Mavzu: O‘simlik bargidagi suv miqdorini kunlik o‘zgarishini aniqlash Darsning maqsadi


Download 14.37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi14.37 Kb.
#1514195
Bog'liq
6- amaliy o\'simliklar fiziologiyasi



6-AMALIY MASHG‘ULOT 
Mavzu: O‘simlik bargidagi suv miqdorini kunlik o‘zgarishini aniqlash 
Darsning maqsadi: O‘simlik bargidagi suv miqdorining kunlik o‘zgarishini 
aniqlashni kun davomida tajribalar asosida о‘rganishdan iboratdir.
Nazariy ma’lumot: О‘simlik barglaridan suvning bug‘lanishi kun bо‘yi bir 
xil bо‘lmay, u har xil tashqi sharoit omillari ta’sirida о‘zgarib turadi. Shuning 
uchun barglardagi suvning miqdori kun bо‘yi bir xil bо‘lmay, balki о‘zgarib turadi. 
O’simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. 
Laboratoriyaga о‘simlik (о‘rtacha 10 ta о‘simlikdan namuna) hо‘l lattaga о‘ralgan 
holda olib kelinadi. Ish odatda 8
00
da boshlanadi. Olib kelingan namunadan 
foydalanilgan holda barglardagi suvning miqdori aniqlanadi. Ushbu amaliy 
mashg‘ulot davomida talaba о‘simlik uchun suvning ahamiyatini tushunadi, kun 
davomida suvning miqdori qanday о‘zgarishini bilib oladi, suv miqdori (S.M.) ni 
aniqlaydi va hisoblay oladi.
Kerakli asbob va reaktivlar: termostat yoki quritkich shkafi, tarzion tarozi, 
qog‘oz xaltachalari, qaychi, daftar, qalam, chizg‘ich.
Ishni bajarish tartibi: Barg va assimilyatsion novdalardagi suvning 
miqdori (% da) umumiy qabul qilingan tortish usuli bilan aniqlanadi. Buning 
uchun 5-10 tacha barg bо‘laklari tarozida tortiladi (3 takrorlikda), og‘irligi daftarga 
yozib olinadi, oldindan raqamlangan qog‘oz xaltachalarga solinadi. Xaltachadagi 
material (namuna) termostatda 105
0
C da о‘zgarmas og‘irlik bo’lguncha quritiladi. 
Qurigandan keyingi og‘irligi ham tortilib, daftarga yozib olinadi. Suvning umumiy 
miqdori (% da) formula asosida hisoblab, ish jadvalni tо‘ldirish bilan yakunlanadi.
%
100
)
(
.
.



A
B
A
M
S
5–jadval 
О‘simlik bargidagi suvning miqdorini aniqlash 
№ 
О‘simlik 
nomi 
Har 2 soatdagi og‘irligi 
Quruq 
og‘irligi 
Transpi 
ratsiya 
jadalligi 
Dastlabk
i og‘irligi
8
10 
12 14 
16 
18 
20 




Nazorat uchun savollar
1. O’simlik uchun suv qanday ahamiyatga ega? 
2. O‘simlik bargidagi suv miqdori deb nimaga aytiladi? 
3. O‘simlik bargidagi suv miqdori qanday aniqlanadi?
4. Suv muvozanatiga ta’rif bering?
5. O‘simlik barglaridan suvning bug‘lanishi kun bо‘yi bir xil 
bо‘lmasligini misollar orqali tushintiring. 
 

Download 14.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling