BINOKULYAR KO‘RISH - bir ob’ektning o‘zini har ikkala ko‘z bilan
bab-barobar ko‘rish (predmetning teranligi, uzoqligi va hajmini idrok qilishni
ta’minlaydi).
VEBER-FEXNER QONUNI - qo‘zg‘ovchi kuchini o‘zgarishi bilan
hosil bo‘lgan muayyan sezgi kuchining o‘zgarishi o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatni ifodalashdan iborat psixofizik qonundir.
VESTIBULYAR APPARAT - fazodagi harakatlarning holati va butun
harakatlar yo‘nalishining o‘zgarishini kuzatib baholab turishga yordam
beradigan analizator.
INTERORETSEPTORLAR - ichki a’zolarga joylashgan retseptorlar.
KINESTETIK SEZGILAR - kishining o‘z gavdasidagi proprioretseptiv
qo‘zg‘alishlar natijasida ro‘y bergan harakatlarni sezish.
INTERORETSEPTIV SEZGILAR - tananing ichki a’zolari holatidan
darak beruvchi sezgilar.
MUSHAK TUYG‘ULARI - tashqi muhitning vaqtinchalik fazoviy hu-
susiyatlarini anglash(I.M.Sechenov).
HID BILISH SEZGISI - hidlarni sezish qobiliyati.
TAXMINIY REAKTSIYA - a’zolarning yangi vaziyatlarga javob ber-
ishidan iborat murakkab reaktsiya.
SEZGILAR - psixik aks ettirishning oddiy usuli tariqasida hay-
vonlarga ham, odamlarga ham xos xususiyat bo‘lib, voqelikda narsa va xo-
disalarning ayrim belgi va xususiyatlarini bilib olishni ta’minlaydi.
PROPRIORETSEPTIV SEZGILAR - tananing turli qismlaridagi hola-
tlardan va ularning harakatlaridan darak beruvchi sezgilar.
KETMA-KET OBRAZ - avvalgi qo‘zg‘ovchilar ta’sirida paydo
bo‘lgan obraz izlarining qisqa muddatga saqlanib qolishi.
SEZGI CHEGARASI (MUTLAQ CHEGARA) - minimal kuchga ega
bo‘lgan qo‘zg‘ovchining bilinar-bilinmas ta’sirini sezishga sezgining quyi
chegarasi, qo‘zg‘ovchining ish yuqori kuchga ega bo‘lgan ta’sirini sezishga
sezgining yuqori (maksimal) chegarasi deyiladi.
FARQ QILISH CHEGARASI - qo‘zg‘ovchilar o‘rtasidagi bilinar-bi-
linmas farqni sezish. Bu avvalgi qo‘zg‘ovchilar bilan keyingi qo‘zg‘ovchilar
o‘rtasida qandaydir farq borligini seza olishda ifodalanadi.
RETSEPTORLAR – narsalarning tashqi va ichki qo‘zg‘ovchilardan hos
bo‘lgan qo‘zg‘alishni qabul qilib oluvchi chekka uchlari.
387
Do'stlaringiz bilan baham: |