Guruh: Tarbiyachi: Toshkent. Mustaqillik bayram ertaligi
Guruh: ___________ Tarbiyachi
Download 313 Kb.
|
ЙИЛЛИК Сценарийлар
Guruh: ___________
Tarbiyachi: _____________ Toshkent. Mehrjon bayrami. Zal bayramona bezatilgan. Tarbiyachi bolalarni zalning eshigi oldiga bir qator qilib olib keladi. Boshlovchilar: Aziz mehmonlar va qadrli bolajonlar sizlarni mehrjon hosil bayrami bilan tabriklaymiz. Mehrjonning bayramlar orasida alohida o`rni bor, yurtimizda noz-ne`matlar mo`l-ko`lligida ayni pishiqchilik pallasida bayram qilinadi.
Qutlaymiz sizlarni Bu bayram bilan Serquyosh o`lkamiz Zar fasli bilan. Boshlovchi: Keling bolajonlar mehmonlarimizga qo`shiq kuylab beramiz. Qo`shiq: “Kuz” Boshlovchi: Barglar sarg`ayadi, havolar soviydi, yomg`ir yog`a boshlaydi, bu o`zgarish qaysi faslda bo`ladi? Bolalarning javobi: Kuz faslida. Boshlovchi: Juda to`g`ri topdingiz bolajonlar.
Boshlovchi: Qushlar brogan sari qisqaradi. Dehqonbobolarimiz yerga ekkan sabzavotlarini, bog`bonlarimiz esa meva-chevalarni yig`ib-terib oladilar, so`ngra hosil bayrami nishonlashadi. Shu payt eshikdan Kuz kirib keladi. Kuz: Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar. Salom aziz, shirin kichkintoylar. Tarbiyachi: Salom Kuz davramizga xush kelibsan. Salom senga oltin kuz Seni xushlab kutdik biz Sen juda yaxshi kelding Sovg`aga nima keltirding. Kuz: Bolajonlar sizlarga-chi kuzning noz-ne`matlaridan olib keldim. Tarbiyachi: Rahmat senga Kuz. Bizga kuzning noz-ne`matlaridan olib kelganing uchun marhamat davramizda ishtirok et. Boshlovchi: O`g`il bolalar ijrosida raqs tomosha qilamiz.
Bizning polizda Qovun-tarvuz ko`p Yetildi kuzda So`yib yedik xo`p. Kuz: Raxmat sizga bolajonlar Kuz faslini juda sevar ekansizlar. Meni derlar oltin kuz Xirmonda hosil to`kin Tayyorlanar barcha xalq Katta bayramga bu kun. Boshlovchilar: Bolalar bog`larimizda, polizlarimizda hosilimiz juda mo`l. Bugungi davramizga-chi sabzavotlar tashrif buyurishibdi, marhamat sabzavotlar.
Sabzavotlar raqsga tushadilar. Boshlovchi: Bizning polizimizda Hosilimiz juda ko`p Ammo har kim kirolmas Qorovuldan o`tolmas U tartibni sevadi Har qatorni biladi. Shu payt eshikdan Vali qorovul ketmon ko`tarib, qo`lini peshonasiga qo`yib uzoqqa tikiladi va poliz tomon kelib ekinlarning tagini yumshatadi. Vali:
Og`riyapti boshim, belim Endi ozroq dam olay Mana bu yerda yota qolay. Boshlovchi: Hozir Vali banddir juda Ishlaydi u tunu kunda Uxlab qoldi charchab juda. Shu payt Xo`roz paydo bo`ladi va sholg`omning yoniga keladi. Mana men Xo`rozjon Xo`roz Qu-qu-qu Qorovul yaxshi polizda Ovqat bo`lsa yonimda. Xo`roz sholg`omni olib ketadi, so`ngra G`oz kirib keladi. Mana men G`ozvoy-g`ozvoy Hech kim yo`qmi hoy-hoy Qnday yaxshi polizda Ovqat bo`lsa yonimda. G`oz pomidorni olib ketadi, so`ngra Echki kirib keladi. Mana men Echkijon, Echki Me-me-me Qanday yaxshi polizda Ovqat bo`lsa yonimda. Echi sabzi, piyozni olib ketadi. Shu payt sakrab, sakrab Quyonchalar kirib keladi. Kelib qoldi omadim Polizga tushib qoldim Keling shalpangquloqlar Sabzi karam yeb qoling. Shu payt ikkinchi quyon kirib keladi. O`rtoqjon qaragin polizda katta-katta sersuv karamlar o`sib yotibdi, kel mazza qilib yeymiz. Ular Karamlar bilan raqsga tushadilar. Shu payt Vali qorovul uyg`onib qoladi. Vali: Ha, endi qo`lga tushdilaringmi? Endi mendan qochib qutula olmaysizlar. Valining jahli chiqib to`nkaga o`tirib oladi. Vali: Qani karam, qani sabzilar? Piyozlar yo`q, ko`katlar qani? Sho`rim quridi. Shu payt Xo`roz kirib keladi. -Qu-qu-qu. Xafa bo`lma azim Vali. Sen xushyor bo`la olmading. O`z ishingga yengil qarading. Endi bunday qilmagin. Biz sening oldingga bayramni birga o`tkazgali keldik. Echki:
Bunday uxlab qolmagin Qo`riqlashmi istagin Postingda xushyor turgin. Vali: Ko`p rahmat, unutmayman. Endi sizlar bilan o`ynayman. Boshlovchi: Voy, qanday yaxshi bo`ldi kelganlaringiz. Biz bolalar bilan Mehrjon bayramini nishonlayotgan edik. Marhamat, mehmonimiz bo`ling. Marhamat endi navbat “Bozor” raqsiga. O`lkamning husni Ochil paxtajon Sendan baxtimiz Kular har qachon. Qanday mehnat biz qildik Hosilimiz biz yig`dik Bog`laringda mevalar Polizlarda qovunlar. Vatanimning boyligisan Ochilganda oydeksan Muncha ham chiroylisan Paxtajonim, paxtajon. Boshlovchi: Endi navbatni “Mehrjon bayrami” ashulasiga beramiz. Bizning kumush paxtaoy Dalamizga sen chiroy To`lib chiqding chanoqdan. Boshlovchining xayrlashuv so`zlari. Download 313 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling