Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
Javob
A – B – C – HISSIYOT Impressiv so‘zi lotincha taassurot degan ma’noni anglatadi Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Dinamik stereotip deganda tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan shartli reflekslar, nerv bog‘lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi. Moslashish xarakteriga oid bo‘lgan, ya’ni ovozning o‘zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo‘ladigan jarayonning qayta o‘zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologiyada emotsional harakatlarning ekspressiv tomoni deb ataladi. Ambivalentlik – lotincha har tomonlama kuchga ega ma’nosini anglatib kishining bir ob’ektning o‘ziga nisbatan bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladigan bir-biriga qarama – qarshi emotsional irodaviy holatdir. Hissiy ton. Hissiyot ko‘pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning o‘ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo‘ladi. Yoqimli suhbatdosh, kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko‘ngildagi mashg‘ulot, hushchaqchaq sayohat, og‘ir ish kabilar. Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni 429 hissiy holatlar stenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuch degan ma’noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Ba’zi hollarda emotsiyalar o‘zining sustligi, motorli, kuchsizligi bilan tavsiflanadi. Bunday hissiy holat astenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuchsizlik, zaiflik ma’nosini bildiradi) deb atashadi. Bunday hissiyot insonni bo‘shashtiradi, uni xayolga cho‘mdiradi, xayolparast qilib qo‘yadi. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling