Eshik taqillab musiqa ostida Jumavoy kirib keladi.
Bola: Iye, sen kim bo`lding?
Jumavoy: Men, men Jumavoy (yerga yotib oladi)
Bola: Iye, sen bizdan qo`rqmagin, o`rningdan tur, oting nima?
Jumavoy: Men adashib qoldim.
Qiz: Ha, esimga tushding, sen Jumavoymisan? Kino qaharmoni
Bola: Sen-chi, Jumavoy adashibman deb xafa bo`lma, biz bolalarimiz bilan Mustaqillik bayramini nishonlaymiz.
Jumavoy: Mustaqillik nima u?
Bola: Mustaqillik o`z erking qo`lingda degani.
Jumavoy: Bu juda yaxshi-ku.
Bola: Kel bayramimizni tomosha qil, dam olasan.
Raqs: (o`g`il bolalar ijrosida)
Vatanjonim, Vatanim
Ko`zim quvnab ko`rganim
Istiqloldan kulganim
O`zbekiston gulshanim
Bahra olib bag`ringdan
Ulg`ayaman mehringdan
Vatanjonim, Vatanim
O`zbekiston gulshanim
Istiqlolning qaldirg`ochimiz
Iqbolimiz tongday kulajak
Xalq mehridan qudrat kuchimiz
Bizniki bu nurli kelajak.
Qo`shiq: “O`zbekiston”
Bu dunyoda chamanlar ko`p
Bu dunyoda Vatanlar ko`p
Barchasida yashnar gullar
Barchasida yayrar dillar
Mening uchun aziz bo`ston
O`zbekiston, O`zbekiston
Chorlar ezgu yo`llar meni
Ajdodlarim qo`llar meni
Bu Vatanda to`kmasman yosh
Bu Vatanda egmasman bosh.
Qalbidek pok osmoni
Baxtdir iymon vijdoni
Fe`li kengdir shu sabab
To`kinder dasturxoni
Mustaqillik bolalarimiz
Boshimizni silaydi o`lkam
Dil g`unchasi lolalarimiz
Go`zallikdan yashnaydi olam
O`zbekiston ona yurt
Dunyoda durdona yurt
Xalqi tanti mehnatkash
Do`stlikda yagona yurt.
“O`zbekiston Vatanim” klipi bilan bayram yakunlanadi.
Boshlovchi: Shu bilan bayramimiz o`z nihoyasiga yetdi, xayr sog` bo`linglar.
Do'stlaringiz bilan baham: |