SENSOR SEZGILAR - sezgi a’zolariga taalluqli sezgilar bo‘lib, sen-
sorika - sezgi va idrokni umumlashtiruvchi tushunchadir.
SENSIBILIZATSIYA - ichki omillar ta’siri natijasida analizator
sezgirligining ortib ketishi.
SINESTEZIYA - turli xildagi sezgilarning o‘zaro ta’siri natijasida
qo‘shilib ketishi
SEZGI A’ZOLARINING O‘ZIGA XOS QUVVATI - sezgi a’zo-
larining maxsus quvvati haqidagi qonun bo‘lib, bu qonunga binoan sezgi
a’zolari tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’sirini aks ettirmay, balki
sezgi a’zolarining o‘ziga xos quvvatini qo‘zg‘atuvchi tashqi turtkini oladi xo-
los (M.Myuller).
SEZGIRLIK - a’zolarning o‘ziga ta’sir etib turgan qo‘zg‘ovchilarning
salgina yoki unchalik farq qilinmaydigan ta’sirini ajrata olish qobiliyati.
EKSTERORETSEPTIV SEZGILAR - tashqi olamdagi narsa va
hodisalarning turli tavsifi haqida darak (signal) beruvchi sezgilar.
TOPSHIRIQLAR
1 Analizator apparatiga nimalar kiradi? Ularni ketma-ketlik
ko‘rinishida yozing.
2 Quyidagi ta’riflarga mos sezgi turlarini aniqlang
№
Ta’riflar
Sezgi turlari
1
Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning
xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan
hamda retseptorlari tananing sirtqi
qismida joylashgan sezgilar
2
Ichki tana a’zolari holatlarini aks
ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana
a’zolarida, to‘qimalarda joylashgan
sezgilar
3
Tanamiz va gavdamizning holati hamda
harakatlari haqida ma’lumot (axborot,
xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi
paylarda, mushaklarda joylashgan
388
sezgilar
3
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |