Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan


Download 1.12 Mb.
bet21/221
Sana05.01.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1080095
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   221
Bog'liq
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 20

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy



— To‘g‘ri aytasiz, — dedi Hasanali, — ammo men ham uning dardiga bir necha kunlab tushunmay yurgan edim.


— Xo‘sh, dardi?


— Muhabbat.
— Muhabbat?
— Muhabbat! — deb takrorladi Hasanali. — Shu yigirma besh kunlik bir muddatning ichida ul butunlay odamgarchilikdan chiqayozdi. Bu o‘rtada qanday tashvishlarga tushmadim, so‘rasangiz.

— Kimga muhabbat qo‘yg‘an, xabaringiz bo‘ldimi?


— Bo‘ldi. Qutidorning qizig‘a.


— Ha, ha-a! — deb yubordi Ziyo aka va bir oz o‘ylang‘adan keyin so‘radi, — buni siz aniq bilasizmi?

— Aniq bilaman.


— O‘zi aytdimi?
— O‘zi aytmasa ham shunga yaqinlashtirdi.
— Otabek qizni qayerda ko‘rgan?
— Afsuski, buni bila olmadim.
Hasanalining kelish majburiyati va nima uchun kelganligi Ziyo akaga yaxshi onglashildi ersa-da, yana shunday bo‘lsa ham so‘radi:

— Endi nima qilmoqchisiz?


— Huzuringizga kelishimning bosh sababi ham shundandir, — dedi Hasanali. — Bu to‘g‘rig‘a siz qanday yo‘llar ko‘rsatasiz va nima kengashlar berasiz, albatta shunga qarab bir ish qilamiz, deb xizmatingizga keldim.

Ziyo aka o‘ylab qoldi. Qiziq gap, deb bir-ikki qayta nos otib oldi. Bu orada Hasanali boshdan-oyoq hikoyani so‘zlab chiqdi.


— Nozik gap, — dedi oxirda Ziyo aka, — agar biz Otabekni bu yerdan uylandirib qo‘ysak, hoji bizdan xafa bo‘lmasmikin?


— Ko‘b yashang, boy aka. Qulingiz ham bu to‘g‘rida ko‘b o‘yladim. Xafa bo‘lsa nima chorakim, biz shu ishka majbur bo‘lg‘an bo‘lsaq. Shuning bilan birga Yusufbek hoji ham unchalik aqlsiz kishilardan emaski, bu gapka xafa bo‘lsa. Ammo men qutidor ko‘nadimi, yo‘qmi, deb bu tomonni o‘ylab turibman?


Ziyo aka yana o‘ylanib bosh qashindi:


— Aytkaningizdek masalaning bu tarafi ham nozik,— dedi, — ammo qutidorning Otabekka qarashini yaxshi bilsam ham o‘rtada yirog‘liq masalasi bor... Qizimni musofirga bermayman, deb qo‘yarmikin, bilmadim...

— Menimcha qutidorning oldidan bir yo‘li o‘tilsin,— dedi Hasanali, — agarda ko‘nib xo‘b desaku xayr, ko‘nmagan taqdirda bu xabarni Otabekka yetkuzsak, zora, shuning bilan ko‘ngli sovib tushsa.


Hasanalining bu so‘zi Ziyo akaga ham ma’qul bo‘lib tushdi:


— Bo‘lmasa, qutidornikiga qachon borilsin, deysiz?


— Bundagi ixtiyor sizdadir.
Ziyo aka o‘ylab turdi-da, yuziga kulgi chiqardi:
— Hozir boramiz, — dedi, — biz ham umrda bir sovchiliq qilayliq. Ziyo aka kiyinish uchun qo‘zg‘algan edi. Hasanali undan so‘radi:
— Manim ham birga borg‘anim ma’qulmi yoki yolg‘iz o‘zingiz? Ziyo aka qo‘l silkib:

— Sizning borishingizdan zarar yo‘q, — dedi.





www.ziyouz.com kutubxonasi 21

O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy






Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling