Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet180/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 178

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Zaynabning onasi — Mohira oyim, opasi — Xush-ro‘ybibi va yangasi Hanifanisolar ham kelishdilar. O‘zbek oyimning ko‘ngil tortar qo‘shnilaridan Karima otin, Sharofat chevar va Mahinabonular ham yasanib-tusanib chiqdilar. O‘n chog‘liq xotin bo‘lishib sovutmachoq dasturxonga o‘lturishdilar. O‘zbek oyim majliska— marg‘ilonliq qudaning odamgarchilikni bilishidan, Ota-bekni Toshkanddan uylantirishga qarshi lom-mim demay, qaytag‘a o‘zi kuyavi bilan birga kelib, to‘yni o‘tkazib ketkanidan, marg‘ilondag‘i obro‘sidan va davlatidan bahs qilib aytar edi:


— Bechoraning bori-yo‘g‘i peshonasidagi bolasi shu bizning kelinimiz. Otabekni o‘z bolasidan ham yaxshi ko‘rib, «O‘g‘lim bo‘lsa shundog‘ bo‘lar edi-da, mendan keyin hamma davlatim shuniki, ilohi omon bo‘lsin», der ekan.


Mohira oyim allanuchkalangani holatda javob berar edi:
— Ha, aylanay quda, qars ikki qo‘ldan chiqadir, de-ganlar... Buzoq yaxshi bo‘lsa, ikki onani ham emar ekan...

Quyoshning qizdirishidan changi chiqib ketkan havlig‘a suv sepib turgan Oybodoq tashqaridag‘i guldir-guldirni eshitdi va chopib mehmonlar o‘lturg‘an uyning darichasi yonig‘a keldi: «Kelishkanga o‘xshaydirlar», dedi. O‘zbek oyim gapirib turgan so‘zini yarim yo‘lda qoldirib, o‘rnidan turdi va mehmonlar ham unga ergashdilar. Zaynab bo‘zarg‘an holatda uyiga yugurib ketdi. O‘zbek oyim boshliq xotinlar havli yuzasiga tushdilar. Mohira oyim qizi Xushro‘yning qulog‘ig‘a nimadir shivirlab kulib qo‘ydi. O‘zbek oyim o‘rta eshikka borib yetmagan ham edi, narigi yoqdan qo‘shnining bolasi yugirib kirib qoldi.


— So‘yinchi bering, bek buvi, kennoyim keldila!


O‘zbek oyim cho‘nchagiga qo‘lini solib besh-o‘n pul olib berdi. Bola orqasidan Xasanali ko‘rindi:

Qani oyi, ko‘rmanani bering-chi, men sizning qochqoq keliningizni tutib keldim! — dedi va yo‘lakka qarab: — To‘xtang, to‘xtang, ilgari men so‘yinchimni undirib olay.


Yo‘lakdan Oftob oyim ko‘rindi. Paranjisi boshida, chashmandi qo‘lida edi. Hasanali O‘zbek oyim bilan tanishdirdi:


— Bu kishi qudachangiz — Oftob oyim bo‘ladirlar.


O‘zbek oyim Oftob oyim bilan salomlashib quchoq-lasha ketdilar. O‘zbek oyimdan keyin boshqa xotinlar uning bilan ko‘rishib chiqdilar. Hammaning ko‘zi along-jalong‘ keldi. Kumushni axtarishar edilar. Kumush hali ichkariga kirgan emas. O‘zbek oyimning ikki ko‘zi yo‘lakda, Hasanali bir yo‘lakka va bir O‘zbek oyimg‘a qarab nima uchundir ko‘zini qisib qo‘yar edi. Xotinlar bilan ko‘rishib chetda turgan Oftob oyim qudasi yonig‘a keldi: «Uyalib turg‘andir» deb kuldi. O‘zbek oyim kulimsirab yo‘lak tomong‘a:

— Hoy, posha kelin! — dedi, — bizlar kutib qoldiq-a, uyalmang bolam! Hasanalining ko‘rmanasi bo‘lsa tayyor!


Hasanali yo‘lakka qarab imladi. Qip-qizarg‘an holda Kumush ko‘rindi: paranjisi qo‘lida, qora atlas ko‘ynak egnida, zangor latta mursak ustida, oq shohi ro‘ymol boshida edi. Shahlo ko‘zlari kulimsirashka yaqin holda uyatlik edilar.


Hasanali tanitdi:
— Mana bu kishi qayin onangiz — bek oyim bo‘ladirlar.
Kumush salom berdi va qo‘lidag‘i paranjisini yerga tashladi, yugirib kelib o‘zini O‘zbek oyimning qucho-g‘ig‘a oldi. O‘zbek oyim ham uni mahkam siqib quchoqlab olg‘an, yuzidan shap-shap o‘pib aylanib, o‘rgular va tikilib-tikilib nima uchundir yig‘lar edi...

Kutib turgan xotinlar, Mohira oyim, Xushro‘y va Hanifalar Kumushni ko‘rgan on bir-birlariga qarashib lablarini tishlashdilar...


Qayin ona-kelin bir daqiqa chamasi ko‘rishib qoldilar. So‘ngra Kumush boshqalar bilan bir-bir ko‘ri-shib chiqdi. O‘zbek oyim har bir xotinni kim bo‘lganini unga tanitib bordi.








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling