Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet202/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 200

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— Kumush, — dedi kulimsirab, — qaytar emishmiz, dadang aytibtilar. Kumush qo‘lida nimadir tikib o‘lturg‘an edi. Ko‘zini ishdan olmadi:


— Qaytsalaringiz, xayr-xo‘sh.


Bechora ona qizining louboli bu gapidan bo‘shashib ketdi va ne zaylda o‘lturib olg‘anini bilmadi:

— Nima deysan?


Kumush iljayib onasig‘a qarab qo‘ydi, yana ishini tika berdi:
— Ketsalaringiz xayr-xo‘sh.
— Sen-chi?

— Men qolaman.


Oftob oyim tushunolmay qizig‘a bir necha vaqt tiki-lib turdi. Kumush unga qaramay nina sanchar edi.

— Hazilingni qo‘y.


— Hazilim emas — chinim.
— Uyat emasmi?
Kumush kuldi:
— Nega uyat bo‘lsin?
— Qo‘y-chi!
— Qolsam o‘z erimniki, — dedi Kumush, — begona emaski uyat bo‘lsa...
Oftob oyim o‘t ichida qolg‘andek toblandi:
— Birav qol, demasa ham qolaberasanmi?
Kumush ishini yonig‘a qo‘yib endi onasig‘a qaradi:
— Avvalo bu yerda qolishimg‘a sizdan boshqa hech bir qarshi kishi yo‘q. Zaynab sizning yoningizg‘a o‘tsa ham, biroq uning xohishini menga ahamiyati yo‘q.

— Esing o‘zingdami, bola?


— O‘zimda, — dedi kulib, — man sizning qizingiz Kumush... Hozir Toshkandda o‘z erimnikida o‘lturibman...

— Erim, deb tuqqan onangdan kechasanmi, yuzsiz?


— Yo‘q, kechmayman, faqat bir necha vaqt sog‘i-nibqina yuraman.
Oftob oyim qizining bu gapini eshitib yig‘lab yubordi:
— Onangning o‘sha sog‘inishqa toqati yo‘q, — dedi,— man sani kundashlik uyga ishonmayman...

— Kundashim bitta bo‘lsa, do‘stlarim sakkizta.


Oftob oyim ko‘z yoshisini artdi:
— Kundash bilan hazil o‘ynama, qizim.
Kumush go‘yo Zaynab ustiga hujum yasayturg‘andek hurpaydi:
— Ul kundash bo‘lg‘anda men kundash emasmi?
— Ming qilg‘anda ham, — dedi onasi, — sen chin kundash bo‘lolmaysan.
— Nimaga?

— Nimagaki ering sen tarafda, chin kundashlik va chin dushmanlik Zaynab tarafda. Kumush kulimsirab onasining qulog‘ig‘a shivirladi:


— Bu to‘g‘rida xotirjam’ bo‘ling.


— Nima uchun xotirjam’ bo‘lay?
— Agar Zaynab manga kundashlik qilabersa, ku-ya-vingiz uning javobini bermakchi...
Shuning uchun ham manim bu yerda qolishim ma’qul.
— Javobini bersa, qaytib kelishlik qochmas...
Man ketsam, — dedi Kumush, — hech qachon Zaynabka javob bermaydir.
— Nega bermaydir?






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling