Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet189/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 187

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Yanglishdingiz, oyi, — dedi, — bundagi farqni Yusuf-Zulayho qissalarini o‘qug‘an kishi biladir... Uch oy degan fursat ozg‘ina vaqt emas, Kumush xonimning ozg‘ani sog‘inishniki!


Karima otin qosh qo‘yaman, deb ko‘z chiqarayozdi. Ya’ni Otabek bilan Kumushni Yusuf-Zulayxoga o‘xsha-tib, Zaynab va qarindoshlarini o‘t ichiga tashlag‘an edi.


— O‘zbek oyimniki to‘g‘ri, — dedi Mohira oyim, — Zaynab quvnoq, Kumushnisa manim ko‘zimga ham serfikrga o‘xshab ko‘rinadirlar...


— To‘g‘ri-to‘g‘ri, — dedi Xushro‘y.


Kumush bilan Oftob oyim oradan kechkan sirga tushunib jim o‘lturar edilar. Kumush yer ostidan Otabekka rizosizcha ko‘z tashladi.

— To‘xtanglar-chi, — dedi Otabek, hamma unga qaradilar, — hech qaysilaringiz ham topolmadingiz.


— Topolmag‘an bo‘lsaq o‘zingiz ayting! — dedi Sharofat chevar.


— O‘zlaringiz topolmag‘andan keyin men aytib nima qilay?
— Men topdim, xax shayton! — dedi Karima otin, — qizil gulning ham o‘z oldig‘a, oq gulning ham o‘z oldig‘a isi bor, demakchi!

Hamma birdan kulishib:


— Xudda-xudda! — deyishdilar.
Otabek kulib o‘rnidan turdi va «topolmadingiz, topolmadingiz» degancha uydan chiqdi. Kumush bilan Oftob oyimning ko‘nggillari birdek bo‘lsa ham bu kashfdan keyin Zaynab bilan Mohira oyim ancha yengillashdilar. Bu qiy-chuv orqasidan mehmonlarga quyuq-suyuq berildi.
11. KUMUSHNING SO‘Z O‘YUNI

Shomga yaqin mehmonlar tarqalishdilar. Mehmon-xonada hoji, qutidor, Hasanali va Otabek qolg‘an edilar.


Ichkarida O‘zbek oyim mehmonlarni kuzatib bo‘lib, Kumush bilan onasidan ho‘ppak olar edi.


— Men sizlardan juda xafa bo‘lg‘an edim. Sizlarni churuk lattaga tugib, tokchag‘a tashlash darajasiga yetgan edim. Nahotki uch yil bo‘lsayu — bir yo‘li o‘z bilgularingizcha kelmasalaringiz. O‘g‘lim bechora oy o‘tmasdan bo‘zchining mokisidek qatnab tursa...


Axir manim ham o‘zimga yarasha obro‘m bor. Toshkandda kimsan, Yusufbek hoji deganing ko‘chiman. Xudoyorxon ham bir kun kechasi kelib bizga mehmon bo‘ldilar...


Qushbegining uy ichlari bo‘lsa, bir ishni manim kengashimsiz qilmaydirlar... Shuncha obro‘ ko‘rgan bir kishi kelib-kelib nahotki o‘z qudasidan va kelinidan munchalik obro‘sizlik ko‘rsa... Shahardagi kattadan kichik ertayu kech quloq-miyamni yeydirki, hoy, marg‘ilonliq keliningiz keldilarmi, nega shundog‘ keliningiz bo‘laturib Marg‘ilong‘a tashlab qo‘yibsiz? Men bo‘lsam hech so‘z topolmag‘animdan aytaman: — Kelinimning onasi kasal emish... Ikkinchi vaqtda: — Kelinim bechora munglug‘... deyman. Endi ko‘rsam miltiqning o‘qidek, pushti gulning to‘qidek kelinim bor ekan... Men bu adabsizga tag‘in o‘zim o‘lturgan uyimni bo‘shatib beribman-a, — der edi.


O‘zbek oyimning dali-g‘ulilig‘idan Oftob oyim va Kumush unga juda o‘zlashib olg‘anlar, uning so‘ziga goh kulib, goh uzr aytar edilar. Hozir uyda Otabek bo‘lmag‘ani uchunmi, nimadan bo‘lsa ham har nuchuk Zaynab o‘z uyida kuymalanishib yotar va mehmonlarni O‘zbek oyimning tanho o‘ziga tashlag‘an edi.


Tokchalarga sham’lar yoqilib, vaqt xuftanga yaqinlashib qolg‘andan so‘ng uyga Otabek kirdi. Ul kirgandan keyin Oftob oyim bilan O‘zbek oyim ular oldida o‘ltirishni eb bilmadilar-da, sirlashish uchun boshqa uyga chiqib ketdilar. Ularning chiqib ketishini








Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling