Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

3.Ўзбекистонда психология 
фанининг ривожланиш 
тарихи. 
 
ground incorporating the viewer’s purpose and previous experiences. Gestal-
ists also rejected the mechanistic approach to behaviour as advocated by the 
behaviourist through a simple stimulus-response connection. 
Bu maktabning eng mashxur namoyandalari: Vertgeymer (1890-1943), 
Koffka(1886-1941),Volfang Keler(1887-1967) va Kurt Levin (1990-1947). 
Geshtalt so’zi nemischa ot bolib. Geshtaltni inglischa tarjimasi “Konfugu-
ratsiya” yoki oddiy kilib “uyishik butun”. Shuning uchun geshtalt-
psixologiyasi atomistik va molekulyar yondashuvlarga karshi tura oladi. Bu 
bilan birgalikda inson murakkab bulaklarning kolleksiyasi yoki element kilib 
emas buyumni butun kabul kiladi. Geshtalt-psixolog , sezgilar yoki idrok 
ma’nosi har doim umumiy vaziyat bilan bog’lik. Narsa jinsdagi alokadek
kabul kilinadi. U o’z ichiga narsa, tamoshabin va murakkab fonni ichiga 
oladi. Geshtalistlar bundan tashkari mexanik yondashuv yurishini rad qilishdi, 
oddiy stimul – reaksiya orqali qoriqlanuvchi tarzda. Ular shuni tastiklashtiki 
stimul bilan reaksiya o’rtasida o’zini rodidagitashkilotlar mavjud va ular 
yangi geshtalt shakillanishiga yordam beradi.Gestalistlarning ta’kidlashlaricha 
behosdan fikrda(ongda,tafakkurda) yangidan barpo bo’lgan narsalarning 
tuzilishlari eskilariga nisbatan yanada mukkamalroq va zarurroq holatda 
o’zicha kelishlari mumkinmi,natijada ular bir biridan umuman farq qilishlari 
ham mumkin.Natijada inson tafakkuri oddiy rag’batlantirilishining natijasigi-
na emas,balki uning rivojlangan intelek onggining , tafakkurining xulosasiga 
aylanadi. 
Individ-sharoitni yaxshilab o’rganib vaziyatga turlicha berilgan fikrlar bi-
lan tanishib, haqiqatga yaqinroq bo’lgan yo’lni “qarorni” tanlaydi va uni 
amalga oshirish maqsadida kutilmagan,qat’iy qarorlarni qabul qiladi. 
Gestalt-psixologiya RZM(sayt)- insonning xususiyatlarini rivojlanishini 
uch turga ajratadi:
a)sharoitni bor holatda qabul qilish; 
b)sharoitni ko’rib ,o’rganib ,uni kelib chiqish sabalarini aniqlash; 
v)tezlik bilan qaror qabul qilish va shu asosida faoliyat olib borish. 
Shunday qilib, Gestalt-psixologiya qat’iy ravishda sharoitni struktural-
ash(kesimlarga ajratish), funksiyalash (vazifalash) va qilinishdan iborat 
bo’lgan ilmiy psixologiyaga qarshi chiqdi.Jumladan, u bu tizimning tuzilish-
iga “g’isht va quyma”, o’zaro bog’lanishiga ularni kesimlarga “g’isht” 
ajralishiga qarshi chiqdi va ular to’g’risidagi tushunchalarni achinarli hol deb 
hisoblagan.
10
Psixologiyaning fan sifatida
yurtimizda rivojlanish tarixiga
10
S.K.Mangal: “General Psychology” 2013y. 19p 


30 
e’tibor beradigan bo‘lsak shuni ta’kidlash lozimki, u oxirgi o‘n yilliklar 
mobaynida shakllanmoqda, xolos. Lekin tarixan, umuman
psixologiyaning O‘zbekiston hududida shakllanishini tahlil qilinsa, uning 
diniy-falsafiy olimlar va qarashlar tizimida o‘ziga xos tarzda shakllanib 
kyolganini ko‘rish mumkin. Masalan, eramizning II-III asrlarida rivoj topgan 
manixizm (asoschisi Mani) yoki mazdakizm (asoschisi Mazdak) va boshqalar 
o‘z diniy qarashlari tizimida ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy adolat va 
shaxsning o‘ziga xosligi kabi g‘oyalarni keng tashviqot qilganlar. Lekin tarix 
bizga shundan darak beradiki, yaxlit, sistematik ijtimoiy psixologik 
qarashlar sistemasi umuman bo‘lmagan. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, 
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy 
munosabatlarga bag‘ishlangan. CHunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik 
tadqiqot ham 70- yillarning oxiri 80- yillarning boshida I. YOqubov 
tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-
xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik 
omillarni o‘rgandi. Tadqiqot natijasida, shu narsa aniqlandiki, oila 
a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy 
xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon 
o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy
munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir. 
G‘.B.SHoumarov va E.A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa 
oilada bolalar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik 
omillar o‘rganildi, chunonchi, unda o‘ziga xos milliy va an’anaviy o‘zaro 
munosaoat xususiyatlarining o‘rni belgilandi. 
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim 
tadqiqotlardan biri N. Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila 
munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning 
o‘zbeklarga xos bo‘lgan yosh xususiyatlari, yosh o‘zbek oilalaridagi 
psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda 
o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o‘rganilmagan ilmiy 
ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining qurilishiga sabab 
bo‘ladigan asosiy motiv—bu “Farzandli bulish”, (birinchi o‘rinda), ikkinchi 
o‘rinda “Jamoatchilikning gap-so‘ziga qolmaslik”, uchinchi o‘rinda “Ota-ona 
va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va hokazolar aniqlandi. 
N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va 
yoshlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir. 
Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid 
qator tadqiqotlar o‘tkazildi. Masalan, V.M.Karimovaning o‘zbek xotin-kizlari 
ijtimoiy tasavvurlarining o‘zgarishi mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan 


31 
tadqiqoti (1987), E. Usmonovning o‘zbek ayollarining suitsidal (ya’ni o‘z-
o‘ziga o‘t qo‘yish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini 
o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1993), E. No‘‘monovaning o‘zbek 
oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlariga bag‘ishlangan, 
M.Zokirovaning erkak va ayollardagi rollar hakidagi tasavvurlarning o‘ziga 
xosligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti, M.Toshpo‘latovning 
o‘zbek yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi 
o‘ziga xos qirralarini o‘rganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular 
jumlasidandir. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik 
konsepsiya shakllanadi va bu respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o‘z 
hissasini qo‘shadi. 
Psixologiya fanini rivojlantirishda judayam katta rol o‘ynagan 
psixologlar 
quyidagilar: 
B.Ananev, 
P.P.Blonskiy, 
S.L.Rubinshteyn, 
LS.Vigotskiy, 
R.S.Nemov 
va 
boshqalar, 
shuningdek 
keyinchalik 
o‘zbekistonda ham yirik olimlar etishib chiqdi. Ular jumlasiga 
M.G.Davletshin, 
E.G‘.G‘oziev, 
M.Vohidov, 
V.A.Tokareva. 
R.Z.Gaynutdinov, 
V.M.Karimova, 
G‘.B.SHoumarov, 
R.I.Sunnatova, 
Z.T.Nishonova va boshqalarni kiritish mumkin. YUqorida nomlari tilga 
olingan olimlar o‘zlarining g‘oyalari va milliy mafkuralar bilan yoshlarda 
tafakkur sifatlaridan «mustaqillik», «tanqidiylik» kabilarni shakllantirishga 
e’tibor bermoqdalar.

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling