Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet193/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 191

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Qaramang bo‘lmasa, — dedi Kumush yeshinar ekan, — «bo‘lg‘ani yo‘q, bo‘lg‘ani yo‘q» degan so‘zni besh-olti qayta takrorladi va o‘ringa kirib olg‘andan keyin ham «bo‘lg‘ani yo‘q, bo‘lg‘ani yo‘q» deb kular edi.


Otabek nihoyatsiz «bo‘lg‘ani yo‘q» dan zerikib qaradi:


— Aldamchi.
— Bu aldashlar — aldash emas, siz hali qarab turing, qochqoq.
— Aniq qo‘rqmaysizmi yolg‘iz?
— Nega qo‘rqay, ikki yil yolg‘iz yotib, endi juda o‘rgandim... Ehtimol siz yolg‘izliqdan qo‘rqarsiz.

— Kinoyangiz...


Bu kinoya emas, to‘g‘ri so‘zim, — dedi Kumush,— men bu holda yolg‘iz ham emasman...

— Bu nima degan so‘zingiz tag‘in?


— Ya’ni hamrohim bor, deganim — mendan qo‘rqmang, deganim...
Otabek yana tushunmadi...
— Hamrohingiz...
— Hamrohimmi? — dedi Kumush, — hamrohim biravning xayoli, biravning fikri. Bas, bundan ham yaxshi rafiq bormi? Ba’zi vaqtlarda bu yo‘ldosh uyqudan ham shirin.

Otabek «hamroh»ga tushundi va yotib Kumushning yuzidan o‘pdi:


— Lekin men bu so‘zingizga ishonmayman.
— Nega ishonmaysiz?
— Negaki, siz anovi... kechasi hamrohsiz edingiz... Pish-pish uxlar edingiz...
Kumush Otabekning yelkasiga qo‘lini tashladi:
— O‘shal vaqtlarda hamrohsiz uxlag‘anim to‘g‘ri, — dedi, — chunki biravlardan butunlay umidim kesilgan, hamrohim menga hamisha umidsizlikgina berar, dah-shatimnigina ortdirar edi. Ammo o‘sha kunlarda uyqu menga juda shirin bir narsa bo‘lib qolg‘an, men uyqudag‘ina biravlarni ko‘rar va kunduzlari ham uyqu qidirar edim. Endi bo‘lsa yana yo‘ldoshim xayol... Tag‘in nima deysiz?
— Hech narsa demayman... Lekin siz ikki yil burung‘i Kumush emassiz.
Kumush ko‘rpaga burkanib oldi:
— Chiqing... uyqum keldi.
Otabek zo‘rg‘agina o‘rnidan turdi... Ul uzog‘lash-qandan keyin Kumush sekingina yuzidan ko‘rpani oldi va mudroq ko‘zlari bilan Otabekka kulimsirab qaradi. Otabek havlidag‘i oyog‘ tovshini eshitib, tokchadag‘i sham’lardan uchtasini o‘chirg‘an edi, darichadan Zaynab ko‘rindi: «Hali ham shu yerda ekansiz, men sizni tashqarig‘a chiqg‘ansiz, deb o‘ylabman...» dedi. Otabek javob bermay qolg‘an sham’larni o‘chirdi. Zaynabning «hali ham shu yerda...» so‘zi bilan Kumushning ko‘zi uyqudan ochilib ketkan edi... Otabek eshikni yopib chiqdi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling