Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet109/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 107

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



qoningiz oz, qimiz iching, xo‘rak oldidan maviz isti’mol qiling, deb kengash berdilar. Ularning kengashi bo‘yun-cha uch-to‘rt kun qimiz va maviz iste’mol qilib boqqan edim, voqi’an bir muncha foydasi ham ma’lum bo‘ldi. Sizga buni so‘zlab shuni aytmakchimanki, osh oldidan bir-ikki piyola maviz ichib yuborsam, albatta bunga siz-ning qarshilig‘ingiz bo‘lmas-a? — dedi va kuldi.


— Qanday qarshilig‘im bo‘lsin, siz ma’zursiz.


Uy egasi iljaygan holda hujraga kirib, o‘zining ta’biricha may emas, bir ko‘vacha mavizni olib chiqdi, toqchadan piyola olg‘ach, kelib Otabekning yonig‘a o‘lturdi. Mavizni piyolaga chulduratib quyar ekan, mehmonga yer ostidan mo‘ralab kulimsirab qo‘ydi.

— Sizning ham ichkaningiz bormi?


— Yo‘q.
To‘g‘risi ham Otabek ichkulukdan qattig‘ hazar qilar va bu kungacha mayni o‘ziga dushman kabi ko‘rib kelar edi. Uy egasi quygan piyolasini simirib yuborg‘ach, sezdirmaslik qilib seskanib qo‘ydi va:

— Aniq ichmaganmisiz? — deb yana so‘rag‘an edi, Otabek boshni chayqash bilan kifoyalandi.


— Qattig‘ uzr bo‘lmag‘anda ichmagan ham ma’-qul,— dedi va ikkinchi piyolani to‘ldirar ekan, davom qildi,— lekin bu narsa bir tomondan kishining salomatligiga foyda bersa, ikkinchi jihatdan tiriklikning qayg‘u va alamlarini-da unutdirib turar ekan. Boshimg‘a o‘lguncha unuta olmasliq qayg‘u-hasratlar tushdi, Shokirbek. Ayniqsa keyingi yillarda o‘zimga hech bir qayerdan ovinchoq topolmay, nihoyat shu achchig‘ suv bilan ovinaturg‘an xolg‘a kelib qoldim, — dedi va uzoq tin olib to‘lg‘izg‘an piyolasini oldig‘a qo‘ydi. Ikkisi ham bir necha vaqt sukutda qoldilar. Ul ikkinchi piyolani ichkach, Otabekni diqqat bilan kuzatib chiqdi.


— Agar yanglishmasam, siz ham bir oz qayg‘uliroq ko‘rinasiz mehmon, bir piyolani ichib yubormaysizmi?


— Rahmat, mulla aka, — dedi Otabek, ammo o‘zida ta’rifi so‘zlanib o‘tilgan narsaga bir ehtiyoj seza boshlag‘an va o‘zini ham ma’zurlar qatorig‘a qo‘yayozgan edi. Uning bu holini uy egasi sezdimi yoki sinab ko‘rmakchi bo‘ldimi, haytovur, uchunchi piyolani to‘ldirib Otabekka uzatdi:


— Qo‘limni qaytarmang, mehmon. Ikkimiz ham ma’zur ko‘rinamiz.


Otabek uzrini aytib, piyolani olmay turg‘an edi, ul ham piyolani uzatqancha kulib turaberdi.

— Man mavizni tamom shar’iy qilib tayyorlayman, tunov kun mahallamizning oxunlari ham halollig‘iga fatvo berib ketdilar.


Otabek piyolani olishg‘a majbur bo‘ldi. Uy egasining aytkanidek maviz juda ham tiniq, yaxshi chiqg‘an ko‘kchoy kabi musaffo edi. Piyolaga uzoq qarab turmay ichib ham yubordi. Och qoring‘a tushkan o‘tkir may vijj etdirib me’dani qaynatdi-da, tomoq ostini lovullatmoq-qa oldi. Otabekka birinchi piyolani ichirg‘andan so‘ng, uy egasi oshni suzishka ketdi.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling