Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet181/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 179

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



Eng keyin orqadan Zaynab ko‘rindi. Chunki ul uydan endi chiqib kelgan edi. O‘zbek oyim kulib Kumushka qaradi.


— Qani, o‘zing tani-chi, kim ekan bu?


Kumush hayron bo‘lib qolmadi... Ipaklar ichiga g‘arq bo‘lg‘an Zaynabka qarab olib, unga tomon adim tashladi:

— Zaynab opam! — dedi. Zaynab ham kulimsiragan holda Kumushka yaqinlashib keldi... Ikki kundash «esonmisiz, omonmisiz, eson-omon yuribsizmi...» so‘z-lari bilan ozorsiz qilib bir-birining yelkasiga va qo‘ltiq ostig‘a qo‘l yuborishdilar. Ular ko‘rishib turg‘anda yo‘lakdan Yusufbek hoji ko‘rinib, qochadirg‘an xotinlar o‘zlarini chetka oldilar. Hoji ularning oldig‘a — yuzaga chiqg‘ach,Oftob oyim salom berib ro‘ymoli bilan tomog‘ ostlarini o‘rab oldi. Hoji qudachasi bilan so‘rashib:


Barakalla, singlim! Haytovur charchamay kelding-larmi, men sizlarni ovora qildimov, — deb uzr aytib kulgan va uyalib borg‘an qudachasig‘a yengillik bergan bo‘ldi.

— Qani, bek otasi, ko‘rmanani bering-chi! — dedi O‘zbek oyim Kumushni imlab. Kumush uyalib zo‘rg‘ag‘ina salom berdi va Yusufbek hojining yaqinig‘a kelib bo‘yin


egdi. Hoji qo‘li bilan Kumushning yelkasiga qoqib suydi va Kumushning manglayig‘a tegizib olg‘an o‘z qo‘lini o‘pdi:


— Bizning Marg‘ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan-ku, biz bilmay yurg‘an ekanmiz-da, — deb tevaragiga qarab kulindi va qo‘lini duog‘a ochdi. — Bizni shunchalik siylab kelibsizlar, bu yaxshiliqlaringiz bizdan qaytmasa, xudodan qaytsin. Olloh taolo yoshlarg‘a tinch va barakatlik umr bersin. Ilohim, taqabbul duo...


Hamma duog‘a yuz siypashdilar. So‘ngra Yusufbek hoji Kumush bilan Zaynabka qaradi:


— Men sizlarning ko‘rishib turg‘anlaringizni ko‘rib juda quvondim, — dedi. — Mundan so‘ng ham shu yo‘sunda bir-birlaringizga egachi-singildek bo‘lmoq-laringizni tilayman, — dedi va O‘zbek oyimg‘a:


— Qani, mehmonlarni ichkariga olinglar, — deb o‘zi tashqarig‘a burildi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling