Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

TOPSHIRIQLAR 
TEMPERAMENT VA XARAKTERga oid atamalarning ma’nosini to‘g‘ri 
topib belgilang.
№ 
Atamalar 
Maqbul variant 

TEMPERAMENT 

XARAKTER 

ABULIYA 

INTROVERTLIK 

EKSTROVERTLIK 

SENZITIVLIK 
I. 
eng oddiy, oson masalalar bo‘yicha ham 
malum qarorga kelish qobiliyati yo‘qligida namoyon bo‘ladigan 
o‘ta irodasizlikdir 
II. 
shaxsning tipini aniqlash uchun G.Ayzenk 
tomonidan kiritilgan bo‘lib, introvertlik kishida dilkashlikning 
yo‘qligida, o‘zi bilan o‘zigina bo‘lib qolishligida, boshqa 
kishilarga mutlaqo qiziqmasligida va o‘zi ustida chuqurroq
o‘ylab ko‘rishga moyilliklik yo‘qligida namoyon bo‘ladi 
III. 
turli ta’sirlarga nisbatan hissiyotning tez va 
kuchli qo‘zg‘alishi bilan xarakterlanadigan tip 
IV. 
shaxsning yakka psixologik xususiyatlari 
majmui bo‘lib, bu kishi faoliyati va xulq-atvorining dinamik 
hamda emotsional tomonlari bilan xarakterlanadi 
V. 
kishidagi barqaror psixik xususiyatlarning 
individual birligi bo‘lib, bu shaxsning mehnatga, narsa va 
hodisalarga, boshqa kishilarga, atrofdagi muhitga va o‘z-o‘ziga 
bo‘lgan munosabatlarida ifodalanadigan uning muayyan 
sharoitlardagi xatti-harakatlarini belgilab beradigan barqaror, 
yakka psixik xususiyatlari yig‘indisidir 


435 
VI. 
ayrim kishilarning xarakterini belgilab be- 
ruvchi xususiyat bo‘lib, bu kishining nihoyatda xushchaqchaqligi, 
ochiq ko‘ngilligi va boshqa kishilarga zavq bilan qarashlarida, 
ularga qiziqishlarida namoyon bo‘ladi 
Qobiliyat insonning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, 
ko‘nikma, malakalarini egallash shu xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, bu 
xususiyatlarning o‘zi bu bilim va ko‘nikmalarga taalluqli bo‘lmaydi. Malaka, 
ko‘nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat 
tarzida namoyon bo‘ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo‘lib, biror bir 
ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. 
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham faqat 
ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyatlardagina 
namoyon bo‘ladi.
Qobiliyatlarning sifat jihatdan tavsifi odam mehnat faoliyatining qaysi 
sohasida (pedagog, sport, savdo va boshqalar) yengillik bilan «o‘zini topa oladi» 
va qanday qilib katta yutuq va natijalarga erisha oladi degan savolga javob 
berish imkoniyatini beradi. Qobiliyatlarni miqdor tavsifi va ularni o‘lchash 
muammosi bilan ko‘proq chet el psixologlari (Kettell, Termen, Spirmen) va 
boshqalar shug‘ullanganlar.
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi. 
1. Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo‘lib, idrok 
qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. 
Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil 
bo‘lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan 
hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2. Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, 
ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z 
navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‘linadi.
3. Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini 
ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‘l 
harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar 
alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling