Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 189
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy bechorani zir qatnatib ovora qilsalar, Toshkand qishlog‘i bilan Marg‘ilonning orasi ozg‘ina yo‘lmi, axir? Otabek xaxolab yubordi: — Hamon aybni o‘z bo‘yningizga olmaysiz, astag‘-firulloh... Zaynab Kumushdan: — Bek otangiz bilan xon oyingiz kim? — Haligi men aytkan o‘rtog‘imning ota-onalari... Orzu-havas qidirib bechora qizlarini qaritib qo‘ydilar. — Nega siz tayyor kuyavdan o‘rtog‘ingizni aynatdingiz? — Davlati bo‘lsa ham o‘zi teri namoyish edi... Kishi davlat uchun erga tekkandan yerga teksin... — Albatta, — dedi Zaynab. Otabek Kumushning so‘z o‘yuniga ajablanar va xoy shayton, degandek unga qarar edi. Kumush yana tinchiy olmadi: — Bizning urishib qolishimiz uchun Karim sandiqchining ham daxli bor, — dedi. Otabek jo‘rttaga so‘radi: — Qanday daxli bo‘lsin. Sizga qolsa, butun shahar daxldor ekan-da? — Shoshmang jonim, — dedi Kumush, — nega o‘ylamay-netmay eshigiga bosh urib kelgan bir yigitni quvlab soladir? — Astag‘firulloh... uning quvlanishig‘a ham Homid sabab bo‘lg‘an. Homidning yomonlig‘ig‘a ersa siz sabab bo‘lg‘ansiz... Zaynab nimadir so‘ramoqchi bo‘lg‘an edi, Kumush unga yo‘l bermadi. — U ham emas, bu ham emas, — dedi, — hammasi xudoning taqdiri. Otabek:
— Ikki o‘rtada dum qidirib quloqdan ham ajralg‘an puchuq oyimning holi ham xudoning taqdiri! Otabek kuldi. Zaynab keyingi so‘zlarga tushuna olmag‘an, shunga ko‘ra Kumushdan izohlar olmoqchi edi. Kumush unga izohlar uyushdirishni xohlamag‘anliqdan so‘zni chetka chalg‘itib yubordi: — Necha yoshqa kirdingiz, Zaynab opa? — O‘n to‘qquzg‘a shekillik. — Hali siz bola ekansiz, — dedi Kumush. — Siz nechaga kirdingiz? — Meni so‘ramang, men endi qarib qoldim... Zaynab unga hasadlanib qaradi va kuchlanib aytdi: — Hali yoshqa o‘xshaysiz-ku. — Necha yoshqa kirgan deb o‘ylaysiz? Zaynab Kumushning to‘lib yetmagan gavdasiga va o‘n olti yoshlar chamaliq g‘ubor tegmagan husniga hayron bo‘lib, mulohazasini aytishdan qo‘rqdi. Zaynabka qolsa ehtimolki Kumush o‘zidan ham yosh chiqar edi. — Men qayoqdan bilay... — Yigirmaga kirdim. — Mendan bir yosh katta ekansiz. — Sizdan albatta kattaman, — dedi Kumush. Kumushning «albatta kattaman» degan so‘zini Otabek ichidan tasdiqladi, uning husndagina emas, aqlda va boshqada Zaynabdan necha barobar yuqorida ekanini |
ma'muriyatiga murojaat qiling