani bildiradi? 
6. Tirik jonzotlar filogenezi va odam ontogenezidagi muloqot 
taraqqiyotini ochib bering. 
 
 
 
MAVZU BO‘YICHA TEST TOPSHIRIQLARI 
1. Muloqot: 
a) shaxsning mohiyatga ega bo‘lgan xususiyati; 
b) faoliyat kabi ahamiyatli bo‘lgan, inson turmush tarzining bir tomoni; 
v) insonning boshqa odamlar bilan o‘zaro ta’sirlashuv shakli; 
g) ikki va undan ortiq odamlarning bilish yoki affektli-baholash 
xususiyatli axborot almashinuvidan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sirlashuvi. 
2. SHaxslararo munosabatlar – bu: 
a) odamlar o‘rtasida faoliyat va guruhlardagi muloqotda o‘rnatiladigan 
munosabatlar; 
b) rahbarlar va xodimlar o‘rtasidagi munosbatlar; 
v) tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosbatlar; 
g) faoliyat jarayonidagi odamlar o‘rtasidagi dialoglar. 
3. Muloqot, odatda, .... tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi: 
a) axborotli, perseptiv, yo‘nalishli; 
b) interfaol, kommunikativ, nutqiy; 
v) shaxslararo, kognitiv, kommunikativ, emotiv, konativ; 
g) bilish, emotsional, shaxslararo. 
4. Muloqotda o‘zini boshqa odamga o‘xshatish yo‘li bilan uni tushunish 
xususiyatiga ega bo‘lgan shaxslararo idrokning bosh mexanizmlaridan biri: 
a) ijtimoiy-psixologik refleksiya; 
b) stereotiplashtirish; 
v) empatiya; 
g) identifikatsiya. 
5. Imo-ishoralar, mimika va pantomimika – bu .... muloqot vositalar: 
a) optik-kinestezik; 
b) paralingvistik; 
v) ekstralingvistik; 
g) fazoviy-vaqtli 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling