Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

BINOKULYAR KO‘RISH - bir ob’ektning o‘zini har ikkala ko‘z bilan 
bab-barobar ko‘rish (predmetning teranligi, uzoqligi va hajmini idrok qilishni 
ta’minlaydi). 
VEBER-FEXNER QONUNI - qo‘zg‘ovchi kuchini o‘zgarishi bilan 
hosil bo‘lgan muayyan sezgi kuchining o‘zgarishi o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatni ifodalashdan iborat psixofizik qonundir. 
VESTIBULYAR APPARAT - fazodagi harakatlarning holati va butun 
harakatlar yo‘nalishining o‘zgarishini kuzatib baholab turishga yordam 
beradigan analizator. 
INTERORETSEPTORLAR - ichki a’zolarga joylashgan retseptorlar. 
KINESTETIK SEZGILAR - kishining o‘z gavdasidagi proprioretseptiv 
qo‘zg‘alishlar natijasida ro‘y bergan harakatlarni sezish. 
INTERORETSEPTIV SEZGILAR - tananing ichki a’zolari holatidan 
darak beruvchi sezgilar. 
MUSHAK TUYG‘ULARI - tashqi muhitning vaqtinchalik fazoviy hu-
susiyatlarini anglash(I.M.Sechenov). 
HID BILISH SEZGISI - hidlarni sezish qobiliyati. 
TAXMINIY REAKTSIYA - a’zolarning yangi vaziyatlarga javob ber-
ishidan iborat murakkab reaktsiya. 
SEZGILAR - psixik aks ettirishning oddiy usuli tariqasida hay- 
vonlarga ham, odamlarga ham xos xususiyat bo‘lib, voqelikda narsa va xo-
disalarning ayrim belgi va xususiyatlarini bilib olishni ta’minlaydi.
PROPRIORETSEPTIV SEZGILAR - tananing turli qismlaridagi hola-
tlardan va ularning harakatlaridan darak beruvchi sezgilar. 
KETMA-KET OBRAZ - avvalgi qo‘zg‘ovchilar ta’sirida paydo 
bo‘lgan obraz izlarining qisqa muddatga saqlanib qolishi. 
SEZGI CHEGARASI (MUTLAQ CHEGARA) - minimal kuchga ega 
bo‘lgan qo‘zg‘ovchining bilinar-bilinmas ta’sirini sezishga sezgining quyi 
chegarasi, qo‘zg‘ovchining ish yuqori kuchga ega bo‘lgan ta’sirini sezishga 
sezgining yuqori (maksimal) chegarasi deyiladi. 
FARQ QILISH CHEGARASI - qo‘zg‘ovchilar o‘rtasidagi bilinar-bi- 
linmas farqni sezish. Bu avvalgi qo‘zg‘ovchilar bilan keyingi qo‘zg‘ovchilar 
o‘rtasida qandaydir farq borligini seza olishda ifodalanadi. 
RETSEPTORLAR – narsalarning tashqi va ichki qo‘zg‘ovchilardan hos 
bo‘lgan qo‘zg‘alishni qabul qilib oluvchi chekka uchlari. 


387 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling