Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 81
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Agar Otabek bu ikkinchi uylanishka rizo bo‘lsa edi, birinchidan ruxsat olish uchun Marg‘ilong‘a kelib yurmas... — Shoshmang-chi, — dedi Oftob oyim, — o‘zingizcha nimani so‘zlay yotibsiz? — Bu ikkinchi uylanishda Otabekning rizosizligini. — Kuyavingizning rizolig‘i bo‘lmasa xudo xayrini bersin, vassalom. — Gap unda emas-da, — dedi kulib qutidor. — Nimada? — dedi qizishib Oftob oyim. — Qizingiz ustiga kundash balosini o‘z qo‘lingiz bilan yuklamakchi bo‘lasiz shekillik! Qutidor sovuqina qilib kulib qo‘ydi: — Tushunmay yotibsan, xotin. — Hamma gapka tushunib turibman. — Tushungan bo‘lsang bu xatka nima deb javob beramiz? — Bizga ma’qul emas, deng. — Ma’qul emas, deyish bilan ish bitmaydir, birarta dalil ko‘rsatish kerak. — Toparsiz, axir dalilni. Qutidor tamoman to‘nni teskari kiyib olg‘an xotinig‘a qarab boshini qashib oldi: — Xatda ikkinchi uylantirish uchun bo‘lg‘an sababni qizimizni Toshkand yubormag‘anlig‘imizda ko‘rsatila-dir, — dedi qutidor. — San aytkancha kuyaving Toshkanddan ikkinchi uylanmasin-da, Kumushni qudalaring oldig‘a turg‘un qilib yuborayliq, tuzikmi? — Nega men yolg‘iz qizimni Toshkandga yuboray, — dedi ko‘zini olalandirib, — biz qizimizni berishda Marg‘ilondan tashqarig‘a olib ketmas va’dasi bilan berganmiz. — Bu gaping to‘g‘ri-ya, — dedi qutidor, — men ham Kumushni Toshkand yubormoqqa qarshiman. Gap bu yerda: biz Otabekdan bu va’dani olg‘an choqda, «Ota-onang‘dan kechasan, ikkinchi uylanmaysan» degan va’dani ham olg‘anmi edik? — Bunday va’dani bergan bo‘lsin-bo‘lmasin, — dedi entikib, — suyub olg‘andan so‘ng ikkinchi uylanish so‘zini ham og‘zig‘a olmasin. — Kim aytdi sanga, og‘zig‘a oldi, deb? — Hech kim aytmagan bo‘lsa ham siz orag‘a tushmang deyman, o‘z oyog‘ingizga o‘zingiz bolta qo‘ymang, deyman. — Pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa boshqag‘a, degan bir gap bor, — dedi jiddiy vaziyatda, — mendan ham san yaxshiroq tushunib turibsanki, agarda bizning rizoligimiz bo‘lmas ekan, Otabek sira ham ikkinchi uylanmaydir. Masalan, biz ikav — qudalarning o‘rnida bo‘lib, yolg‘iz o‘g‘limiz boshqa bir shaharda, biz tanimag‘an bir qizg‘a uylanib qolg‘anda — o‘ylab qara, chiday olurmi edik. O‘g‘limiz ko‘nmaganda ham o‘z shahrimizdan ikkinchi uylantirishka kirishmasmi edik. Bu tilagimizga qarshi tushib o‘g‘limizni o‘z shahri va o‘z uyida olib o‘lturg‘uchi qudalarimizg‘a la’nat o‘qub o‘lim tilamasmi edik? Bu so‘z Oftob oyimni bir oz o‘ylatib qo‘ydi. Lekin hali ham oyoq uzatmag‘an edi. — Endi nima qilmoqchisiz? — Nima qilar edim, — dedi qutidor, endi hamma ixtiyorni o‘z qo‘lig‘a olib qo‘yg‘an edi, — Otabek ko‘nmaganda ham ko‘ndirib, o‘zim birgalashib Toshkand tushaman... — Qizingiz bechoraga... — Qizimga hech gap yo‘q. Hali ham izzati, hurmati o‘z qo‘lida. — Qurib ketsin shu dunyoning ishlari! — Qizingni Toshkand jo‘natishka ko‘n bo‘lmasa. Oftob oyim javob berish o‘rniga o‘krab-o‘krab yig‘ladi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling