Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
1. Diqqatning mohiyati 
b) baliqlarda; 
v) sudralib yuruvchilarda; 
g) sut emizuvchilarda. 
10. Insonning oliy psixik vazifalariga ... kiradi: 
a) mantiqiy xotira; 
b) so‘zlashuv-mantiqiy tafakkur; 
v) tasavvur etish; 
5. MAVZU: DIQQAT 
 
REJA: 
1. Diqqatning mohiyati. 
2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari. 
3. Diqqatning vazifalari va turlari. 
4. Diqqatning xossalari. 
5. Diqqatning rivojlanishi. 

TAYANCH TUSHUNCHALAR: 
Diqqat – psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi va 
jamlanganligi. 
Yo‘nalganlik - psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob’ektni 
ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash. 
Ixtiyorsiz diqqat - to‘satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning 
hohishimizdan tashqari hosil bo‘ladigan diqqat. 
Ixtiyoriy diqqat - oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va 
ongli ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va hodisalarga qaratishimiz.
 
 Diqqat psixologik noyob hodisa 
bo‘lib, hozirgacha ruhshunoslar u haqda 
yagona fikrga ega emaslar. Ba’zi bir 
mualliflarning fikriga ko‘ra, diqqat istalgan psixik jarayonda u yoki bu 
darajada ishtirok etganligi sababli, mustaqil hodisa sifatida o‘rganilishi 
mumkin emas. Boshqalar esa diqqatning psixik jarayon sifatida mustaqilligini 
yoqlaydilar.


98 
Bundan tashqari, diqqatning psixik hodisalarning qaysi sinfiga 
tegishliligi haqida ham turli fikrlar mavjud. Ba’zilarning ta’kidlashiga ko‘ra, 
diqqat – bu psixik bilish jarayoni. Boshqalar diqqat har bir faoliyatning zarur 
sharti ekanligiga, diqqatning o‘zi esa ma’lum iroda kuchlarining 
ifodalanishini talab etishiga asoslangan holda, diqqatni iroda va insonning 
faoliyati bilan bog‘laydilar.[1] 
Diqqat hodisasini tushuntirishning murakkabligi, uning «toza» 
ko‘rinishda uchramasligidan iborat. Diqqat o‘zining bilish mazmuniga ega 
emas, u faqat boshqa bilish jarayonlari faoliyatiga xizmat ko‘rsatadi. SHuning 
uchun diqqatni bilish jarayonlarining o‘sish xususiyatlarini xarakterlovchi 
holat, psixofiziologik jarayon sifatida o‘rganish zarur. Diqqat o‘zi nima? 
Diqqat – bu psixik faoliyatning biror-bir ma’lum narsaga yo‘nalganligi 
va jamlanganligi. Bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy 
ta’rifi. Insonga nisbatan diqqatni ma’lum ob’ektlarga inson diqqatining, bir 
vaqtning o‘zida boshqa ob’ektlardan chalg‘igan holda, yo‘nalganligi va 
jamlanganligi sifatida o‘rganish mumkin. Bu ta’rifdan diqqatning ahamiyatga 
molik belgilari uning yo‘nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib 
chiqadi. 
Psixik faoliyatning yo‘nalganligi ostida uning tanlash xususiyati, ya’ni, 
sub’ekt uchun ahamiyatli bo‘lgan aniq jismlar, hodisalarni atrof-muhitdan 
ajratib olish yotadi. Yo‘nalganlik tushunchasiga, shuningdek, ma’lum vaqt 
oralig‘ida psixik faoliyatni saqlab qolish ham kiritiladi.[1] 
Diqqatning boshqa xususiyati uning faoliyatga u yoki bu darajada 
chuqurlashganligini tushuntirib beruvchi jamlanganligidir. Vazifa qanchalik 
murakkab bo‘lsa, diqqatning jadalligi va zo‘riqishi shunchalik kuchli bo‘lishi 
kerak, ya’ni, bunda faoliyatga chuqur kirib borish talab etiladi. Ikkinchi 
tomondan, jamlanganlik boshqa yot narsalardan chalg‘ish bilan bog‘liq. Aks 
holda, yot narsalardan chalg‘iy olmay qolsangiz, vazifani bajarishingiz 
qiyinlashadi. 
Yo‘nalganlik va jamlanganlik bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq. 
Diqqatingizni biror-bir narsaga yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, bir vaqtning o‘zida 
diqqatingizni unda jamlagan bo‘lasiz. Va aksincha, biror-bir narsada 
jamlansangiz, o‘z ruhiy faoliyatingizni unga yo‘naltirgan bo‘lasiz. Diqqatning 
yo‘nalganligi bir mashg‘ulotdan ikkinchisiga o‘tish bilan, jamlash esa – 
mashg‘ulotda chuqurlashish bilan bog‘liq. 
Diqqatning inson psixik faoliyatida tutgan o‘rnini tushunish uchun 
o‘zingizni biror-bir jismlar guruhiga qarayotgandek tasavvur qiling. Ko‘rish 
maydoningizning markazida joylashgan ba’zi bir jismlar aniqroq, ko‘rish 
maydoningizning chetida turganlari esa aksincha idrok etiladi. SHunga 


99 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling