Abdulla Qodiriy nomidagi nomidagi Jizzax davlat pedagogika inistituti
Doriylar istilosi va Sparta davlatining tashkil topishi. Miloddan avvalgi XIII asr oxiri – XII asr boshlarida
Download 164.94 Kb.
|
Joʻrayeva Feruza (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sparta
- 3. Ilotlar qo`zg`oloni.
2. Doriylar istilosi va Sparta davlatining tashkil topishi. Miloddan avvalgi XIII asr oxiri – XII asr boshlarida yunon qabilalari boshiga tushgan og`ir kulfat Peloponnesni chetlab o`tmadi. Doriy qabilalari Peloponnesga bostirib kirib, qonli janglardan so`ng Lakonikani bosib oladilar. Istilochilar Lakonikani bosib olganlaridan so`ng, doriylar Lakonikadan oqib o`tuvchi Yevfrot daryosining o`ng sohilida bir shahar barpo qilib, uni Sparta, o`zlarini esa spartaliklar deb ataydilar. Istilochilar Lakonikadan so`ng Messeniyani ham bosib oladilar.
Spartalik doriylar itoat ettirilgan aholining bir qismini ilotlarga – qulga aylantiradilar. Ilot so`zining asl ma`nosi «asir olinganlar» demakdir. Istilochi quldorlar – hukmdorlar tabaqasini tashkil etganlar. Doriylar Lakonika va Messeniyadagi unumdor yerlarni o`zaro bo`lishib olib, unda ilot-qullarni ishlatganlar. O`sha zaraonda yashagan bir kishining so`zlariga qaraganda «... ilotlar o`zlari og`ir ahvolda yashashlariga qaramay; yerdan olinadigan noz-ne`matlarning yarmini spartalik xo`jayinlarga eltib berishar edi». Spartalik zo`ravonlar ilotlarga ko`p jabr-zulm o`tkazganlar. Ular ilotlarni qo`rquvda saqlash uchun ilotlar orasidagi jasur va fidokor kishilarni tez-tez o`ldirib turganlar. Shuning uchun ilotlar doriylarga nafrat bilan qarab, ko`p marta qo`zg`olonlar ko`targanlar. 3. Ilotlar qo`zg`oloni. Spartalik doriylarning ilotlar va ozod kishilarga o`tkazgan jabr-zulmlari ularning sabr kosasini to`ldirib yuborgan. Miloddan avvalgi VII asrda Messeniyada juda katta qo`zg`olon ko`tarilgan. Qo`zg`olonchilar spartaliklarga qarshi uzoq yillar davomida qahramonona jang olib borganlar. Tengsiz jangda mahalliy aholi mag`lubiyatga uchrab, qo`zg`olonchilarning bir qismi chiqish qiyin bo`lgan tog`lar orasiga yashiringanlar. Sparta qo`shinlari qo`zg`olonchilar yashiringan joyga chiqib borganlar. Gulduros momoqaldiroq, sel yomg`iri va chaqmoq yog`dusida ikki o`rtada ayovsiz jang boshlanib ketgan. Qadimgi zamonda o`tgan bir yozuvchi messeniyaliklarning spartaliklar bilan qilgan janglari to`g`risida shunday hikoya qiladi: «Ayollar ham qo`lga tosh olib, dushman ustiga tashlanishdi. Ular qo`lga qurol olar ekanlar, bu bilan erkaklarda ko `proq jasurlik olovini yoqdilar. Erkaklar o`shanda ayollarning dushmanga qul bo`lganlaridan ko`ra erkaklar bilan birgalikda o`lishni afzal bilishlarini ko`rdilar». Tog` tepasidagi bu ayovsiz jang uch kecha-yu uch kunduz davom etgan. Jangda har ikki tomondan juda ko`p odam halok bo`lgan. Spartaliklar sardori og`ir ahvolga tushib qolgan. Ular qo`zg`olonchilarga qarata: «Agar siz Messeniyani abadiy tashlab ketsangiz ozodlik beramiz», – deb va`da berganlar. Messeniyaliklarning bir qismi qul bo`lishni xohlamay, o`z vatanlarini tashlab ketganlar. Ularning bir qismi Messeniyada qolib spartaliklarga qaram bo`lib qolganlar. Shu tariqa Messeniya ham spartaliklar tomonidan istilo qilingan. Download 164.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling