Abdulla qodiriy nomidagi jizzax


Download 4.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/286
Sana17.10.2023
Hajmi4.09 Mb.
#1706976
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   286
Bog'liq
2020 УМУМИЙ МАЖМУА

 
Rasm. 8.1. 
Hozirda diqqat barqarorligining ahamiyatli sharti bo‘lib, u jamlangan 
jismning yangi tomonlari va aloqalarini ochib berish imkoniyati xizmat qilishi 


106 
isbotlandi. Diqqat barqarorligini o‘lchash uchun alohida harflarning tartibsiz 
ketma-ketligidan 
iborat 
Burdon 
jadvalidan 
foydalaniladi, 
bunda 
qaytariladigan harflar soni har bir satrda bir xilda bo‘ladi. 
Diqqatni jamlash ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki 
darajasi tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko‘ra, diqqatni jamlash bosh 
miya po‘stlog‘idagi kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘i faoliyatining xususiyati bilan 
bog‘liq. 
Diqqatni taqsimlash ostida odamning bir vaqtning o‘zida bir necha 
faoliyatlarni bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko‘ra, odam 
ongli psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o‘zida bir 
nechtasini bajarish sub’ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat 
turidan ikkinchisiga o‘tish oqibatida yuzaga keladi.[2] 
Diqqatni taqsimlash darajasi bir qator sharoitlarga: mujassamlashtirilgan 
faoliyat turlari xususiyatiga (ular bir jinsli va turli xil bo‘lishi mumkin), 
murakkabligiga (ruhiy zo‘riqishni talab etuvchi darajaga), ma’lumligi va 
odatiyligi darajasiga (faoliyatning asosiy usullarini egallab olish darajasiga) 
bog‘liqdir. 
Diqqat taqsimlanishini o‘rganish maqsadida SHulte (qizil-qora rangli 
jadvallar) jadvallari qo‘llaniladi. 
Diqqatning bo‘linishi  – bu diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ongli va 
anglangan holda o‘tkazish. Bo‘linish bilan ikki turli yo‘nalishga ega bo‘lgan 
jarayonlar bog‘liqdir, bular: diqqatni ishga tushirish va uzib qo‘yish. Bo‘linish 
ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, u holda uning tezligi – bu sub’ektning o‘zining 
idrok qilishi ustidan irodali nazorati darajasining ko‘rsatkichi, va diqqatning 
bo‘linishi bilan bog‘liq ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin, bu yo ruhiyatning 
beqarorligi darajasining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi, yo kutilmagan 
kuchli seskantiruvchilarning paydo bo‘lishidan dalolat beradi. 
Bo‘linishning samaradorligi avvalgi va keyingi faoliyatni bajarish 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi (bo‘linish ko‘rsatkichlari engil faoliyatdan 
og‘ir faoliyatga o‘tishda ancha kamayadi, aksincha bo‘lganida esa, oshib 
ketadi). Bo‘linish natijasi insonning avvalgi faoliyatga bo‘lgan munosabati 
bilan bog‘liq: avvalgi faoliyat qanchalik qiziqarli va keyingisi unchalik 
qiziqish uyg‘otmagan bo‘lsa, diqqatning bo‘linishi shunchalik qiyinroq 
kechadi. 
Bo‘linishda asab tizimining xususiyatlari, xususan, asab 
jarayonlarining qo‘zg‘aluvchanligi tomonidan belgilangan individual 
tafovutlar mavjud.[2] 

Download 4.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling