Abdulla qodiriy nomidagi
I-BOB 1.1 “Farhod va Shirin” dostonining yaratilishi haqida
Download 51.51 Kb.
|
ABDUALIYEVA GULYUZ XUSAN-QIZI
I-BOB
1.1 “Farhod va Shirin” dostonining yaratilishi haqida. Navoiyning „Farhod va Shirin“ dostoni u yaratgan „Xamsa“ning ikkinchi dostoni boʻlib, unda Farhod oddiy tosh yoʻnar oshiq emas, balki xoqonning oʻgʻli, aniqrogʻi, Xoʻtan mamlakati podshosining qarilikda koʻrgan yakkayu yagona farzandi boʻlib, yoshligidan fanning barcha sohalariga qiziqqan, harbiy bilimlarni, ayniqsa, toshyoʻnarlik, kasbini egallashga uringan. U Shirinni otasi xazinasidagi sehrli oynada koʻrib, darhol sevib qoladi. Unga erishish uchun turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. U Arman elida Shirin uchun qazilayotgan ariqni bitkazish ishlarida oʻzining nimalarga qodir ekanini koʻrsatadi. Ammo bosqinchi Eron hukmdori Xusrav bilan kurashda xiyla bilan qoʻlga olinib, qahramonlarcha xalok boʻladi. Uning sevgilisi Shirin esa uning jasadi ustida jon beradi. XV asrdan keyin turkiy xalqlar adabiyotida Farhod va Shirin nomlari bilan bogʻlangan dostonchilikka Navoiyning shu nomdagi asari oʻzining katta taʼsirini koʻrsatdi. Uygur shoiri Xirqatiyning (XVII-asr) "Muxabbatnoma va mehnatkom" hamda Abduraim Nizoriyning „Farhod va Shirin“ dostoni Farhod haqidagi xalq afsona va rivoyatlari bilan bir qatorda Navoiy dostonidan ruxlanib yaratilgan. XIX-asrda yashab ijod qilgan oʻzbek shoiri Mahzunning „Farhod va Shirin“ dostonida ham Farhod bilan bogʻlik. Navoiy asarlaridagi asosiy syujet chizigʻi saqlangan. Bu dostonida Mahzun Navoiy gʻazallaridan ham foydalangan. Mashhur oʻzbek xalq baxshisi Fozil Yoʻldosh oʻgʻli repertuarida „Farhod va Shirin“ dostoni ham boʻlib, mazmuniga koʻra u koʻp jihatdan Navoiy dostoniga yaqin. 1922-yilda „Farhod va Shirin“ nomi bilan oʻzbek shoiri va dramaturgi Xurshid tomonidan musiqali drama, 1941-yilda mashhur Ozorbayjon shoiri Samad Vurgʻun tomonidan drama yaratildi. Bu asarlarning yuzaga kelishida Navoiy dostoni birinchi manba boʻlishi bilan birga ularda ulugʻ shoir kuylagan insonparvarlik, mehnatsevarlik, zulmni qoralash goyalari, xalqchillik yanada yorqin oʻz aksini topdi. Dostondagi “ Shabistonda tug’di bir yangi oy, Yangi oy yo’qki, mehri olamoroy” misralaridagi “yangi oy” istioraviy ma’nosi Farhodning tug’ilishi ifodalangan. Farhod tug’ilgandayoq “ Yuzinda ishq asorori yozilg’on, ichinda dard ta’vizi qozilg’on” edi. Bu obrazni Navoiy “Dard elining shohi”, “ Dard o’ti ogohi” deb ataydi, “Demonikim, ko’ngli pok-u, ham ko’zi pok, Tili pok-so’zi pok-u o’zi pok” deya tasvirlaydi. Farhod ta’limning dastlanki 3 oyida savod chiqaradi. 1 yilda Qur’oni karimni yod oladi.Uning Shiringa maktubi “Nigoro, mahvasho, iffatpanoho…” misralari bilan boshlanadi. Farhod o’z vasiyatini bodi sabo (tong shamoli)ga aytadi, uning o’limidan so’ng vahshiy hayvonlar uvvos ko’taradilar, alamdan o’zlarini tirnaydilar. Farhod mukammal yaratilgan komil inson obrazidir.Shuningdek, dostondagi hech bir detal e’tiborsiz va o’rinsiz emas. Har bir obraz, ma’lum ma’noda, ijodkorning badiy didi va maqsadini ochib berish uchun xizmat qilgan. Xamsaning deyarli barcha dostonlarida bosh qahramon o’zining piri bilan gavdalanadi. “Farhod va Shirin”da ham Farhodning hunar o’rganishidagi, maqsadiga yetishidagi asosiy ko’makchi vazifasini bajargan murshidlari ham ramziy ma’noga ega bo’lgan, albatta. 1.Boniy. Ko’ngilga ishq binosini qurgan va qurishni o’rgatgan piri komil. 2.Moniy.Alloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini anglatgan ustoz. 3.Qoran. Ko’ngildagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid. 4.Suhaylo hakim. U oynayi Iskandari tilsimini bilish uchun otlangan Farhodga Samandarning yog’ini hadya qilgan. 5.Suqrot Hakim. U Farhodning otasining va atobegi Mulkoroni taqdiri haqida haqida bashorat qilgan 6. Shopur. U Farhod tirikligi haqidagi ma’lumotni xalq to’qigan qo’shiqlardan bilib oladi va uni Mehnbonu va Shiringa yetkazadi. Download 51.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling