IZOHLI LUG‘AT
ASTENIK (KUCHSIZ) TUYG‘ULAR (EMOTSIYA) - shaxsning
faolligini susaytiruvchi kechinmalar.
AFFEKT - kuchli, jo‘shqin va nisbatan qisqa muddatli emotsional
kechinmalar tariqasida ro‘y beradigan psixologik xolat.
AMBIVALENTLIK - kishining bir vaqtning o‘zida bir-biriga qarama-
qarshi bo‘lgan emotsiya va tuyg‘ularni (jumladan, quvonch - musibat, kulgi va
qayg‘u-hasrat) kechinishidan iborat psixik holati.
APATIYA - kishining og‘ir kechinmalar, yoki kasalliklardan toliqishi
natijasida kelib chiqadigan, hamda uning tevarak-atrofdagi olamga nisbatan
hech qanday qiziqishlarsiz befarq qarashlarda ifodalanadigan psixik holat.
RUHLANISH - psixik holatlardan bo‘lib, bunga kishining stenik (kuchli)
emotsiyalari bilan ijodiy tafakkuri kiritiladi.
DEPRESSIYA - tushkunlik kayfiyati bo‘lib, bu kishida intilishlarning
susayishi, harakatlarning tormozlanishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladigan
ruhiy holatdir
LIMBIK TIZIM - bosh miyaning ayrim emotsional jarayonlar bilan
funktsional bog‘liq qismlarining umumiyligi.
BILISHGA QIZIQISHLIK - aqliy-intellektual hislardan iborat bo‘lib, bu
kishining tevarak-atrofdagi olamni bilish ehtiyoji tariqasida namoyon bo‘ladi.
STENIK (KUCHLI) HISLAR (EMOTSIYALAR) - shaxsning faolligini
oshiruvchi kechinmalar.
EHTIROS - kishida irodaviy yo‘nalishlar bilan xarakterlanadigan
emotsiyalarning namoyon bo‘lishi.
STRESS (TANGLIK HOLATI) - kuchli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida yuzaga
keladigan jiddiylik holati.
KAYFIYAT - bironta emotsiyaning barqaror kechinishi.
HISSIYOT - kishining o‘z yuksak ehtiyojlarini qondirish yoki qondirmas-
lik natijasida uning tevarak-atrofdagi olamga bo‘lgan munosabatlarining ongda
aks ettirilishidan iborat jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |