Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

dunyoqarashi sifatida o‘rganilishi mumkin. 
SHaxs mayli – bu avvalgi tajribada shakllangan, ob’etni aynan ma’lum 
shaklda idrok qilish, tushunish yoki u bilan harakat qilishga tayyorlik, 
moyillik. 
Ko‘pchilik mayllarning yanglish mohiyati, yoki inson shaxsiy 
tajribasidagi ba’zi faktlardan shoshilinch va etarlicha asoslanmagan holda 
chiqarilgan xulosalarning natijasi, yoki fikrlash stereotiplarini – ma’lum 
ijtimoiy guruhda qabul qilingan xillarga ajratilgan mulohazalarni tanqidsiz 
o‘zlashtirish natijasi bo‘lib hisoblanadi. Jamiyat hayotidagi turli faktlarga 
(hodisalar, odamlar va boshqalar) nisbatan ogohlantirish xususiyatiga ega 
bo‘lgan mayllar ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Mayllar u yoki bu darajada 
anglanmagan bo‘lishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar tomonidan mayl 
tuzilishida uch tarkibiy qism ajratiladi: kognitiv tarkibiy qism inson bilishga 
va idrok qilishga tayyor tasvir namunasidir; emotsional-baholash tarkibiy 
qism mayl ob’ektiga nisbatan xayrixohlik va xush ko‘rmaslik majmuasidir
hulq-atvor tarkibiy qism – mayl ob’ektiga nisbatan ma’lum tarzda harakat 
qilish, iroda kuchini amalga oshirishdir. 
Psixologiya 
tarixida 
shaxsning 
psixologik 
mohiyati 
haqidagi 
tasavvurlarga ko‘p marta o‘zgartirishlar kiritilgan. Avvalambor, shaxsni, 


275 
aynan, psixologik tushuncha sifatida anglashning zaruriyati bilan bog‘liq 
nazariy qiyinchiliklarni bartaraf etishning eng ishonchli vositasi shaxsni 
psixologik voqelik kabi tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni sanab o‘tish 
hisoblanadi. Bu holatda shaxs inson psixikasining sifatlari, xossalari, qirralari, 
o‘ziga xos xususiyatlarining to‘plami sifatida maydonga keladi. Muammoga 
bunday yondoshish A.V. Petrovskiy tomonidan «kolleksiya to‘plash» deb 
nomlangan, bunda shaxs o‘zida temperament, xarakter, qiziqishlar, layoqatlar 
va h.k.larning qirralarini mujassamlashtirgan qandaydir kattalik, hajmga 
aylanadi. 
XX asr 60-yillarining o‘rtalarida shaxs umumiy tuzilishini o‘rganish 
bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazishga qaratilgan harakatlar boshlab yuborildi. 
Bu yo‘nalishda shaxsni bioijtimoiy, tartibli tuzilish sifatida ta’riflagan K.K. 
Aflotunovning yondoshuvi e’tiborga loyiq. U shaxs tuzilishini quyidagilarga 
ajratadi: 
1. Yo‘nalganlik (fikrlar, dunyoqarash, mayllar, istaklar, qiziqishlar, 
moyilliklar, ideallar kabi shakllarni o‘z ichiga oladi). Bu tuzilish osti tarbiya 
yo‘li bilan shakllanadi. 
2. Tajriba (ta’lim olishda shaxsiy tajriba vositasida orttirib bo‘lingan, 
lekin shaxsning biologik va hatto, irsiy belgilangan xossalarining sezilarli 
ta’siri ostidagi bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar va odatlarni birlashtiradi). 
3. Aks ettirish turli shakllarining individual xususiyatlari (his etish, 
idrok, xotira, tafakkur, hissiyotlar, tuyg‘ular, iroda). 
4. Biopsixik xossalar o‘zida temperament xususiyatlari, shaxsning jins 
va yosh xususiyatlari, patologik, organik o‘zgarishlarni birlashtiradi (7.1 
jadval). 
Bu to‘rt tarkibiy qismga yana ikki tarkibiy qism jamlanadi: mustaqil 
tarkibiy qism bo‘lib hisoblanmaydigan shaxsning umumiy sifatlaridan iborat, 
asosiy tarkibiy qismlarning har birining xususiyatlaridan tashkil topgan 
xarakter va layoqatlar. 
Bunday yondoshuvning asosiy kamchiligi shundan iborat ediki, shaxs 
umumiy tuzilishi uning biologik va ijtimoiy belgi, xususiyatlarining yig‘indisi 
sifatida izohlanar edi. Natijada shaxs psixologiyasida shaxsdagi ijtimoiy va 
biologik xususiyatlar nisbati muammosi asosiy muammolardan biri bo‘lib 
qoldi. Lekin, aslini olganda, biologik xususiyatlar inson shaxsi tarkibida 
ijtimoiyga aylanadi. 
7.1 Jadval 
Xarakter va layoqatlar tegishli bo‘lgan shaxs darajalari sifatidagi asosiy 
tarkibiy qismlar 
Asosiy aloqalar 
SHakl
Tahlilning 


276 
Tark
ibiy 
qims
larni
ng 
noml
anish

Tarkibga 
kiruvchi 
elementl
ar
Ijtimoiy 
va
biologi
k nisbat 
Aks 
ettirish 
bilan 
Anglas
h bilan 
Ehtiyo
jlar 
bilan 
Faolli
k bilan 
lantiri
shning 
maxsu

turlari 
zarur 
darajalari 
Yo
‘na
lga
nli
k
E’tiqodla
r, 
dunyoqar
ash, 
ideallar, 
moyillikl
ar, 
qiziqishl
ar, 
istaklar, 
havaslar 
Biologi

deyarli 
mavjud 
emas
Aks 
ettiruvc
higa 
tajriba 
asosida 
munosa
bat 
Asosan 
kelajak
ni 
anglash
Ijtimoi
y
ehtiyo
jni
aks 
ettiris

orqali 
E’tiqo
dlar 
orqali
Tarbiy
a
orqali 
Ijtimoiy-
psixologik 
Taj
rib
a
Odatlar, 
malakala
r, 
ko‘nikm
alar, 
bilimlar 
Ijtimoiy
dan 
anchagi
na ko‘p 
Aks 
ettirish 
shakllar
ining 
mazmu
ni 
O‘tmish
ni 
anglash 
zaruriya
ti 
Odatla

orqali
Iroda 
ko‘nik
malari 
orqali 
O‘qish Psixologik-
pedagogik 
Psi
xik 
jar
ay
onl
ar
Iroda, 
tuyg‘ular

idrok, 
tafakkur, 
hissiyot, 
evolyusi
ya, xotira 
Ko‘pda 
ijtimoiy
danko‘p
roq 
Psixik 
aks 
ettirishn
ing
shakllar

Voqelik
ni 
anglash
ning 
o‘zi 
etarli 
SHaxs
ga 
ehtiyo

orqali 
Iroda 
orqali 
Mashq Individual–
psixologik 


277 
Bi
op
six
ik 
xo
ssa
lar
Temper-
ament, 
jinsiy, 
yosh, 
patologik 
xususiyat
lar 
Ijtimoiy 
deyarli 
mavjud 
emas 
Psixik 
aks 
ettirish 
mex-
anizm i 
Faqat
uslubni 
anglash 
Biolog
ik 
ehtiyo

orqali 
Asab 
jarayo
nlarini
ng 
kuchi 
va 
haraka
tchanli
gi 
orqali 
Mashq Psixofiziologi

Neyropsixolo
gik 
XX asr 70-yillarning oxirida shaxs muammosiga tuzilishli yondoshuv 
yo‘nalishi tizimli yondoshuvni qo‘llash tendensiyasi bilan almashindi. SHu 
munosabat bilan A.N. Leontev g‘oyalari alohida e’tiborga loyiq. Uning 
fikricha, shaxs, - bu insonning jamiyatdagi hayoti natijasida yuzaga keladigan 
alohida turdagi psixologik hosila. Turli faoliyatlarning birgalikda bo‘ysunishi 
ontogenezda shakllanadigan shaxsning asosini yaratadi. SHu o‘rinda, A.N. 
Leontev ko‘rsatib o‘tganidek, shaxsga tegishli bo‘lmagan, avvalambor, 
irsiyat tomonidan belgilangan: tana tuzilishi, asab tizimining turi, tempera-
ment, biologik ehtiyojlarning o‘sish kuchi, affektivlik, tug‘ma layoqatlar kabi, 
shuningdek, orttirilgan ko‘nikma, bilim va malakalar, hamda, – kasbiy 
belgilarni ta’kidlab o‘tish joiz. Uning fikricha, sanab o‘tilganlar, insonning 
individual xossalarini tashkil etadi. 
SHaxs avvalgi tajribalar bilan boyitilgan individ emas. Individ 
xususiyatlari shaxs xususiyatlariga aylanmaydi. 
A.N. Leontev tomonidan belgilab berilgan shaxs muammosini 
o‘rganishga umumiy yondoshuv A.V. Petrovskiy va V.A. Petrovskiylarning 
ishlarida rivojlantirildi. Ularning fikriga ko‘ra, shaxs hamkorlikdagi 
faoliyatning har bir ishtirokchisi o‘rtasida o‘rnatilgan mazmun-mohiyati
qadriyatlari vositasidagi barqaror shaxslararo aloqalar tizimida o‘rganilishi 
mumkin. 
Bayon etilganlar shaxsni faoliyat va muloqotda yuzaga keladigan 
individual munosabatlarning (sub’ekt – ob’ekt – sub’ektiv va sub’ekt – 
sub’ekt – ob’ektiv) barqaror tizimiga nisbatan sub’ekt sifatida o‘rganish 
imkonini beradi. A.V. Petrovskiy va V.A. Petrovskiylar shaxs tuzilishini 
individning «o‘ta sezgir» tizimli xususiyati sifatida ko‘rib chiqadilar. SHaxsni 
sub’ektiv munosabatlar tizimida ko‘rib chiqib, individ shaxsiy turmush 
tarzining uch xildagi atributsiyasini (qo‘shib yozish, belgilash) yoki shaxs 
tushunchasining uch xil nuqtai nazarini ajratadilar. 


278 
Ko‘rib chiqishning birinchi nuqtai nazari intraindivid shaxsiy 
atributsiya: shaxs sub’ektning o‘ziga xos bo‘lgan xossasi sifatida 
tushuntiriladi; shaxs individ turmush tarzining ichki muhitiga kiritilgan 
holatda bo‘ladi. 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling