Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet179/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

7. QUDALARNI KUTIB OLISH

Kechagi kirgan savdogarlardan qudalarning bu kun aniq kirish xabarlarini bilgan edilar. Nariroqdan kuzatib kirish uchun Hasanali yo‘l ustiga ketkan, Yusufbek hoji-ning o‘zi ish boshida turib, Oybodoqqa tashqari havlini tozalatar edi. Ichkarida bo‘lsa, O‘zbek oyim qo‘shni xotinlardan bir nechasini hasharga aytib, hammani joy-joyig‘a qo‘ydirg‘an, havli yuzini ham yog‘ tushsa yalag‘undek holga kelturgan edi. Ammo o‘z uyini bo‘shatdirib, gilam solib qo‘yg‘anig‘a endi uch kunlab bor, qudalarning ziyo-fati uchun kerak bo‘lg‘an hamma narsalarni ham hozirlatqan, ular kelib tushdi deguncha, bo‘g‘izlatish uchun, deb bir g‘o‘non qo‘yni og‘ilning ustuniga qantattirib qo‘yg‘an edi.







www.ziyouz.com kutubxonasi 177

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Kumush bilan Zaynabka atalib oling‘an xon atlaslarga ko‘ngli to‘lmay «har nuchukda tegi nozik, bu bo‘lsa endi ko‘p kiydi, atlasning yonig‘a yana bir xitoyi latta olingiz», deb marg‘ilonliqning ko‘ynagini bir qo‘sha qildirg‘an, bitta xitoy jujim mursakni kam ko‘rib, yonig‘a o‘zining qiymat baho zarrin mursagini va ikkita ro‘ymolga ham qoniqmay, o‘zining kelinligidan o‘rolmay qolg‘an qalmoqi sallachasini qo‘shqan edi.


Zaynab ham uncha xafa ko‘rinmas, qayin onasining buyruqlarini eski holicha bajarib yurar va hozirda uyga kirib olib mehmonlar kelib tushdi deguncha, oldilarig‘a yozish uchun dasturxon yasatar edi.


O‘zbek oyim hasharchi xotindan biriga tandirga o‘t qo‘yishni buyurdi-da, o‘zi


Zaynabning oldig‘a keldi:


— Dasturxoning bitdimi, bolam? — deb so‘radi.
— Bitdi. Tashqarining asali kamga o‘xshaydir.
— Kam bo‘lsa, darrav ombordan keragicha olib chiq, undan keyin xamiringga o‘zing qara, Oybodoqning qo‘li tegmas, xamir gup berib ketibdi, — dedi va darichadan ko‘tarilib dasturxonlarni kuzatdi, — dasturxoning tuzik, varaqini esingdan chiqarma, — dedi va o‘rta yo‘lakda ko‘ringan Yusufbek hojini o‘ziga imladi. — Beri keling.

Yusufbek hoji boshida oq to‘ppisi va egnida oq olacha to‘ni bilan ustidan belini bog‘lag‘an edi. O‘zbek oyim yonig‘a sekin-sekin yurib keldi:


— Nima gap?


— Dasturxonlarimizga bir qarab qo‘ying-chi?
Hoji parvosizg‘ina qilib qarag‘an bo‘ldi:
— O‘zingga yoqsa bo‘pti, — dedi.
— Qassob aytkanmisiz, tag‘in ular kelgandan so‘ng shoshib qolmayliq.
— Qassob tayyor, hozir bo‘g‘izlatsaq bo‘lmaydimi?

— Yo‘q, — dedi O‘zbek oyim, — osh egasi bilan shirin. Ha, aytkandek, qudangiznikiga yuborg‘an kishingiz keldimi?


Asal uchun shoshib borg‘an Zaynab to‘xtab qayin otasining og‘zig‘a qaradi.


Borib keldi, — dedi hoji, — Alimbek dalasiga ketkan ekan, xotin qudalar kelishmakchi bo‘lishibdir.

Zaynab asalga ketdi. Hoji O‘zbek oyimning yonig‘a yurib keldi va sekin so‘radi:


— Zaynab xafa emasmi?
— Nimaga xafa bo‘lar edi.
— Axir, so‘rayman-da.
Tuppa-tuzik, — dedi O‘zbek oyim, — tashqarin-gizdan Oybodoq qutilayozdimi?
— Qutilib qoldi. Mahalladan ham uch-to‘rtta kishi aytdim, oshni ko‘proq qilish kerak.
— Xo‘b.
Hoji uyon-buyong‘a alang‘lab olg‘andan keyin so‘radi:
— O‘g‘ling qayog‘da, ko‘rinmaydimi?
— Tashqarida edi-ku.

— Boya shuyoqqa kirgandek bo‘lg‘an edi.


— Guzar-puzarga chiqg‘andir, — dedi O‘zbek oyim.
Oybodoq tashqarini yig‘ishtirib kirdi. Hoji meh-monxonaga chiqib ketdi. O‘zbek oyimning amricha Oybodoq, Zaynab va hasharchi xotinlar kulcha yasashg‘a o‘lturdilar.

Kun tushdan og‘qanda hamma saranjom oling‘an edi. O‘zbek oyim to‘yga boradirg‘an xotinlardek yasangan, egnida odimi xon atlas ko‘ynak, boshida oq shohi dakana, ko‘zida surma edi. O‘zbek oyimning: «Kelinni xor tutar ekan demasinlar, sen ham o‘zingni tuzat», deb aytkani uchun Zaynab ham tamom ipaklarga ko‘milib yasang‘an, kecha erga tekkan yangi kelinlar suratiga kirgan edi.








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling