Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
interiorizatsiya deb yuritiladi (ichki ishga aylanadi). Inson psixikasi
interiorizatsiyasi tufayli ayni chog‘da ko‘z o‘ngida yo‘q bo‘lgan narsalarning obrazlari bilan ishlay bilish qobiliyatiga ega. Interiorizatsiya muammosi rus olimlari L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va ularning shogirdlari tomonidan turli jabhalarda tadqiq qilingan. Odamning ichki dunyosi paydo bo‘lgandan so‘ng har bir narsani, har bir harakatni oldindan ichida o‘ylab so‘ngra amalga oshiradi. Oldin ichida o‘ylab, so‘ngra bevosita tashqi munosabatga o‘tishi faoliyatning eksteriorizatsiyasi deb yuritiladi. Faoliyat turlari tarkibida uchta tarkibiy qismni: maqsad–motiv– harakatni ajratish mumkindir. Maqsad – inson faoliyati so‘nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo‘ladi va ehtiyojlarini amalga oshirilishidir. Motiv – kishini faoliyatga undaydi va unga mazmun baxsh etadi. Ish–harakat galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan, nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Afferentatsiya (lotincha afforens keltiruvchi degan ma’noni anglatadi) tashqi qo‘zg‘atuvchilardan hamda ichki organlardan axborotni qabul qiluvchi hissiy a’zolardan markaziy nerv sistemasiga kelib tushuvchi nerv impulslarining doimiy oqimini bildiradi. Odamdagi maqsadga muvofiq harakatlarning amalga oshirilishi va avtomatlashuvi malaka deb aytiladi. Biror faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud bilimlardan va malakalardan foydalana olish k o‘ n i k m a deyiladi. Avval hosil qilingan malakalarning yangi malakalarga ijobiy ta’siri malakalarning ko‘chishi yoki malakalar induktsiyasi deb ataladi. Masalan, matematika darsida hosil bo‘lgan ko‘nikmani, fizikada qo‘llash mumkin. Inson faoliyati asosan uch turga bo‘linadi: o‘yin, mehnat, ta’lim faoliyati. Motiv – bu kishini faoliyatga undovchi kuch, sabab yoki ehtiyojlar yig‘indisidan iboratdir. 394 Motiv tushunchasiga olimlar tomonidan quyidagicha ta’rif beriladi: Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling