Abdulla Qodiriy nomidagi nomidagi Jizzax davlat pedagogika inistituti


Download 164.94 Kb.
bet14/20
Sana17.06.2023
Hajmi164.94 Kb.
#1551786
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Joʻrayeva Feruza (2)

Miloddan avvalgi 426-yili Lesbos orolidagi Mitilena shahrida Afinaga qarshi qo`zg`olon ko`tarilgan. Qo`zg`olonchilaiga Sparta katta yordam bergan.
Afinaliklar Mitilenadagi qo`zg`olonni shafqatsizlik bilan bostirganlar. Afina Lesbosga Spartadan keladigan harbiy kemalarni yo`lini to`sish uchun Peloponnes sohillariga 100 triyerdan iborat harbiy kuch yuborgan.
3. G`arb va Xalqidikadagi janglar. Miloddan avvalgi 430–426-yillarda Afina qo`shinlari Peloponnesning g`arbiy sohillarida g`olibona urushlar olib borib, Kefalleniya va Zakinf orollarini, Navpakt va Solliy shaharlarini bosib olganlar. Afinaliklar floti Messeniya sohillarida spartaliklarga zarba berib, miloddan avvalgi 424-yili janubdagi Kifera Sfakteriya orolini ham bosib olganlar. Sparta esa qiyin ahvolga tushib qolib, Afina rahbarlari Demosfen va Kleonlardan sulh tuzishni so`raganlar. Ammo Afina rahbarlari Spartaga qabul qilib bo`lmaydigan shartlarni qo`yganlar. Natijada urush yana davom etgan.
Ammo Afina qo`shinlari miloddan avvalgi 425–424-yillarda Korinf va Delinda bo`lgan janglarda yengilganlar. Miloddan avvalgi 427–424-yillarda afinaliklar Sitsiliyaga bir necha bor muvaffaqiyatli yurish qilganlar. Ammo sitsiliyaliklar afinaliklarga bu yerdan ketishni taklif etganlar. Afina qo`mondonligi o`z imkoniyatlarini hisobga olib Sitsiliyadan ketishga majbur bo`lganlar. Brasid rahbarligidagi spartaliklar qo`shini Egey dengizi shimolida joylashgan Xalkidika yarimorolidagi bir qancha shaharlarni bosib olgan. Ular oroldagi Amfiopol shahrini qamal qilganlar. Bu afinaliklarni tashvishga solib qo`ygan. Kleon boshliq afina qo`shinlari u yerga yetib borgan. Amfiopol yaqinida qattiq jang bo`lib, jangda Brasid ham, Kleon ham halok bo`lishgan. Miloddan avvalgi 422-yili Amfiopol afinaliklar qo`lidan ketgan. Afinaliklar sulh so`raganlar. Nikiy Afina davlatining boshlig`i bo`lgach, sulh muzokaralari boshlangan. Sulhning tashabbuskori Nikiy bo`lgani uchun Nikiy sulhi deyilgan. Miloddan avvalgi 421-yili Afina bilan Sparta o`rtasida 50 yilga mo`ljallangan sulh shartnomasi tuzilgan. Ammo sulh sharti bajarilmagan. Nikiy sulhi bilan Peloponnes urushining birinchi bosqichi tugagan.

Download 164.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling