Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
4. Diqqatning xossalari
Ijtimoiy belgilangan diqqat hayot davomida ta’lim va tarbiya natijasida 
shakllanadi, hulq-atvorning iroda tomonidan boshqarilishi, ob’ektlarga tanlab 
ongli ravishda javob qaytarish bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Bevosita diqqat odamning ehtiyojlari va dolzarb qiziqishlariga mos 
keladigan va o‘zi yo‘naltirilgan ob’ektdan tashqari, hech bir narsa tomonidan 
boshqarilmaydi. 
Bilvosita diqqat maxsus vositalar, masalan, imo-ishoralar, so‘zlar, 
ko‘rsatkich belgilar, jismlar yordamida boshqariladi. 
Hissiy diqqat afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘u organlarining 
tanlab ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq. 
Intellektual diqqat fikrning yo‘nalganligi va jamlanganligi bilan bog‘liq. 
Hissiy diqqatda ong markazida biror-bir hissiy taassurot joylashgan 
bo‘ladi, intellektual diqqatda esa qiziqish ob’ekti bo‘lib g‘oya xizmat qi-
ladi.[2] 
Diqqat, uni mustaqil psixik hodisa 
sifatida xarakterlovchi qator xossalarga 
ega. 
Diqqatning 
asosiy 
xossalariga 
barqarorlik, jamlash, taqsimlash, bo‘linish, chalg‘ish va diqqat hajmi kiradi. 
Diqqatning barqarorligi ma’lum vaqt davomida bir xil ob’ektda fikrni 
jamlay olishlik qobiliyatidan iborat. Tajriba tadqiqotlari diqqatning ixtiyorsiz 
davriy tebranishlarga moyilligini ko‘rsatdi. Bunday tebranishlarning davrlari 
N.N. Lange bo‘yicha, odatda, 2-3 soniyaga, ortig‘i bilan esa 12 soniyaga 
teng bo‘ladi. Masalan, agar soatning chiqillashiga quloq tutib, unda fikrni 
jamlaydigan bo‘lsak, u holda u bir eshitiladi, bir eshitilmay qoladi. Diqqat 
tebranishi qonunga asoslangan bo‘lib, fluktuatsiya deb ataladi. Masalan, 
diqqat fluktuatsiyasini oddiy tajribada namoyish qilish mumkin: kesik 
piramida beriladi: agar unga ma’lum vaqt davomida tikilib turilsa, u ketma-
ket, yo qavariq, yo botiq bo‘lib ko‘rinadi (8.1 rasm). 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling