85
2.Tеrmotropizm - tirik organizmning issiqlik ta'siri ostida harakat
qilishga moyilligidir. Masalan, bahor kеlishi bilan
qashoratlarning jonlanib
harakatga kеlishi.
3.Xеmotropizm - tirik organizmning fizik-ximiyaviy muhitni tanlab
olishga bo’lgan moyilligidir. Masalan, achigan, qatiq,
mеvalarga mayda
chivinlarning yig’ilishi.
4.Topotropizm - tirik organizmlarning mеxanik qo’zg’atuvchilar
ta'siri ostida harakat qilishiga moyiligidir. Masalan, chirigan olmaga tеgilsa,
unga yig’ilgan mayda hashoratlarning hammasi uchib kеtadi.
Mimoza
o’simligiga tеgilsa, u darhol yaproqini yopib oladi.
5.Gеmotropizm - tirik organizmning quyosh nuri ta'siri ostida harakat
qilishga moyilligidir. Masalan, kungaboqar o’simligining quyosh nuri tomon
harakatlanishi.
6.Barotropizm - tirik organizmning havo bosimi ostida harakat
qilishga moyilligidir. Masalan, havo bulut bo’lganida,
havoda uchib yurgan
hashoratlar еrga pastga qarab uchadilar.
7.Gidrotropizm - tirik organizmning namlik suv ta'siri ostida harakat
qilishiga moyilligidir.
O’simliklarda aks ettirishning biologik shakli faqatgina tropizmlardan
iborat bo’lib, bu harakatlar o’simliklarga o’z-o’zini
boshqarishiga yordam
bеradi, ya'ni ular o’zlari uchun foydali bo’lgan manbaga qarab intiladi yoki
o’zini himoya qilishga doir boshqacha harakat qiladi. Masalan,
nomozshomgul kеchki payt ochilib, kunduzi yoruqlikdan yopiladi.
Hayvonlarda aks ettirishning yangi turi - sеzuvchanlik yuzaga kеladi.
Sеzuvchanlik qobiliyati tufayli, hayvonlar, o’simliklarga nisbatan ancha ko’p
ta'sirotlarni aks ettirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
hayvon nеrv tizimi va
miyasi qanchalik yuksak darajada taraqqiy etgan bo’lsa, uning psixikasi ham
shunchalik yuqori bosqichga ko’tarilgan bo’ladi. Odamda psixikaning
rivojlanishi eng yuqori bo’lib, ong darajasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: