Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar yozg‘uchidan
Download 1.12 Mb.
|
Abdulla Qodiriy-O\'tkan kunlar
www.ziyouz.com kutubxonasi 84
O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy so‘zlashib o‘lturgan Kumush bilan onasining tovushlari o‘chkan edi. Ul bu holdan shakllandi. Ayvondan ona-bolaning qayoqqadir yo‘qolg‘anlarini payqag‘ach, tusida o‘zgarish bo‘lg‘ani holda qaytib kelib o‘lturdi. Nima uchundir hozir unda birar foji’aga tushkuchining holati bor edi. Kishi iztirobka tushkan kezlarda tilab emas, ixtiyorsiz ba’zi bir yo‘sunsiz ishlarga urinadir. Shuningdek, ul ham jiddiy bir ravishda Fuzuliy mutolaasiga berildi. Ul o‘zining shubhasidagi gapka qoni’, oradan yarim soatlab emas, bir soatlab vaqt o‘tib borg‘an bo‘lsa ham bu unga zerikarlik emas, tez kelgandan kelmagani yaxshi; yaxshiliqmi, yomonliqmi haytovur bo‘ladirg‘an ko‘ngilsiz gapni kechikkani yaxshi... Fuzuliyni yaxshilab o‘qush kerak. Shuning uchun ham ma’nolik she’rlardan boshini ko‘tarmaydir-da, go‘yoki aytarsiz kitobka mixlangan... Kumushning uyga kelib kirgani ham unga sezilmay qoldi. Ul qushlar kabi latif tovush chiqarmasliq qilib gilam ustidan yurib keldi-da, sekingina sham’ yonig‘a — Otabek qarshisig‘a o‘lturdi. Uning ko‘ynagining chiqarg‘an yengilgina shamoli bilan yonib turg‘an sham’ «lop» etdi-da, ko‘rishkandek, o‘ynashqandek bo‘ldi. Bu holdan kitob ustiga mukkadan ketib o‘lturg‘uchi cho‘chib ko‘tarilib qaradi. Qarshisida: Fuzuliy ta’biricha sebi zanaxdoni negadir qizarib, novaki mijgoni ko‘z yoshlari bilan juftlangan haligi pari edi... Birinchi qarashdayoq kutkan ishining to‘g‘rilig‘ig‘a inondi va osiylar kabi ko‘zini yerga tikdi. Ul Kumushdan itobomiz so‘zlar, achchig‘ xitoblar kutar; birinchi itobdayoq ota-ona gunohiga tavba qilishg‘a hozirlanar edi. Ammo ish ul kutkuncha chiqmadi. Kutilmagan joyda, go‘yoki uni bu og‘ir holdan qutqarmoqchi bo‘lg‘andek: — Fuzuliy yaxshi kitob, — dedi Kumush, — men ham yolg‘iz qolg‘an kezlarimda bu kitobdan boshimni ololmas edim, sizammi? Bu oliyjanob go‘zalga nima deyishni bilmas, qayerdan so‘z boshlashqa hayron edi: — Kim yig‘latdi sizni? — Yig‘labmanmi? — Ko‘zingiz, kiprakingiz... — O‘zi shunaqa... — Yig‘latg‘an men emasmi? — Kitobni nega yopdingiz? Ochib o‘qung, men eshitay. — Ota-ona rizolig‘ini bir tomchi ko‘z yoshingizga arzitdimmi? — Men rozi, men ko‘ndim, — dedi daf’atan Kumush, bu so‘zni nimadandir qo‘rqg‘andek shoshib aytdi. — Ko‘ndingiz... nega, a? Otabek hayrat va taajjub ichida edi. — Negaki, — dedi Kumush, — men sizga ishonaman... — Shuning uchun... — Shuning uchun ko‘ndim... — Ko‘nglingiz farishtalar ko‘nglidek. — Sizning ham ko‘nglingiz... Ikki jon, ikki yurak go‘yoki bittadek bir-birisini onglar, birisidan-birisiga o‘tib yurar edi shu vaqt. — Bo‘lmasa nega yig‘ladingiz? Bu savoldan Kumush bir muncha o‘ngg‘aysizlanib, uyat aralash bir tabassum bilan: — O‘zim... — dedi va keyinidan o‘zining hamma tilak va shartlari ma’nosini jam’i bo‘lg‘an, — menim unutmaysizmi? — degan so‘rog‘ini berdi. Ul nima deb aytishka so‘z topolmay qoldi. Chunki yurak sirini ifoda qilarliq jumla topish mumkin emas edi. Javob berish o‘rniga o‘zicha so‘zlandi: «Ota-ona orzusi...» www.ziyouz.com kutubxonasi 85 O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy — Bilaman, — dedi ovutquchi tovush bilan Kumush. — Manim orzumni ham bilasizmi? Kumush Otabek yaqinig‘a surildi va tirsaklari bilan uning tizzasiga yonboshlab erkalandi... * * * Qutidor tarafidan ertaga Toshkand jo‘nash e’loni berildi. Ikkisining hamma vaqtlari sham’ yonida so‘zlashib kechdi... Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling