Guruh: _______
Tarbiyachi: ______________.
Toshkent.
Mustaqillik bayram ertaligi.
Zal bayramona bezatilgan. Bolalar musiqa sadolari ostida kirib kelishadi.
1-boshlovchi:
O`zbek eliga odat
Salom bermoq va hurmat
Shuning uchun biz sizga
Deymiz salom assalom.
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar va ustozlar, men sizlarni mustaqilligimizning 20 yillik to`y bayrami bilan tabriklayman. Mana mustaqil bo`lganimizdan buyon o`z bayrog`imizga, o`z madhiyamizga, tilimizga, pulimizga va Prezidentimizga ega bo`ldik.
Madhiya yangraydi, hamma qo`li ko`ksida madhiyani kuylaydi.
Sahnaga bir bola bayroq ko`tarib kiradi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikni e`lon qilgan kundan ko`p o`tmay Respublikamizning Davlat bayrog`i tasdiqlandi. Bu shonli voqea 1991 yil 18 noyabrda 12-chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 7 sessiyasida bo`lib o`tdi.
Davlat gerbi:
O`zbekiston Respublikasi ham o`z Davlat gerbiga ega bo`lib, gerb 1992 yil 2 iyulda 12 chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 10 sessiyasida tasdiqlangan.
Milliy valyutamiz:
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 16 iyundagi O`zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to`g`risidagi farmoni bilan O`zbekiston Respublikasida o`z milliy valyutamiz, ya`ni so`m 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritildi.
Raqs: “Vatanim”
Bu dunyoda chamanlar ko`p
Bu dunyoda Vatanlar ko`p
Barchasida yashnar gullar
Barchasida yayrar dillar
Chorlar ezgu yo`llar meni
Ajdodlarim qo`llar meni
Bu Vatanda to`kmasman yosh
Bu Vatanda egmasman bosh.
Vatan ona biz unga farzand
Bir chinorning barglari monand
Dildan dilga yo`l olur qo`shiq
Ko`ngillarni etgaydir payvand.
Raqs: “Juftlik”
Qo`shiqlarda Vatan ma`nosi
Qo`shiqlarda xalqim sadosi
Vatan kuyin yangratsa dillar
Yangrar yurtning yeru samosi
Vatan oltin belanchagimiz
Biz Vatanning kelajagimiz
Vatan agar buyuk bog` bo`lsa
Bizlar uning kelajagimiz.
O`zbekiston Vatanim onam
Nur taralar gul bog`laringdan
Oltin beshik aziz ostonam
Baxtim topdim gul bog`laringdan.
Do'stlaringiz bilan baham: |