Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


 Расм. Психология фанининг асосий соҳалари


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

2.1. Расм. Психология фанининг асосий соҳалари


34 
SHu bilan birga, ma’lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi 
bilan mashg‘ul odamlar hulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning 
maxsus yoki amaliy sohalari ham ajratiladi (2.2 rasm). 
Psixologiya fanida ilmiy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi va 
differensiatsiyalash jarayonlari ro‘y beradi. Xususan, psixologiyaning jadal 
rivojlanishi uning differensiatsiyasiga – psixologiya fanlari qator sohalarining, 
shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog‘lovchi fanlararo 
sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab, psixik jarayonlarning asosi bo‘lgan fiziologiya mexanizmlarini 
o‘rganuvchi psixofiziologiya shakllandi. XVIII-XIX asrlarda boshlangan 
hayvonlar psixik faolligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar ekologiya, 
otologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘langan zoopsixologiyani yuzaga 
keltirdi. Psixologiyaning alohida sohasi bo‘lib psixogigiena, psixoterapiya va 
tibbiyot deontologiyasi masalalarini, patopsixologiya (qabul qilish, xotira, 
tafakkur va boshqalar kabi psixik jarayonlarning izdan chiqish 
qonuniyatlarini tadqiq etuvchi), neyropsixologiya (psixik jarayonlarning bosh 
Педагогик психология 
Тиббиёт психологияси 
Ҳарбий психология 
Психологик тадқиқотларнинг махсус соҳалари
Коинот психологияси 
Муҳандислик психология 
Меҳнат психологияси
Сиёсий психология 
Ҳуқуқий психология 
 2.2.Расм. Психология фанининг махсус соҳалари 


35 
miya ma’lum tuzilmalari bilan aloqasini o‘rganuvchi) va psixokorreksiyani 
o‘rganuvchi tibbiyot psixologiyasi hisoblanadi. 
Bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘langan bolalar psixologiyasi (bola psixik 
rivojlanishining qonuniyatlarini o‘rganadi) va pedagogik psixologiya 
(maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib
ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), yosh psixologiyasi 
(o‘rganish predmeti – psixikaning yosh xususiyatlari), mehnat psixologiyasi 
(issleduet mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq etib, kasb 
tanlash, mehnat jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar 
ishlab chiqadi), boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash va 
ularni takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muhandislik psix-
ologiyasi («inson – qurilma» tizimida inson faoliyatini o‘rganuvchi mehnat 
psixologiyasining bo‘limi); koinot psixologiyasi (koinotga parvoz sharoitida 
psixik faoliyatning xususiyatlarini o‘rganadi), ijtimoiy psixologiya (jamoada 
inson faoliyati va shaxslararo munosabatlarning shakllanish qonuniyatlarini 
tadqiq etadi), qiyosiy psixologiya (o‘rganish predmeti – odam va hayvon 
psixikasi kelib chiqishi va rivojlanishidagi umumiylik va tafovutlar) kabi 
mustaqil bo‘limlarga shakllandilar.
11
Psixologiyaning ko‘plab sohalari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi: 
- aniq faoliyat (mehnat psixologiyasi, tibbiyot, pedagogik psixologiya, 
san’at, sport psixologiyasi va shu kabilar); 
- rivojlanish (hayvonlar psixologiyasi, qiyosiy psixologiya, rivojlanish 
psixologiyasi, bolalar psixologiyasi va shu kabilar); 
- ijtimoiy umumiylik (ijtimoiy psixologiya, shaxs psixologiyasi, guruh, 
sinf psixologiyasi, etnopsixologiya va h.k.). 
Sohalar bo‘yicha faoliyat maqsadiga ko‘ra tafovut muhim ahamiyat kasb 
etadi (yangi bilimlarga ega bo‘lish va ularni qo‘llash): asosiy va amaliy fan-
lar; tadqiq etish predmetiga ko‘ra – rivojlanish psixologiyasi, ijod, shaxs 
psixologiyasi va h.k. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi asosida 
yuzaga kelgan fanlar sifatida psixofiziologiya, neyropsixologiya, matematik 
psixologiya va boshqalarni keltirish mumkin. Psixologiyaning amaliyotning 
turli sohalari bilan murakkab aloqalarining rivojlanishini tashkiliy
muhandislik psixologiyasi, sport psixologiyasi, pedagogik psixologiya va shu 
kabilarda kuzatish mumkin. 
Turli mualliflar psixologiyaning 100dan ortiq sohalarini sanab o‘tadilar. 
Lekin aslida hozirgi kunda ularning soni bundan oshib ketgan. 
SHuningdek, psixologiyaning maxsus bo‘lim va yo‘nalishlari ham 
mavjud: differensial psixologiya (odamlar o‘rtasidagi individual tafovutlarni 
11
11
S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y. 23p 


36 
o‘rganadi), qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, 
ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi (geron-
topsixologiya), aviatsiya psixologiyasi. 
Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo‘lib bormoqda, oxirgi 
yillarda psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, ak-
meologiya, tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, 
muloqot psixologiyasi, davriy psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, 
«buyukshunoslik» psixologiyasi, o‘sish psixologiyasi, tirik hayot 
psixologiyasi, kvant psixologiyasi, tergov psixologiyasi, badiiy qabul etish 
psixologiyasi, 
psixologik 
adabiyotshunoslik, 
eshitish 
qobiliyatlar 
psixologiyasi, ko‘zi ojiz kar-soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob 
psixologiyasi, mavh etish psixologiyasi, tushlar va tush ko‘rish psixologiyasi, 
sevgi psixologiyasi, inqirozli va xavfli vaziyatlar psixologiyasi, ekzoteratik 
psixologiya, taqdir psixologiyasi, mutaassiblik psixologiyasi, qobiliyatlar 
psixologiyasi, xususiylik psixologiyasi, o‘quv faoliyat psixologiyasi, ayollar 
psixologiyasi, tobe hulq-atvor psixologiyasi, genotsid va ommaviy qotilliklar 
psixologiyasi, xizmat muloqoti psixologiyasi, o‘qituvchi psixologiyasi, tashqi 
ko‘rinish psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, buyruq psixologiyasi, 
savdo-sotiq psixologiyasi, OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor psix-
ologiyasi, erkaklar psixologiyasi, din psixologiyasi, tomalogiya, qo‘rquv 
psixologiyasi, o‘lim psixologiyasi, muqobil psixologiya va boshqalar faol 
shakllanib bormoqda. 
Bu sohalar bilan bir qatorda yoki, real hodisalar va inson turlarini, yoki, 
bilimlar sohasi yoinki maxsus kurslarni ifodalovchi umuman kutilmagan so‘z 
birikmalari yuzaga kelmoqda, xususan,: qarzdor, qarz beruvchi, qimmatli 
qog‘ozlar egasi, narx-navo, so‘roq qilish, futbolchilar, rassom, diktatura, 
bezori, kasbiy daraja, ishonch, e’tiqod, jinsiy munosabatlar, murabbiylik 
faoliyati, muloqot, ishoratlar, hissiy kuyish, muxbirlik psixologik madaniyati, 
o‘qituvchilik faoliyati, bir tarafmalilik, dizayn, bolalar o‘yini, baxtsizlik, 
hissiy munosabatlar, ayol xiyonati, janjal, yutuqqa erishish, sayohat, millatga 
tegishlilik, qasd qilish hulq-atvori, ta’sir o‘tkazish, ishdan bo‘shatish, bolalar 
ijodiyoti, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar, aqli zaif o‘quvchi, bayram, tabassum, 
jizzakilik, er-xotinlar, telefon so‘zlashuvlari, qotil psixologiyasi shular 
jumlasidandir. 
An’anaviy psixologik fanlar – umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, 
shaxs psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, yosh va pedagogik psixologiya 
chuqur o‘zgarishlarga uchramoqda. 
Hozirgi zamon psixologiyasining negizini psixikaning umumiy 
qonunlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini o‘rganuvchi umumiy psixologiya 


37 
tashkil etadi. U ilmiy kashfiyotlarni amalga oshiruvchi nazariy konsepsiyalar 
va tajriba tadqiqotlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy psixologiya akademik fan 
nomini olgan. Bu fan sifatida u universitetlarda va akademiya institutlarida 
rivojlanib, o‘z oldiga asosiy bilimlarni orttirishni maqsad qilib qo‘ygan. 
Bundan farqli o‘laroq, amaliy psixologiya aniq bir talabgor bilan ish 
yuritadi, noma’lumlikni ilmiy tarzda ochib beruvchi keng hajmli va chuqur 
tadqiqotlarni olib bormasdan, mijozning amaliy ehtiyojlari, masalan, savdo 
tashkiloti, vazirlik yoki idora, harbiy kasalxona yoki umumta’lim maktabi 
bilan ish ko‘radi. Amaliy psixologlarning asosiy ish vositasi – treninglar
xususan: psixodrama, jismoniy treninglar, NLP-treninglar, o‘zini o‘stirish 
treninglari, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar treninglari, geshtalttreninglar, 
shaxsiy o‘sish treninglari va biznes-treninglar, autotreninglar va qobiliyatlarni 
rivojlntirish treninglari, ota-onalar va bolalar uchun treninglar. 
Amaliy psixologiyaning bir qismini qator masalalarni, jumladan, ish 
bo‘yicha yuzaga keladigan qiyinchiliklar (ishdan qanoatlanmaslik, 
hamkasblar va boshliqlar bilan kelishmovchiliklar, ishdan bo‘shatilish 
imkoniyati, yangi ish izlash muammolari), shaxsiy hayotdagi tartibsizliklar 
oiladagi ixtiloflar, baynalminal oilalarning muammolari, maktab yoki 
oliygohdagi yomon o‘zlashtirish, ota-onalar va bolalar munosabatlarining 
muammolari, o‘ziga nisbatan ishonch va hurmatning etishmovchiligi, 
shaxslararo munosabatning o‘rnatilishi va mustahkamlashdagi qiyinchiliklarni 
hal etuvchi – psixologik maslahat tashkil etadi.

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling