Abdulla Qodiriy nomidagi nomidagi Jizzax davlat pedagogika inistituti


Download 164.94 Kb.
bet17/20
Sana17.06.2023
Hajmi164.94 Kb.
#1551786
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Joʻrayeva Feruza (2)

Miloddan avvalgi 338-yili makedon qo`shinlari Beotiyaga bostirib kirib, Xeroniya shahri yaqinida yunon ittifoqi qo`shini bilan Makedoniya askarlari o`rtasida shiddatli jang bo`lib o`tadi. Jangning dastlabki davrida ittifoqchilar qo`shini makedon qo`shinlarini orqaga chekinishga majbur qiladilar. Filipp II ning 18 yoshli o`g`li Iskandar askarlarining jangga kirishi urush oqibatini makedoniyaliklar foydasiga hal qiladi. Shu jangdan keyin butun Yunoniston Makedoniyaga itoat etishga majbur bo`ladi.
O`sha zamondagi bir kishi: «Xeroniya yonida halok bo`lganlarning jasadlari bilan birga yunonlarning ozodligi ham ko`milgan», – deb achinib yozgan ekan.
3. Korinf kongressi. Xeroniya g`alabasidan so`ng Filipp II butun yunon shahar-davlatlarini erkin deb e`lon qiladi. Miloddan avvalgi 337-yili Korinfda yunon shahar-davlatlarining kongressi chaqiriladi. Unda Spartadan boshqa barcha yunon shahar-davlatlari qatnashadilar. Kongressda yunon davlatlarining tinch-totuv yashashi, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik va o`zaro urushlar olib bormaslik to`g`risida bir qarorga keladilar. Kongressda barcha yunon davlatlari Eronga qarshi birgalikda kurash olib borish rejasi tuziladi. Filip II Makedoniyavayunon daviatiari birlashgan qo`shinlarining bosh qo`mondoni etib tayiniaimui.Filipp II Korinfdan qaytgach, sarkarda Attal boshliq 10 ming kishilik qo`shinni Kichik Osiyoga yuboradi. Urushdan maqsad Kichik Osiyodagi yunonlarni eroniylar zulmidan ozod etish, Yunon-Eron urushi davrida jabrlangan kishilarining o`chini olish va shoh Kserks olib ketgan yunon ma`budalarining haykallarini qaytarib olib kelish edi.Urushgaqizg`in tayyorgarlik ketayotgan bir vaqtda Filipp II o`z qizining nikoh to`yi vaqtida, miloddan avvalgi 336-yili fitnachilar tomonidan o`ldiriladi. Bu esa urushni ikki yilga kechiktirib yuboradi.
4. Iskandarning taxtga chiqishi, dastlabki istilolari va g`alabalari. Filipp II o`ldirilgach, Makedoniya taxtiga uning 20 yoshli o`g`li Iskandar o`tiradi. Sharqda Iskandar Zulqarnayn – shohlik Iskandar nomi bilan mashhur bo`lgan bu shaxs miloddan avvalgi 356-yilda tug`ilib, yunon faylasufi Aristotel qo`lida tarbiyalanadi. Miloddan avvalgi 336-yili Makedoniya taxtiga o`tirib, miloddan avvalgi 336–334-yillarda Makedoniyaga tutash bo`lgan davlatlarni, shuningdek Yunonistonni o`ziga itoat ettiradi. Miloddan avvalgi 334–325-yillarda Sharqqa yurish qilib ko`p mamlakatlarni bosib oladi. Miloddan avvalgi 323-yili Bobilda vafot etadi. Filipp II dan keyin Fiva, Illiriya va Frakiya, shuningdek ko`pgina yunon shahar-davlatlari Makedoniya tarkibidan chiqib keta boshlaydilar. Bunga javoban Iskandar miloddan avvalgi 335-yili Illiriya va Frakiya ustiga qo`shin tortib, ularni o`ziga itoat ettiradi. Iskandar Makedoniyaga qarshi qo`zg`olon ko`targan Fiva ustiga yurib, shaharni vayron qiladi, boshqalarga namuna bo`lsin deb uning aholisini qul qilib sottirib yuboradi. Fivadagi dahshatli urush boshqa yunon davlatlarini cho`chitib qo`yadi. Iskandar afinalik ustozi Aristotel hurmati uchun Afina ustiga jangovar qo`shin tortmaydi. Afinaliklar uni itoatgo`ylik bilan kutib oladilar. Yunoniston qaytadan Makedoniyaga itoat ettiriladi.
Iskandar Yunonistonni o`ziga itoat ettirgach, miloddan avvalgi 334-yilda 30 ming piyoda, 5 ming otliq va 165 harbiy kemadan iborat qo`shin bilan Gellespond bo`g`ozidan suzib Kichik Osiyo sohillariga o`tadi. Bu yerdagi Granik daryosi bo`yida makedon qo`shinlari bilan eron qo`shinlari o`rtasida dahshatli jang boshlanadi.
Granikdagi g`alabasidan so`ng Iskandar qo`shinlari Kichik Osiyo sohili bo`ylab janub tomon yuradilar. Sohildagi ko`p shahar va qishloqlar, shuningdek Milet ham bosib olinadi.

Download 164.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling