Abdulla qodiriy nomidagi jizzax
Download 4.09 Mb. Pdf ko'rish
|
2020 УМУМИЙ МАЖМУА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ongning birinchi xossasi
- Ongning ikkinchi xossasiga
- Ongning uchinchi xossasiga
- Ongning to’rtinchi xossasiga
Ong haqida tushuncha
Ong-psixikaning eng yuksak darajasi bo’lib u faqat insongagina xosdir. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo’lish natijasidir. Bu ma'noda ong mutafakkirlar ta'kidlab o’tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir. Ongning birinchi xossasi - bu anglash demakdir. Inson ongi tevarak atrofdagi tashqi olamga doir bilimlar yig’indisidan iboratdir. Anglash tashqi 94 olamdagi narsalarni tushunish bo’lib, uning tarkibiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ongning ikkinchi xossasiga binoan, ongda ob'ekt bilan sub'ekt o’rtasidagi aniq farq o’z ifodasini topadi, ya'ni odam "men" degan tushunchani "men emas" tushunchasidan farqini ajratadi. Odam o’zini bilish qobiliyatiga ega bo’lgan, ya'ni psixik faoliyatda o’z-o’zini tekshira oladigan yagona mavjudotdir. Ongning uchinchi xossasiga asosan ong yordami bilan odamning maqsadni ko’zlash faoliyati ta'minlanadi. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning vazifasiga kiradi. Bunday faoliyat motivlari yuzaga keladi va cha- malab ko’riladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni bajarish yo’llari hisobga olinadi. Ongning to’rtinchi xossasiga asosan turli munosabatlardan ongli rav- ishda turli his-tuyg’ular yuzaga keladi. Ong kishilar munosabatlarining yig’indisidir. Ong yuzaga kelishining asosiy sharti, vositasi tildir. Psixikaning eng quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, an- glamaydi. Bunga tush ko’rish, ba'zi patologik hodisalar, alaxlash, gallyusi- nasiya kabilar kiradi. Xulosa qilib aytganda, psixologiya hayot faoli- yatining o’ziga xos shakli bo’lib, psixik rivojlanishning qonuniyat va mex- anizmlarini o’rganuvchi fandir. Psixologiya fanining asosiy vazifasi psixik hodisalarni o’rganish va ilmiy asoslashdir. Psixik hodisalar ma'lum qonuni- yatlarga bo’ysunadi. Psixologiya shunday qonuniyatlarni mohiyatini ochishga, ularni tarkib topishi va rivojlanishini o’rganishga qaratilgandir. Ushbu qonuniyatlarni bilish, ularni boshqarish, tashkil etish, ta'lim-tarbiya ja- rayonini to’g’ri olib borishga yordam beradi. Odam ongining ayrim tomonlari va fuksiyalari tarixdan taraqqiy qilib kelgan. Kishilarda faqat ularning o’ziga xos bo’lgan, ehtiyojlar vujudga keldi va taraqqiy etdi. Ehtiyoj odamning kun kechirishi, yashashi va kamolga yetishi uchun zarur narsalarning hammasi demakdir. Odam yashash, hayot kechirish uchun o’z ehtiyojlarini qondirishi lozim. Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologic, tug’ma ehtiyojlar bo’ladi, ovqatlanish, o’z – o’zini himoya qilish, naslqoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda bu biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar – bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug’matug’ma ehtiyojlar emas, ular tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot bo’lgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatdan tubdan o’zgargan. Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllarining taraqqiyotiga qarab o’zgaradi. Tarixda odam miyasi taraqqiy etishi bilan birga sezgi ko’ruv, eshituv, tuyg’u organlari, ayniqsa, yuksak kamolotga erishdi. Odam musiqani, nafis suratlarni 95 va boshqa san’at asarlarini idrok etishga qodir bo’ldi. Qo’l asosiy mehnat organi bo’lish bilan birga asosiy tuyg’u organi ham bo’lib qoldi. Odamning tarixiy taraqqiyotida uning idroki va xotira faoliyati ham takomillashib va sifat jihatidan o’zgarib turdi. Tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni anglab – bilib, shu bilan birga kengroq va chuqurroq idrok etadigan bo’ldi, o’z faoliyatidagi tajriba mahsulini anglab – bilib esda qoldiradigan va undan anglab – bilib foydalanish qobiliyatiga ega bo’ldi. Shubha yo’qki, odam psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan xayvonniig psixikasi o’rtasida juda katta tafovut mavjuddir. Masalan, hayvonlarning «tili» bilan odamntsig tilini bir-biriga taqqoslab bo’lmaydi. Hayvon o’z qabiladoshlariga muayyan, bеvosita vaziyat bilan chеklangan hodisalar xaqida faqat xabar bеrishigina mumkin bo’lgai bir paytda kishi til vositasida boshqa odamlarga o’tmish, hozirgi payt va kеlajak xaqida axborot bеrishi, ularga sotsial tajribani еtkazishi mumkin. Insoniyat tarixida til tufayli aks ettirish imkoniyatlarining qayta qurilishi yuz bеrdi: borliq kishi miyasida yanada ravshan aks etadi. Alohida xar bir kishi til tufayli jamiyatning ko’p asrlik tajribasida orttirilgan tajribadan foydalanadi, u o’zi shaxsan hеch qachon uchratmagan hodisalar haqidagi bilimlarga ega bo’lishi mumkin. Bundan tashqarp, til kishiga ko’pla6 hissiy taassurotlarning mazmuni to’g’risida o’ziga xisob bеrish imkoniyatiny yaratdi. Hayvonlarning «tili» bilan odamning tili o’rtasidagp tafovut tafakkurdagi tafovutni xam bеlgilaydi. Bu shu narsa bilan izohlanadiki, alohida xar bir psixik funktsiya boshqa funktsiyalarning o’zaro ta’sirida rivojlanadi. Tadqiqotchilar o’tkazgan ko’plab ekspеrimеntlar yuksak taraqqiy etgan hayvonlarga faqat amaliy tafakkur (Pavlovning iborasi bilan aytganda, «qo’l» tafakkuri) xosligini,Ongning va voqеlikni aks ettirishning ongga xos shakllanishi rivojlanishi bilan birgalikda shaxs sifatida odamning o’zi ham o’zgarmoqda. Download 4.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling